Sirtqi fakultet “iqtisodiyot, boshqaruv, soliqlar va sug’urta” kafedrasi ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisoboti


IV. Buxgalteriya hisobining oddiy shakli



Download 99,61 Kb.
bet4/9
Sana11.07.2022
Hajmi99,61 Kb.
#776260
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Dilmurodov Ulug\'bek hisobot IX-50-2

IV. Buxgalteriya hisobining oddiy shakli
Oldingi tahrirga qarang.
15. Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi obyektlarining analitik va sintetik hisobini yuritish uchun ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq “Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobi” registri qo‘llaniladi. Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobi kitob shaklida yuritiladi, unda operatsiyalar hisobi butun hisobot yili davomida yuritiladi. Bunda, Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobi tikilgan va raqamlangan bo‘lishi shart. Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobining so‘nggi varag‘ida fermerning imzosi bilan “Mazkur Kitobda ....... varaq raqamlangan” deb yoziladi. Varaqlar soni yozuv bilan yoziladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019-yil 6-martdagi 33, 58-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1781-4, 18.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2019-y., 10/19/1781-4/2779-son)
16. Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida xo‘jalik operatsiyalari natijalari aktivlarni, majburiyatlarni, xususiy kapitalni, daromadlar, xarajatlar, foyda va zararlarni hisobga oluvchi schyotlarda aks ettiriladi.
17. Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida yozuvlar tizimli tartibda Xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish Jurnalida keltirilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
18. Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobi kombinatsiyalashgan registr hisoblanadi, unda fermer xo‘jaliklari tomonidan qo‘llaniladigan barcha schyotlar mavjud bo‘ladi va ularning har birida xo‘jalik operatsiyalari hisobini yuritish imkoniyatini yaratadi. Bunda, balansning tegishli moddalarining mazmunini asoslab berish uchun u yetarli darajada batafsil bo‘lishi lozim. Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida har bir qo‘llanilayotgan buxgalteriya schyoti uchun aniq buxgalteriya schyotlari bo‘yicha o‘tgan yillarning tajribasini hisobga olgan holda, xo‘jalik operatsiyalarining kutilayotgan hajmidan kelib chiqqan holda, ma’lum betlar ajratiladi.
19. Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobi “20__ yil “___”________ dagi qoldiq” qatorida aktivlarning, majburiyatlarning va xususiy kapitalning har bir turi bo‘yicha hisobot davrining boshida mavjud bo‘lgan qoldiq summasi yozuvi bilan ochiladi. Aktiv schyotlarning qoldig‘i ushbu schyotlarning debetida, passiv schyotlar bo‘yicha qoldiq esa ushbu schyotlar kreditida yoziladi.
20. Har bir qatorda tegishli buxgalteriya schyoti bo‘yicha yozuvlar xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish Jurnalida keltirilgan buxgalteriya yozuvlari (provodkalari) ma’lumotlari asosida pozitsiya usulida xronologik ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
21. Har bir oyning (chorakning) oxirida xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida yakun chiqariladi va unga asosan fermer xo‘jaligi faoliyatining natijasi aniqlanadi.
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida yuritilgan aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalni hisobga oluvchi schyotlarning qoldiqlari 1-sonli shakl — buxgalteriya balansiga o‘tkaziladi.
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida yuritilgan daromadlar va xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning hisobot davridagi aylanmasi 2-sonli shakl — moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga o‘tkaziladi.

Download 99,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish