Sirtqi” fakultet “Bank ishi” Yo‘nalishi



Download 46,46 Kb.
bet5/7
Sana22.07.2022
Hajmi46,46 Kb.
#836678
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Raimov Sherzod

3. Bosh va yordamchi kitoblarni tekshirish tartibi
Shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarni shu hisobvaraqlarni yuritish topshirilgan buxgalteriya xodimlari nazorat qiladilar. Bunda shaxsiy hisobvaraqlardagi barcha yozuvlar bankning vakolatli xodimlari nazoratidan o‘tgan va operatsiyalar rasmiylashtirilayotganida ular imzolagan tegishli hujjatlarga mosligi, tegishli rekvizitlar va hujjatlarning summalari shaxsiy hisobvaraqlarga to‘g‘ri o‘tkazilganligi tekshiriladi.
Shaxsiy hisobvaraqlar aylanmalardagi har bir debet va kredit bo‘yicha yozuvlar summalarini bankning o‘zi rasmiylashtirgan pul hisob-kitob hujjatlari va boshqa banklardan kelgan elektron to‘lov hujjatlaridagi summalari bilan birma-bir solishtirish orqali tekshiriladi.
Shaxsiy hisobvaraqlardagi kun boshidagi qoldiq summalari ularni o‘tgan kundagi shaxsiy hisobvaraqlar qaydnomasining kun oxiridagi qoldiqlar summalari bilan solishtirish orqali tekshirib chiqiladi.
Shaxsiy hisobvaraqlarning kun oxiridagi qoldiqlari kundalik aylanma-qoldiq summalar qaydnomasi bo‘yicha hamda quyidagilar taqqoslash yo‘li bilan tekshiriladi:
-hisobvaraq raqami, hisobvaraq nomi va kun oxiridagi qoldiq (bu qoldiq shaxsiy hisobvaraqlardagi qoldiqlar bilan taqqoslanadi).
Bosh kitobning nazorat hisobvaraqlaridagi ma’lumotlar Yordamchi kitobdagi tegishli hisobvaraqlarning yakuniy summalari bilan taqqoslanadi. Agar dastlabki yozuvlarda xato bo‘lmasa, summalar teng chiqadi.
Banklar kunlik bajarilgan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan shaklda kunlik balans hisoboti tuzadi. Kunlik balans hisoboti Bosh bank tomonidan butun bank bo‘yicha yagona qilib tayyorlanadi.
Bosh bankning Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti (boshqarmasi) tomonidan yagona balans hisobotini tuzish ustidan monitoring o‘rnatiladi.
Yagona balans "Bank binosidan tashqarida joylashgan mas’ul ijrochi buxgalter" qoidasi asosida shakllantiriladi. Bunda, ma’lumotlarni qayta ishlovchi Bosh server Bosh bankda, filiallarda esa yagona lokal hisoblash tarmog‘iga ulangan buxgalter, iqtisodchi, filial rahbariyati va boshqa xodimlarning ishchi stansiyalari joylashgan bo‘ladi.
Filiallarda barcha pul hisob-kitob hujjatlari (to‘lov topshiriqnomasi, to‘lov talabnomasi, inkassa topshiriqnomasi, akkreditivga ariza, memorial orderlar, inkasso qilingan pul tushumlariga ilova ro‘yxati, e’lonnoma va pul cheklari) asosida amalga oshirilayotgan operatsiyalar maxsus o‘rnatilgan belgilar sifatida Bosh serverga avtomatik uzatiladi va shu zahoti Bosh serverda aks ettiriladi.
Har ish kuni oxirida Bosh bankda kun davomida amalga oshirilgan operatsiyalarning banklararo, filiallararo va ichki bank operatsiyalariga bo‘lingan holdagi ro‘yxati tayorlanadi. Bu operatsiyalarning jamlanma summasi kun mobaynida amalga oshirilgan butun bank operatsiyalari summasiga teng bo‘lishi lozim.
Bosh bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning Axborotlashtirish bosh markazidan END faylni olgandan so‘ng, kun yopish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha operatsiyalarni bajaradi va shu zahoti o‘zining filiallariga kun davomida amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risida END faylga mos bo‘lgan nazorat faylini yuboradi.
Bank filiallari o‘rnatilgan tartibda kunlik buxgalteriya hujjatlarini yig‘majildga tikishlari va ularni balans ma’lumotlari bilan solishtirishlari lozim. Har bir hisobot shakli filial rahbari va bosh buxgalteri tomonidan sinchiklab tekshiriladi.
Bosh bank rahbarlari balans bo‘lmagan, hisobda tartibga solinmagan tafovutlar chiqqanda va bir kun davomida mijozlarga xizmat ko‘rsatilishi ta’minlanmagan hollarda bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur barcha chora-tadbirlarni ko‘rishi lozim.
Bank filiallari rahbarlari va bosh buxgalterlari balans chiqmaganligi haqida belgilangan muddatda Bosh bankka xabar qilmasalar, ularga nisbatan egallab turgan lavozimlaridan ozod qilishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.

Download 46,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish