Sirtqi” fakultet “Bank ishi” Yo‘nalishi



Download 46,46 Kb.
bet4/7
Sana22.07.2022
Hajmi46,46 Kb.
#836678
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Raimov Sherzod

2. Sintetik va analitik hisob va tashkil etilishi
Bank tomonidan amalga oshiriladigan birlamchi operatsiyalarning hisobi dastlab shaxsiy hisobvaraqlarda (kartochkalar, kitoblar, jurnallarda) aks ettiriladi.
Shaxsiy hisobvaraqlarga yozuvlar faqat tegishlicha rasmiylashtirilgan boshlang‘ich hujjatlari asosida kiritiladi. Shaxsiy hisobvaraq quyidagi rekvizitlardan iborat:

  • shaxsiy hisobvaraqning nomi;

  • chiqish shaklining raqami;

  • shaxsiy hisobvaraqni chop etish tartib raqami (ya’ni kompyuter qo‘ygan raqam);

  • shaxsiy hisobvaraqni tuzgan bank kodi va nomi;

  • shaxsiy hisobvaraqning raqami va uning nomi;

  • hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi buxgalterning raqami, uning familiyasi, ismi, otasining ismi;

  • ishlov berish sanasi;

  • hisobvaraqdagi so‘nggi harakat sanasi;

  • kun boshidagi qoldiq summasi;

  • kun oxiridagi qoldiq summasi;

  • buxgalteriya yozuvlarining tartibi bo‘yicha raqami;

  • hujjat turi;

  • hujjat raqami;

  • hujjat turi (toifasi);

  • vakil bankning kodi;

  • debet bo‘yicha aylanmalar summasi;

  • kredit bo‘yicha aylanmalar summasi;

  • debet bo‘yicha aylanmaning umumiy summasi;

  • kredit bo‘yicha aylanmaning umumiy summasi.

Shaxsiy hisobvaraqlarda amalga oshiriladigan operatsiyalarda foydalaniladigan to‘lov hujjatlarining turi mazkur shartli raqam belgilarga (shifrlar) muvofiq aniqlanadi.
Mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlari boshlang‘ich hujjatlar asosida dasturiy yo‘l bilan tayorlanadi. Mijozga berish uchun shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma bir nusxada chop etiladi va u mijozning hisobvarag‘idan amalga oshirilgan operatsiyalarni bank tomonidan tasdiqlovchi hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu ko‘chirma mijoz bilan kelishilgan tartibda unga taqdim qilinadi.
Shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalar kompyuter yordamida tayorlanganligi uchun, ular mijozlarga berilayotganda imzolar va bank shtamplari bilan rasmiylashtirilmaydi.
Banklar uchun shaxsiy hisobvaraqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarur bo‘lgan hollarda Avtomatlashtirilgan bank tizimi axborotlar omborxonasida saqlanayotgan ma’lumotlardan foydalaniladi.
Hisobvaraqning krediti bo‘yicha o‘tkazilgan summalar yuzasidan, shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalarga hisobvaraq bo‘yicha yozuvlar kiritishga asos bo‘lgan hujjatlarning elektron nusxalari ilova qilinadi.
Bir bank xizmat ko‘rsatuvchi mijozlar o‘rtasidagi to‘lov topshiriqnomasi asosida amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha pul oluvchiga to‘lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasi, e’lonnoma asosida topshirilgan naqd pul kirimining tasdig‘i sifatida order ilovalarga qo‘shiladi.
Ko‘chirmalarga ilova qilinadigan hujjatlarga shtamp, shuningdek hujjat shaxsiy hisobvaraq bo‘yicha o‘tkazilgan sana kalendar shtempeli bosilishi kerak (agar bu sana hujjat yozilgan sanaga mos kelmasa). Shtamp faqat ko‘chirmaning asosiy ilovasiga qo‘yiladi. Asosiy ilovada qayd etilgan operatsiyalarning mundarijasi va umumiy summasini tushuntiruvchi hamda talqin etuvchi qo‘shimcha hujjatlarga shtamp qo‘yilmaydi.
Mijozlar hisobvaraqlaridan ko‘chirmalariga ilova qilinadigan, puli to‘langan hisob-kitob hujjatlarining ishlov berishning dastlabki bosqichidayoq, bank shtampi yoki muhri bosiladigan ikkinchi nusxalari, shuningdek kirim-kassa operatsiyalariga doir hujjatlar yuqorida aytilgan shtamp bilan tasdiqlanmaydi.
Ko‘chirmalar mazkur hisobvaraq bo‘yicha birinchi yoki ikkinchi imzo huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga yoki ularning ishonchnoma taqdim etgan vakillariga tilxat bilan beriladi. Bunday ishonchnomalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. Mijoz obuna qutilari orqali ariza topshirganda esa, ko‘chirmalar tilxatsiz beriladi.
Bank mijozlar hisobvaraqlari ahvoli to‘g‘risida yozma ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining "Bank siri to‘g‘risida"gi Qonunida belgilangan tartibda beriladi.
Mijoz shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirmani yo‘qotib qo‘ygan taqdirda, uning dublikati mijoz arizasiga ko‘ra bank rahbari yoki uning o‘rinbosari beradigan yozma ruxsatnoma asosidagina mijozga berilishi mumkin. Mijoz o‘z arizasida ko‘chirma yo‘qolishi sabablarini ko‘rsatishi, arizaga korxona rahbari va bosh buxgalteri imzosi qo‘yilgan bo‘lishi shart. Dublikatning sarvarag‘iga quyidagilar yoziladi: "20 yil " " dagi ko‘chirma dublikati".
Shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalar dublikatlari ma’lumotlar omborxonasidan chiqarib beriladi. Ko‘chirma dublikati mijoz vakiliga berilayotganida undan arizaga tilxat yozdirib olinadi.
Shunday qilib, tijorat banklarida analitik hisob yuritishda yordamchi kitob, ya’ni, mablag‘lar va moddiy boyliklar bo‘yicha hisob-kitoblarning har bir turi yuzasidan alohida ma’lumotlar olish imkoniyatlarini o‘rganish mumkin. Bu o‘z navbatida, banklarda buxgalteriya hisobi ob’ektlari bo‘yicha ma’lumotlarining ob’ektivligini va ularni tegishli hujjatlarda rasmiylashtirishning mukammalligini ta’minlashga keng sharoitlar yaratadi.
Yordamchi kitobdagi ma’lumotlar Bosh kitobda jamlanadi. Bosh kitob ma’lumotlari asosida quyidagilar tuziladi:
balans hisobvaraqlarining kunlik qoldiq summalari - kunlik balans;
balans hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va kun boshiga va oxiriga qoldiq summalari - aylanma-qoldiq summalari qaydnomasi;
oylik, choraklik va yillik aylanma-qoldiq summalari qaydnomalari.
Bosh buxgalterning xohishiga ko‘ra, emissiya-kassa operatsiyalari, xorijiy operatsiyalar, shuningdek "Ko‘zda tutilmagan holatlar" hisobvaraqlari bo‘yicha jamlanma kartochkalar yuritilishi mumkin.
Kassa jurnallari dasturiy yo‘l bilan kassa kirimi va chiqimi bo‘yicha alohida ikki nusxada tuziladi hamda balans hisobvaraqlari va butun jurnal bo‘yicha yakunlar chiqariladi. Yakunlar kassa bilan taqqoslangandan so‘ng, birinchi nusxalar Yordamchi kitob ma’lumotlarini Bosh kitob ma’lumotlari bilan taqqoslash, shuningdek kirim-chiqim hujjatlarini taqqoslash va yig‘majildga tikish hamda har kuni kompyuterda arxivatsiyalash uchun javob beradigan xodimga beriladi.
Har kuni dasturiy yo‘l bilan hisobvaraqlar aylanmalari va qoldiqlari to‘g‘risidagi jamlanma ma’lumotlar olinadi. Ularda balans hisobvaraqlarining raqamlari, hisobvaraqlar nomlari, har bir hisobvaraq bo‘yicha kun boshiga qoldiq summasi, debet va kredit aylanmalari hamda kun oxiriga qoldiq summasi ko‘rsatiladi.



Download 46,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish