1. Naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularni tashkil etish asoslari Naqd pulsiz aylanish pulli munosabatlar ishtirokchilarining joylashuviga qarab bir shahar ichidagi va shaharlararo pul aylanishiga bo’linadi. Bir shahar ichidagi pul aylanishi bir hisob markaziga qarashli banklar o’rtasidagi hisob-kitoblar majmuini bildiradi. Shaharlararo pul aylanishi esa turli hisob markazlariga qarashli banklar o’rtasida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar yig’indisidir. Lekin respublikamizda bank tizimining rivojlanishi, «elektron to’lovlar» tizimiga o’tish asosida hisob-kitoblarning tezligi va sifatining oshishi natijasida hisob-kitoblarda ishtiroq etuvchi sub’ektlarning joylashuviga karab ikkiga bo’lish maqsadga muvofiq bo’lmay qoldi. Chunki hisob-kitoblarda katnashuvchi sub’ektlar qaysi hududda joylashganidan qat’iy nazar, to’lovlar bir necha soatda, xattoki bir necha daqiqada o’tkaziladi.
Elektron to‘lov to‘lov tizimining sub’ektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida to‘lov tizimining belgilangan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Banklararo to‘lov tizimi (7-moddaga asosan) banklar o‘rtasidagi elektron to‘lovlarni banklarning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
Bankning ichki to‘lov tizimi (8-moddaga asosan) bank filiallari va mijozlari o‘rtasida elektron to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek banklararo to‘lov tizimi bilan o‘zaro harakatda bo‘lish uchun mo‘ljallangan.
Bankning ichki to‘lov tizimi qoidalari to‘lov tizimining a’zosi — bank tomonidan belgilanadi.
Chakana to‘lovlar tizimi (9-moddaga asosan) bank kartalari va boshqa elektron to‘lov vositalari qo‘llanilgan holda elektron to‘lovlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Elektron to‘lov vositasi uning mazkur chakana to‘lovlar tizimiga mansubligini identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan farqlovchi belgilarga (tovar belgisiga, xizmat ko‘rsatish belgilariga) ega bo‘lishi kerak.
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari – bu mijozning masofadan bergan topshiriqlariga asosan (bankka kelmasdan) bank xizmatlarini taqdim etish texnologiyalaridir. Asosan kompьюter va telefon tarmoqlari orqali amalga oshiriladi.
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarining turlari:
Bank-Mijoz – bu kompьюter orqali amalga oshiriladigan tizim bo‘lib, bunda mijozning kompьюteriga maxsus dastur o‘rnatiladi. Ushbu dastur kompьюterda barcha mijoz ma’lumotlarni saqlaydi (asosan to‘lov hujjatlar va hisobvaraqlardan ko‘chirmalar). Bank va mijozning kompьюteri o‘rtasida modem orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa amalga oshiriladi.
Internet-banking – bu mijozlarning depozit hisobvaraqlarini, jumladan plastik kartalarga ochilgan hisobqaraqlarini, internet orqali boshqarish huquqini beruvchi tizimdir. Bu xizmat turi mijozning masofadan bank bilan bog‘langan holda real vaqt davomida to‘lovlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tizimdir. Foydalanuvchi tizimga veb-brauzer orqali qiradi. Internet-banking tizimi bankning veb-serverda joylashtiriladi. Foydalanuvchi bankning veb-saytida barcha o‘z ma’lumotlari (to‘lov hujjatlar va hisobvaraqlardan ko‘chirmalar)ni ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega.
Internet-banking xizmati orqali mijoz o‘z ish joyida ѐki boshqa o‘ziga qulay sharoitda: to‘lovlarni o‘tkazish; to‘lov o‘tishi bosqichlarini kuzatish; barcha hisobotlarni olish kabi barcha amaliѐtlaridan istalgan vaqtda foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Internet-banking orqali mijoz o‘z ish joyidan internet orqali bank saytiga ulanib o‘z hisob raqamiga tushaѐtgan pullarni ko‘rishi, pul o‘tkazmalarini tayѐrlab bankga uzatishi mumkin bo‘ladi.
Mobil banking tizimi internet-banking texnologiyasi asosida yaratiladi.
SMS-banking – bu bank mijozlarga ularning depozit hisobvaraqlaridagi hamda plastik kartalarga ochilgan hisobqaraqlaridagi operatsiyalar haqida SMS ko‘rinishdagi ma’lumotlarni olish tizimidir. Hisobvarag‘idan ma’lumot olish uchun mijoz bankning maxsus telefon raqamiga belgilangan SMS-so‘rovni юborish kerak.
Mijoz uchun SMS-banking xizmati quyidagi amallarni bajarish imkoniyatlarini beriladi: hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar; hisobvarag‘idan qilingan xarajatlar; hisobvaraq balansi; kun davomida o‘tkazilgan bank operatsiyalari haqida operativ ma’lumot olish.
Internet banking xizmati– bu O‘zbekiston bo‘yicha istalgan vaqtda real vaqt tartibida Internet orqali mijozlarning o‘z-o‘ziga bank xizmatlarini ko‘rsatish tizimi.