Sirdaryo viloyati - Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1963 yil 16 fevralda tashkil etilgan. Shimolidan Qozogʻiston Respublikasi, sharqdan Toshkent viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi va gʻarbdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 5,3 ming km. Aholisi 667.748 kishi (2003). Tarkibida 9 tuman (Boyovut, Guliston, Mehnatobod, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos, Sardoba) (tumanlar haqida alohida maqolalarga qarang, maye. Boyovut tumani), 5 shahar (Guliston, Baxt, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer), 6 shaharcha (Boyovut, Dehqonobod, Doʻstlik, Paxtaobod, Sayxun, Xovos) va 75 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2004). Markazi — Guliston shahri.
Sirdaryo viloyatida, asosan, oʻzbeklar (60%), shuningdek, qozoq, tojik, rus va boshqa 70 dan ortiq millat vakillari yashaydi. 1 km² ga 126 kishi toʻgʻri keladi (2003). Qishloq aholisi 455,9 ming kishi, shahar aholisi 211,9 ming kishi.Sirdaryo viloyati respublikaning yirik paxtachilik bazalaridan biri. Viloyat xoʻjaliklari, asosan, paxta yetishtirishga ixtisoslashgan. Sanoati paxtani va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga qaratilgan.20-asr boshlarida viloyatda bir necha mayda korxona bor edi. 1970 yillarda 8 paxta tozalash zavodi, 29 paxta qabul qilish punkti boʻlgan. Paxta zavodlaridan chiqqan paxta tolasi Bolgariya, Polsha, Kuba, Chexoslovakiya, Turkiya, Afrika mamlakatlariga joʻnatilgan.Sirdaryo viloyatidagi 10774 ta korxonadan 10129 tasi kichik va oʻrta biznes korxonasi, shundan 8557 tasi mikrokorxona va 1282 tasi kichik va 290 tasi oʻrta korxonalardir.
Viloyatda xorijiy investitsiya ishtirokida 39 ta korxona faoliyat koʻrsatadi. Ulardan 35 tasi qoʻshma korxonadir. Qoʻshma korxonalardan: Oʻzbekistan — Rossiya hamkorligidagi "Turkiston S" (konditer mahsulotlar ishlab chiqaradi), Oʻzbekiston — Chexiya "Lechiva" farmsanoat qoʻshma korxonasi (tibbiy spirt, doridarmon tayyorlaydi), chet el parrandachilik firmasi, Oʻzbekiston — Avstriya "Sirdaryo", "Lolamodel" (trikotaj buyumlar ishlab chiqaradi), "Sarbonteks" (tibbiy bint, doka, jarroxlik salfetkalari), Oʻzbekiston — Eron "Sayxun PAYA" (tomat pastasi ishlab chikariladi), Oʻzbekiston — Xitoy "Paxtakor LTD" (issiqxona),Oʻzbek — Arab "Ok,oltin PMB" (paxta tolasi ishlab chiqaradi) va boshqa korxonalar, ayniqsa, samarali faoliyat koʻrsatmoqda. 9 paxta tozalash zavodi, Sirdaryo issiklik elektr stansiyasi, Farhod GES, "Momiq", "Zilola", "Shuxrat", "Gulistonnon", "Xovosdon", "Oq oltindon" aksiyadorlik jamiyatlari, "Sayxunsut" xususiy korxonasi, "Bunyod" korxonasi (temirbeton buyumlar ishlab chiqaradi) va boshqa ishlab turibdi.
Paxtachilik, gʻallachilik, pillachilik, mevachilik, sabzavotpolizchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Sirdaryo viloyatida 30 shirkat va 6170 fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi (2004). Viloyatning jami ekin maydonlari 245,0 ming ga, shundan 115,3 ming ga yerga paxta, 86,3 ming ga yerga gʻalla, 6,0 ming ga yerga sholi, 1,9 ming ga yerga sabzavot, 2 ming ga yerga poliz, 450 ga yerga kartoshka, 19,5 ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. 1233 ga bogʻ va tokzor bilan band. Shuningdek, sugʻoriladigan yerlarga beda, noʻxat, mosh, kunjut, tariq, loviya, kungabokar va boshqa ekiladi. Guliston va Xovos tumanlari sabzavot va poliz ekinlari ekiladigan asosiy joylardir. Viloyatda yetishtiriladigan qovun, tarvuz, piyoz Ural, Sibir va Uzok, Sharqdagi shaharlarga ham joʻnatiladi. Bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Sirdaryo viloyatidagi jami jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 181,1 ming krramol (shundan 75,9 ming sigir), 120,5 ming qoʻy va echki, 376,3 ming parranda, 6,1 ming ot boqiladi (2004). Viloyatda 2 ta baliqchilik xoʻjaligi mavjud.
Sirdaryo viloyatida 2 viloyat gazeta ("Sirdaryo haqiqati", "Sirdarinskaya pravda"), 9 tuman gazeta, 5 shahar gazeta. ("Guliston yangiliklari", 1989; "Gulistanskiye novosti", 1989; "Yangiyer tongi", 1967; "Shirin Sadosi", 1995; "Baxtnoma", 1996 yildan) chiqadi. Viloyatda, shuningdek, 14 tarmoq, 1 xususiy gazeta. ("Yogʻdu plyus", 1994 yildan chiqadi), 1 jurnal ("Universitet axborotnomasi", 2001 yildan chiqadi) nashr etiladi.Sirdaryo viloyatida dastlabki radioeshittirishlar 1963 yildan boshlangan. Viloyat radiosi oyiga 21 soat 20 min. hajmida eshittirishlar beradi. Shuningdek, Oʻzbekiston radiosining birinchi "Oʻzbekistan" kanalida radioeshittirishlar retranslyasiya qilinadi.
1996 yilda viloyat telestudiyasi tashkil etilib, telekoʻrsatuvlar bera boshladi. Sirdaryo viloyatida, shuningdek, "Aloqa A.K." tijorat televideniyesi (2001 yildan), "Shodlik R" xususiy firmasiga qarashli "Kometa" kabelli telestudiyasi (2003 yildan) faoliyat koʻrsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |