Sirdaryo viloyati



Download 256,78 Kb.
bet4/8
Sana30.04.2022
Hajmi256,78 Kb.
#596784
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sirdaryo kurs ishi

Qishloq xoʻjaligi


Paxtachilik, gʻallachilik, pillachilik, mevachilik, sabzavotpolizchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Sirdaryo viloyatida 30 shirkat va 6170 fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi (2004). Viloyatning jami ekin maydonlari 245,0 ming ga, shundan 115,3 ming ga yerga paxta, 86,3 ming ga yerga gʻalla, 6,0 ming ga yerga sholi, 1,9 ming ga yerga sabzavot, 2 ming ga yerga poliz, 450 ga yerga kartoshka, 19,5 ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. 1233 ga bogʻ va tokzor bilan band. Shuningdek, sugʻoriladigan yerlarga beda, noʻxat, mosh, kunjut, tariq, loviya, kungaboqar va boshqa ekiladi. Guliston va Xovos tumanlari sabzavot va poliz ekinlari ekiladigan asosiy joylardir. Viloyatda yetishtiriladigan qovun, tarvuz, piyoz Ural, Sibir va Uzok, Sharqdagi shaharlarga ham joʻnatiladi. Bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Sirdaryo viloyatidagi jami jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 181,1 ming krramol (shundan 75,9 ming sigir), 120,5 ming qoʻy va echki, 376,3 ming parranda, 6,1 ming ot boqiladi (2004). Viloyatda 2 ta baliqchilik xoʻjaligi mavjud.

Transporti


Viloyat hududidagi temir yo'l uzunligi 172 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uzun. 1,6 ming km. Sirdaryo viloyati hududidan Toshkent—Kitob, Toshkent — Nukus, Toshkent — Buxoro, Toshkent — Termiz, Toshkent — Samarqand, Toshkent — Andijon, Toshkent — Xovos poyezdlari oʻtadi. Toshkent — Samarqand, Toshkent — Guliston elektr poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Katta Oʻzbekiston trakti ham viloyat hududidan oʻtgan. Sirdaryo viloyati orqali Toshkentdan Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Termiz, Kitob, Shahrisabz, Urganch, Nukusga katnaydigan avtobuslar oʻtadi. Bundam tashkari, viloyat markazi bilan tuman markazlari oʻrtasida hamda Guliston va Yangiyerdan Toshkentga avtobuslar katnaydi.

Madaniy-maorif, sogʻliqni saqlash va sport


Sirdaryoda 1914-yilda bitta, 1916-yilda 13 ta rus-tuzem maktabi faoliyat koʻrsatdi. 1917—23 yillarda maktablar soni 52 ta, oʻquvchilar soni 2030 ga yetdi.
2003/2004 oʻquv yilida Sirdaryo viloyatida 308 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 156 ming oʻquvchi, shu jumladan, 14 ta ixtisoslashtirilgan maktabda 3659 oʻquvchi taʼlimtarbiya oldi. Viloyatdagi 14 musika va sanʼat maktabida 1300 oʻquvchi, 22 sport maktabida 11 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi.
Xalq taʼlimi tizimida xalqaro hamkorlik borasida ham maʼlum ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Mirzaobod tumanidagi 21maktab YUNESKO maktabi Kengashiga aʼzo, YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda viloyatda 5 ta xonadonbogʻcha tashkil etilgan.
2003-yilning sentyabr oyida "Ozodlikni qoʻllab-quvvatlash" (AKSELS) Dasturi boʻyicha Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan koʻriktanlovda viloyatning 110 iqtidorli maktab oʻquvchilari ishtirok etib, 1turdan 43 nafari muvaffaqiyatli oʻtdilar.
Viloyat shahar va tumanlarida 1998— 2003-yillarda 22 kasb-hunar kolleji va akademik litseylari binolari qurilib ishga tushirildi. Ular zamonaviy dastgoh va texnika bilan jihozlandi. 2004-yilda Sirdaryo viloyatidagi 22 kasb-hunar kollejida 12483 oʻquvchi, 2 akademik litseyda 1186 oʻquvchi taʼlim oladi. Guliston universiteti mavjud.
Sirdaryo viloyatida 1 muzey (Guliston shahridagi "Mirzachoʻlni oʻzlashtirish tarixi muzeyi"), 198 jamoat kutubxonasi (1659,8 ming nusxa asar), 103 klub va madaniyat uyi, 1 teatr (qarang Sirdaryo teatri), viloyat rasmlar galereyasi faoliyat koʻrsatadi. Viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy ishlar viloyat markazi, Guliston sanʼat bilim yurti, 2 ta madaniyat va istirohat bogʻi, "Oʻzbeknavo", "Oʻzbekraqs" viloyat boʻlimlari bor, "Sirdaryo navolari" ashula va raqs ansambli, 9 ta xalq havaskorligi jamoalari respublika va viloyat ommaviymadaniy tadbirlarida faol ishtirok etmoqdalar.
Sirdaryo viloyatidan Shafoat Rahmatullayeva kabi Oʻzbekiston xalq artistlari, A. Gʻofurov, Gʻ. Hamidullayev, M. Nurmatov, R. Hasanov, T. Qosimova, A. Yusuvaliyev, A. Abdullayev, O. Abdullayeva, A. Xoliqov, R. Karimov, Sh. Jumayev kabi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar yetishib chiqqan.

Sogʻliqni saqlash


Viloyatda 4,1 ming oʻrinli (10 ming kishiga 63,2 oʻrin) 32 kasalxona, 10 tugʻruqxona, 131 ambulatoriya, poliklinika, 130 qishloq vrachlik punkti, 108 dorixona va boshqa tibbiy muassasalarda 1522 vrach, 7616 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi (2004). Guliston shahrida respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi ishlab turibdi. Uning 9 ta tumanda boʻlimlari tashkil etilgan.

Sport


Sirdaryo viloyati sportchilari sportning 33 turi boʻyicha turli darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqdalar. Shulardan kikboksing, kurash, belbogʻli kurash, boks, akademik eshkak eshish, armrestling, taekvondo, yengil atletika, shaxmat, shashka, karate, velosport va boshqa turlari boʻyicha har xil turdagi medal sovrindorlari boʻlishdi.
Viloyat sportchilari vakillari Respublika terma jamoalarining 19 tasida ishtirok etmoqdalar. Sirdaryo viloyati sportchilari 2003-yilda jahon, xalqaro va Osiyo musobaqalarida qatnashib sovrinli oʻrinlarni egallashdi. Jumladan, kikboksing boʻyicha Gretsiyada oʻtkazilgan jahon chempionatida Jahongir Koʻchmurodov, Alisher Abdullayevlar oltin medallar, Sobir Qodirov bronza medali, Rossiyada armrestling boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida Farid Usmanov kumush medal, shashka boʻyicha Hindistonda oʻtkazilgan Osiyo chempionatida Alisher Ortiqov kumush medal, boks boʻyicha Italiyadagi jahon chempionatida Sherzod Abdurahmonov kumush hamda Boku shahridagi xalqaro turnirda bronza medal sovrindorlari boʻlishdi. Italiyada akademik eshkak eshish boʻyicha xalqaro turnirda Sergey Tyan, Yuriy Shaxsuvaryan, Sergey Yaqubov va Vitaliy Silayevlar bronza medallarini, Rossiyadagi xalqaro shaxmat turnirida Sobir Umarov 1-oʻrinni, Angliyadagi kurash boʻyicha "Islom Karimov" xalqaro turnirida Alisher Boʻronov 1-oʻrinni qoʻlga kiritdilar. 2003-yilda viloyat sportchilari 6 ta jahon, 16 ta xalqaro, 40 ta dan ortiq respublika musobaqalarida qatnashib, munosib oʻrinlarni egallashdi. Viloyatda tennis boʻyicha xalqaro "Fyuchers" turnirini oʻtkazish anʼanaga aylangan. Sirdaryo viloyatida sportning texnik turlari (karting) boʻyicha Respublika chempionatlari oʻtkazilib kelinmoqda.
Viloyatda 22 bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyat koʻrsatadi. Ularda 11 mingga yaqin oʻquvchi sportning har xil turlari bilan shugʻullanadi. Guliston shahrida viloyag sport qoʻmitasiga qarashli Olimpiya oʻrinbosarlari bolalar va oʻsmirlar maxsus sport maktabi ishlab turibdi.
Sirdaryo viloyatida sportchilar va aholi ixtiyorida 1493 sport inshootlari (shu jumladan, "Alpomish" sport majmui, "Boks" saroyi, "Yoshlar sport markazi", tennis kortlar va boshqalar), 1230 sport maydonchasi, 11 suzish havzasi, 12 stadion bor. Viloyatda barcha turdagi sport tashkilotlari sport seksiyalarida 181,3 mingdan ziyod bola shugʻullanib kelmoqda. Bolalar sportini rivojlantirish boʻyicha umumiy taʼlim maktablari, kollej va litseylar boʻyicha oʻquv dasturlari ishlab chiqildi, tegishli choratadbirlar belgilandi. Taʼlim muassasalarini, sport maktablarini malakali kadrlar bilan taʼminlashda Guliston davlat universitetida ochilgan boshlangʻich taʼlim va sporttarbiyaviy ishlar, jismoniytarbiya va jismoniy madaniyat yoʻnalishlari boʻyicha sirtqi boʻlimning muayyan oʻrni bor.

Adabiyoti


Sirdaryo viloyati adabiy muhitining yuksalishida "Sirdaryo haqiqati" gazetaning tashkil etilishi (1963) munosabati bilan bu yerga yuborilgan bir guruh yozuvchi va jurnalistlarning taʼsiri katta boʻldi.
Sirdaryo adabiyoti respublika adabiyotining tarkibiy qismi sifatida faoliyat koʻrsatmoqda. Viloyatda "Ziyo" nashriyoti tashkil etilgan. Mustaqillik yillarida oʻnlab yosh, iqtidorli shoirlar oʻz ijodi bilan viloyat sheʼriyat muxlislarga tanilib kelmoqda.
Oʻzbekiston xalq shoiri Toʻra Sulaymon oʻzining 20 dan ortiq sheʼriy toʻplamlari va dostonlari bilan oʻzbek adabiyotiga qissa qoʻshgan. Uning "Istar koʻngil", "Hamqishlokdarim", "Qorasoch" va boshqa kitoblari adabiyot muxlislarining mulkiga aylangan.
Shoira Halima Xudoyberdiyeva poeziyasining mavzui vatan, dala, bobodehqon, ayol, muhabbat, mangulikdir. "Oʻzimizning bogʻlar", "Ona, seni sharaflayman", "Qalbingga chorlaysan" turkum sheʼrlari, "Oq olmalar", "Chaman" va boshqa sheʼriy toʻplamlarida insonning ruhiy dunyosi aks etgan.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Hamroqul Rizo (Rizoqulov) Sirdaryoning meqnatkash kishilari matonatini kuylab adabiyotga kirib kelgan. Uning "Sirdaryo qasidasi", "Choʻl qaldirgʻochi", "Umid karvonlari" sheʼriy toʻplamlari, "Oʻgʻirlangan bolalik", "Oyning oʻn beshi yorugʻ" qissalari oʻz muxlislarini topgan.
Shoira Hayotxon Ortiqboyeva, hajvchi adib Joʻra Umarqulov, va boshqa ijodkorlar Sirdaryo vohasining mustaqillik yillaridagi kamolotini, sirdaryoliklarning ijodiy mehnatini oʻz asarlarida aks ettirmoqdalar.
Adabiyotshunos Anqaboy Quljonov, Ravshanbek Maxmudov, Umrzoq Oʻljaboyev kabi olimlarning bir qancha asarlari nashr etilgan.
Sirdaryo viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va boshqalar)ning viloyat tashkilotlari faoliyat koʻrsatadi.

Matbuoti, radio va televideniyesi


Sirdaryo viloyatida 2 viloyat gazeta ("Sirdaryo haqiqati", "Sirdarinskaya pravda"), 9 tuman gazeta, 5 shahar gazeta. ("Guliston yangiliklari", 1989; "Gulistanskiye novosti", 1989; "Yangiyer tongi", 1967; "Shirin Sadosi", 1995; "Baxtnoma", 1996-yildan) chiqadi. Viloyatda, shuningdek, 14 tarmoq, 1 xususiy gazeta. ("Yogʻdu plyus", 1994-yildan chiqadi), 1 jurnal ("Universitet axborotnomasi", 2001-yildan chiqadi) nashr etiladi.
Sirdaryo viloyatida dastlabki radioeshittirishlar 1963-yildan boshlangan. Viloyat radiosi oyiga 21 soat 20 min. hajmida eshittirishlar beradi. Shuningdek, Oʻzbekiston radiosining birinchi "Oʻzbekistan" kanalida radioeshittirishlar retranslyasiya qilinadi.
1996-yilda viloyat telestudiyasi tashkil etilib, telekoʻrsatuvlar bera boshladi. Sirdaryo viloyatida, shuningdek, "Aloqa A.K." tijorat televideniyesi (2001-yildan), "Shodlik R" xususiy firmasiga qarashli "Kometa" kabelli telestudiyasi (2003-yildan) faoliyat koʻrsatadi.

Download 256,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish