Ilk o‘rta asrlar adabiyoti ( 0 ‘rxun-Enasoy yodgorlik-
lari).
0 ‘rta asrlar adabiyoti (IX—XV asrlar):
a) IX—XII asrlar adabiyoti;
b) Temuriylar davri adabiyoti;
d) Navoiy va uning davri adabiyoti.
XVI-XIX asrlar adabiyoti.
XX asr adabiyoti.
Eng qadimgi adabiy yodgorliklar 0 ‘rta Osiyo hududida
qadimdan birgalikda
yonma-yon yashab kelayotgan xalqlarning mushtarak ijod namunalaridir.
VI-VIII asrlar bo'yicha umumturkiy adabiyot degan atama mavjud.Bu davrlarda
turkiylar yagona mushtarak etnik butunlik sifatida yashaganlar. Ularning o‘zbek,
uyg‘ur, qozoq,qirg‘iz, turkman, qoraqalpoq, ozarbayjon singari alohida-alohida
xalqlarga ajralib chiqishi keyingi jarayondir. Albatta,
bunday davrlashtirish ham nisbiydir. Chunki ijtimoiy-ma’naviy hodisalar o‘ziga xos
murakkabliklarga ega.
Bir davr tugab ulgurmasidan, keyin keladigan yangi davr
uning «ichida» paydo bo‘la boshlashi mumkin.
Muhimi, o‘zbek adabiyotining taraqqiyot bosqichlari xalqimiz ijtimoiy-badiiy
tafakkuri taraqqiyotidagi o ‘ziga xosliklarni, rivojlanish jarayonidagi yangilanishlarni
o‘zida aks ettiradi. Ular birgalikda yaxlit bir fan sohasini tashkil etadi.
Adabiyotni o‘rganishdan turli maqsadlar ko‘zda tutilishi mumkin.
Adabiyot,
avvalo, insoniyat ma’naviy boyliklarining xazinasidir. Yevropalik qadimgi va hozirgi
olimlar 0‘rta Osiyo xalqlarining tarixi, madaniyati, san’ati, urf-odatlarini o‘rganish
maqsadida ular yaratgan badiiy ijod namunalariga ko‘pdan beri
murojaat etib
kelishadi.XI asr qomusiy olimi Mahmud Qoshg‘ariy ham ilk adabiyotshunoslardan biri
bo‘lgan.U ayni paytda tilshunos, elshunos (etnograf), tarixchi,folklorshunos olim va
shoirdir.
U zamonasidagi ko‘plab badiiy ijod namunalari, ularning o’ziga
xos xususiyati,
ijro usullari, tuzilishi haqida qimmatli ma’lumotlarni bergan. Keyingi asrlarda
shakllangan va keng tarqalgan tazkirachilik ham ilk adabiyotshunoslik namunalaridan
biridir.
Forobiyning «She’r san’atlari haqida» risolasi Arastuning «Poetika» asariga sharh
sifatida yozilgan. U adabiyot nazariyasiga oid ilk manbalardan biridir.
Beruniy, Ibn Sino,
Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Utbiy, Saolibiy, Abu Abdulloh
Xorazmiy kabi sharq allomalari ham adabiyot tarixi va nazariyasiga doir ajoyib asarlar
yozib qoldirganlar.
Bular orasida, ayniqsa, Abu Mansur as- Saolibiyning «Yatimat
ud-dahr fi mahosini ahl al-asr» («Zamona ahlining fazilatlari haqida yagona
durdona») tazkirasi, Abu Abdulloh Xorazmiyning 9 kitobdan iborat «Mafotih ul-
ulum» («Ilmlarning kalitlari»)
asarlarida adabiyot, tarix, musiqa san’atiga oid juda
qimmatli ma’lumotlar uchraydi.O‘zbek adabiyotshunosligining ham o'ziga xos tarixi
bor.
Bu boradagi yirik tadqiqotchi sifatida Mahmud Koshg‘ariyni ko‘rsatish mumkin. U XI
asrgacha bo‘lgan adabiyotimizning ko‘plab durdona namunalarini to‘plabgina
qolmasdan, ular haqidagi dastlabki nazariy ma’lumotlarni ham bergan.Jumladan,
asardashe’r,qo’shiq,marsiya, afsona,maqol singari janrlar haqida dastlabki izohlar
uchraydi.Ayni paytda, bu janrlarning go`zal namunalari ham ilova qilinadi.
Mahmud Zamahshariyning (1074-1144) “Muqaddimat ul-adab”(“Adabiyot
muqaddimasi”) asari arab tili qoiudalariga bag’ishlangan bo’lsa-da, unda
adabiyot
nazariyasiga, ayniqsa, badiiy tasvir vositalariga alohida e’tibor berilgan.
Yuqorida eslatilgan tazkiralar ham adabiyotshunoslik fanining rivojlanishida
muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu borada Kaykovusning “Qobusnoma” asari ham o’ziga xos o’ringa ega. U
adabiyot nazariyasiga oid dastlabki ixcham ma’lumotlarni beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Toshkent “Ma’naviyat”
2008 yil.
2.
Izzat Sulton “Adabiyot nazariyasi” Toshkent “Sharq” 1992 yil.
3.
Boqijon To’xliyev “Adabiyot” Toshkent “O’qituvchi” 2005yil.
4.
Ona
tili
va
adabiyot.
A.Rafiyev,N.G`ulomova.2011-yil.
5.Ona tili va adabiyot. A.G`ulomov.1998-yil
.