Noto`qima materiallar, ularni tayyorlash prinsipi. Noto`qima materiallar assortimenti, xossalari, sorti.
Noto`qima materiallar deganda, to`qimachilik tolalari, iplar sistemalarini yoki siyrak gazlamalarni mexanik yoki fizik-kimyoviy usullarda biriktirib ishlab chiqariladigan materiallar tushuniladi. Noto`qima materiallar olishning elimlab yopishtirish (quruq va ho`l) hamda mexanik (to`qima-tikma, igna sanchish va bosish) usullari kengroq qo`llaniladi. Gazlamalar o`rniga noto`qima materiallar ishlatish katta iqtisodiy samara beradi, chunki bunda arzon va noyobmas xom ashyodan foydalaniladi, texnologik jarayon ancha qisqaradi va foydalaniladigan jixozlarning ish unumi yuqori bo`ladi. Yopishtirish usulida miyona materiallarni bir agregatda ishlab chiqarish mumkin.
To`qima-tikma usulda noto`qima materiallar ishlab chiqarishda ish unumi to`quvchilik usulidagi 13-15 marta, yopishtirish usulida 60-70 marta oshadi.
Ko`pgina noto`qima materiallar tolali xolstdan tayyorlanadi. Xolstdagi tolalar tartibli yoki tartibsiz ravishda joylashgan bo`lishi mumkin. Tolalari t a r t i b l i j o y l a sh g a n xolst hosil qilish uchun tarash mashinalarida olingan xolstlar bir-biriga qo`shib chiqiladi.Kalta tolali t a r t i b s i z j o y l a sh g a n xolstlar aerodinamik yoki elektr usulida olinadi. Uzun e l e m e n t a r t o l a l i t a r t i b s i z j o y l a sh a d i g a n xolstlar filer usulida tayyorlanadi, bu usulda filerdan chikayotgan tolalar darxol xolst qilib taxlanadi.Tikuvchilikda yopishtirma va to`qima-tikma usullarda olinadigan materiallar keng qo`llaniladi.Yopishtirma usulda tolali xolst yoki iplar qatlamihar xil boglovchi moddalar bilan yopishtiriladi. Yopishtirishning quruq va ho`l usullari mavjud.T e r m o p l a s t i k (q u r u q) yo p i sh t i r i sh u s u l i d a boglovchi moddalar sifatida termozlastik, ya`ni oson suyuqlanadigan tolalar, plenkalar, turlar, iplar, kukunlar ishlatiladi.Ho` l yo p i sh t i r i sh u s u l i d a suyuq boglovchi moddalar – eritmalar, emulsiyalar, latekslar ishlatiladi.Tarash mashinasidan chiqqan yoki aerodinamik usulda olingan xolst eritma shimdirish mashinasi, quritish kameralari va kalandrlar orqali o`tkaziladi. Xolst tolalarini lateks bilan yopishtirib miyonalik tikuvchilik materiallari – flizelin, proqlamin, «Syunt» olinadi.
Xozirgi vaqtda yopishtirilgan noto`qima materiallar assortimenti kengaymoqda, xolst hosil qiluvchi aerodinamik mashinali, bo`ylama iplar o`tkazuvchi mashinali, eritmma shimdiruvchi mashinali, qirqish-nakatka mashinali yangi potoq liniyalar yaratilmmoqda va hokazo. Bunday potoq liniyalarda xolstda turlicha joylashgan tolalarga boglovchi moddalar surkash, xolstga vannada eritma shimdirish, ko`pik hosil qiluvchi moddalar yoki kukun ko`rinishidagi quruq boglovchi polimerni tolalar oraqali surib o`tkazish, shakldor vallar yoki iplarni xolst bo`ylab bosish yo`li bilan noto`qima materiallar ishlab chiqarish mumkin. Yopishtirilgan noto`qima materiallar ishlab chiqarishda ANM-110 agregati ham katta rol o`ynaydi. Noto`qima ateriallarni mexanik tarzda yopishtirishning uch xil usuli bor. To`qima-tikma usul ichlashtirilgan xolst tolalari, tarang tortilgan iplar yoki siyrak gazlamani to`qima tipda zanjirli kavik bilan tikishga asoslanadi. Bu usulning to`qima-tikma usul deb atalishga sabab shuki, bunda to`qish va tikish elementlari bo`ladi. Tikish elementi – tolali xolst yoki tarang tortilgan iplar qatlamini tikish; to`qish elementi – trikotaj ignalaridan foydalanish va trikotaj o`rilishi hosil qilish .
Do'stlaringiz bilan baham: |