Sirdaryo viloyati Halq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 24,9 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi24,9 Kb.
#684709
Bog'liq
2 5213410279466997442













Sirdaryo viloyati Halq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

Agentlikning “property.davaktiv.uz” axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritishdagi qoidabuzarlikni bartaraf etish to‘g‘risida


T A Q D I M N O M A

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil


8 maydagi 273-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulki ob’ektlarining hisobini yuritish tartibi to‘g’risida”gi nizomning 7-bandida davlat tashkilotlari tomonidan hisob ob’ektlarining joriy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “property.davaktiv.uz” axborot tizimiga har chorakda bir marotaba, hisobot davridan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay kiritib borilishi belgilangan.
Ushbu Nizomning 17-bandida axborot tizimiga ma’lumotlarning o‘z vaqtida, to‘liq va ishonchli tarzda kiritilishiga hamda ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi hamda davlat mulklariga zarar etkazilganligi, noqonuniy begonalashtirilganligi uchun davlat tashkiloti rahbariyati hamda ularning yuqori turuvchi organlari, shuningdek, davlat mulkidan foydalanib kelayotgan tashkilotlarning mansabdor shaxslari shaxsan mas’ul hisoblanishi qayd etilgan.
Biroq, Sirdaryo viloyati Halq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tomonidan mazkur qaror ijrosi yuzasidan davlat mulki ob’ektlari to‘g’risidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga to‘liq kiritilishi ta’minlanmadi. Jumladan,
Molyaviy natijalar bo‘yicha:
-jami xarajatlar, jami byudjetga tolovlar ustuni (soliqlar, bojlar, yig’imlar va boshqa tolovlar) toldirilmagan.
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 13-bandida davlat tashkiloti, shuningdek, davlat mulkidan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanib kelayotgan yuridik shaxslar tomonidan hisob ob’ektlari to‘g’risidagi ma’lumotlar axborot tizimiga belgilangan muddatlarda kiritilmaganligi yoki to‘liq kiritilmaganligi aniqlangan taqdirda, Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ikki kun ichida tegishli davlat tashkiloti shuningdek, davlat mulkidan foydalanib kelayotgan tashkilotlarga hisob ob’ektlari to‘g’risidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritish bo‘yicha taqdimnoma yuborishi;
14-bandida, davlat tashkiloti yohud davlat mulkidan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanib kelayotgan tashkilot taqdimnoma kelib tushgan sanadan boshlab besh kun muddatda mavjud kamchiliklarni bartaraf etgan holda, axborot tizimidagi ma’lumotlarning to‘liqligini ta’minlashi shartligi;
18-bandida, agar Agentlik va uning tegishli hududiy boshqarmalari taqdimnoma yuborgandan so‘ng davlat tashkiloti, shuningdek, davlat mulkidan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanib kelayotgan tashkilotlar tomonidan axborot tizimidagi tegishli hisob ob’ektlari to‘g’risidagi ma’lumotlarning to‘liqligi ta’minlanmagan taqdirda, ushbu davlat tashkilotilari mansabdor shaxslariga, shuningdek, davlat mulkidan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanib kelayotgan yuridik shaxslar rahbarlariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g’risidagi Kodeksining 2156-moddasiga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlarining davlat mulki ob’ektlari, shuningdek, xorijdagi davlat mulki ob’ektlari to‘g’risidagi ma’lumotlarni kiritish haqidagi taqdimnomalarini bajarmaslik yoki ma’lumotlarning to‘liqligini ta’minlamaslik, - mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Huddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, - mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yuqorida qayd etilganlarga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 maydagi “Davlat mulki ob’ektlarining hisobini yuritish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi 273-son qaroriga muvofiq:
1. Ushbu taqdimnomada ko‘rsatilgan qoidabuzarlikni bartaraf etishingiz hamda ularni mas’ul xodimlar ishtirokida muhokama qilib, kelgusida yo‘l ko‘yimaslik yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilashingiz;
2. Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimlarning intizomiy javobgarligi masalasini ko’rib chiqishingiz;
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil
8 maydagi 273-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulki ob’ektlarining hisobini yuritish tartibi to‘g’risida” Nizomning 14-bandiga muvofiq besh kun muddatda o‘ziga biriktirilgan barcha davlat mulki ob’ektlari to‘g’risidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga to‘liq kiritilishini ta’minlashingiz;
4. Amalga oshirilgan ishlar to‘g’risida tegishli xujjatlarni ilova qilgan holda o‘n kun muddat ichida Agentlikning hududiy boshqarmasiga yozma axborot kiritishingiz so‘raladi.

Boshqarma boshlig’i Z.Karimov

Ijrochi: R.Quvonov


Tel: (67) 226-53-02
Download 24,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish