DARSNING BORISHI. I.O’quvchilarning darsga hozirligini aniqlash. II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash.Dars maqsadini e’lon qilish. O’tilgan mavzularni tahlil qilish.5 imkoniyatdan foydalanish orqali baholash e’lon qilinadi. Sinf o’quvchilarini 6 ta guruhga bo’lish. 1-guruh. Bosh kelishik 2-guruh.Qaratqich kelishik 3-guruh. Tushum kelishik. 4-guruh. Jo’nalish kelishik. 5-guruh. O’rin payt kelishigi. 6-guruh.Chiqish kelishigi.
Guruhlarga so’z yozilgan tarqatmalar tarqatiladi. Ularga so’zlarga kelishik qo’shimlarini qo’shib yozish topshirig’i beriladi. III. Yangi mavzu bayoni : Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanilishi. Otlarda oltita kelishik bor.
1.Bosh kelishik
2.Qaratqich kelishigi
3.Тushum kelishigi
4.Jo`nalish kelishigi
5.O`rin-payt kelishigi
6.Chiqish kelishigi
Bugun biz sizlar bilan kelishiklarga oid mashqlar bajaramiz.