aylangan, daryo suvining koʻp qismi shu tarmoq orqali oqadi. Qoraoʻzakdan boshqa tarmoqlari
ham muhim xoʻjalik ahamiyatiga ega. Sirdaryoning quyi oqimidagi 70 ming gektardan ortiqroq
yerni sugʻoradigan 400 ga yaqin ariq kanallar ana shu tarmoqlardan suv oladi.
Sirdaryo ancha loyqa daryodir. Bekobod shahri yaqinida uning har 1 m³ suvida oʻrta hisobda 2,17
kg loyqa oqiziq boʻladi (oqiziqlarning yillik miqdori qariyb 37 mln. t). Bu oqiziqlarning 72,3% mart
— iyun oylarida, 20,3% iyul — sentabr va qolgan 7,4% oktabr — fevral oylarida oqib oʻtadi.
Fargʻona vodiysida Sirdaryo deyarli muzlamaydi. Daryoning bu qismida muzlash hodisalari,
asosan, shovush oqimidan iborat boʻlib, bu hodisa oʻrta hisob bilan 10—15 kun davom etadi.
Fargʻona vodiysidan chiqib, shimolga tomon borgan sari Sirdaryoning oqish tezligi susayib,
suvning yoppasiga muzlashi kamdan-kam sodir boʻlsa, etak qismida (Gʻazali shahri yonida) daryo
80—140 kun davomida qalin muz bilan qoplanib yotadi.
Sirdaryo va uning koʻpchilik irmogʻida qurilib ishga tushirilgan
gidrotexnik inshootlar
, ayniqsa, yirik
toʻgʻonlar, suv omborlari, kattakatta kanallar va kollektorlar taʼsiri natijasida Sirdaryoning oqim
miqdori va gidrologik rejimi ancha oʻzgardi. Mac, keyingi yillardagi kuzatish maʼlumotlariga
qaraganda, Sirdaryoning oʻrtacha yillik suv miqdori Xoʻjand yaqinida 476 m³/ sek. ga, daryoning
etak qismida (Gʻazali sh. yonida) esa 158 m³/ sek.ga, tushib qolgan.
Iste`mol
Sirdaryo havzasida obikor dehqonchilik juda qadimdan mavjud boʻlgan. Lekin, 20-asrning 2-oʻn
yilligigacha oʻzlashtirilgan yerlar, asosan, Fargʻona vodiysi bilan
Toshkent vohasida
boʻlgan. Bu
yerlar Sirdaryoning Fargʻona vodiysidagi irmoqlaridan suv oladigan
Andijonsoy
,
Shahrixonsoy
,
Quvasoy.
Margʻilonsoy
,
Oltiariqsoy
hamda Chirchiq va Ohangaron daryolaridan chiqarilgan
Zahariq,
Qorasuv
,
Boʻzsuv
, Tanachibuqa va Yordon kabi qadimiy kanal va ariqlar orqali suv olgan.
1920 yilda Sirdaryo havzasida hammasi boʻlib 1200 ming ga chamasida yer sugʻorilgan.
Sugʻoriladigan yerlar maydonini kengaytirish va ularning suv taʼminotini yaxshilash borasida
keyingi 60 yil davomida katta suv xoʻjalik qurilish ishlari amalga oshirildi: Andijonsoy,
Shahrixonsoy, Qorasuv va Boʻzsuv singari qad. kanallarni yangilash va kengaytirish bilan birga
Sirdaryo havzasida murakkab gidrotexnik inshootlar sistemasiga ega boʻlgan
Katta Fargʻona
,
Shim. Fargʻona
,
Jan. Fargʻona
,
Katta Andijon kanallari
,
Oxunboboyev nomli kanal
kabi oʻnlab yirik
va yuzlab kichiroq ariqkanallar qazildi. Natijada Sirdaryo havzasidagi ariqkanallarning umumiy uz.
qariyb 65 ming km ga yetdi. Bu kanallarga muttasil suv berib turish uchun Sirdaryo va uning
irmoklarida juda koʻp toʻgʻon va gidrotugunlar qurilgan. Norin daryosidagi
Uchqoʻrgʻon
,
Qoradaryodagi
Kampirravot
, Teshiktosh, Kuyganyor, Sirdaryodagi Farhod Qiziloʻrda va Gʻazali
gidrouzellari shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: