Charlie Chaplin
Sir Charles Spencer „Charlie“ Chaplin (talffuzi:
Charlz Spenser Charli Chaplin)
KBE
(16-aprel
1889 — 25-dekabr 1977) —
ingliz
komik
aktyori
,
rejissor
, bastakor,
ovozsiz kino
davrining
muhim shaxslaridan biri boʻlgan.
Chaplin faoliyatini 1897-yil myuzikxoll sahnalarida chiqishdan boshlagan. 1907—12-yillar
F.Karno pantomima teatrida ishladi. 1913-yil AQShga qilgan gastroli paytida „Kistoun“
kinokompaniyasi bilan kontrakt tuzadi va M. Sennet rahbarligida filmlarda suratga tusha
boshlaydi. Oʻsha paytdagi mashhur amerikalik aktyor M. Linderning unga taʼsiri kuchli
boʻlgan. „Baxtiyor Charli“ filmidagi firibgar olifta roli uning ekranda yaratgan ilk obrazidir.
Keyinchalik boshqa studiyalar filmlarida ham suratga tushib, mashhur boʻla boshlaydi. 1914-
yil davomida „Kistoun“da 34 filmda oʻynab amerika kinosining eng isteʼdodli va yorqin komik
aktyoriga aylandi. 1915—17 yillar „Esseney“, „Myuchuel“ firmalarida ssenariychi, rejissyor,
aktyor sifatida faoliyat koʻrsatib, pantomima sanʼatini komik kuch bilan uygunlashtira olishda
eng yuqori choʻqqilarga koʻtarilgan jahonning eng mashhur sanʼatkori sifatida tanidsi. 1923-yil
„Charlz S. Chaplin film korporeyshen“ nomli shaxsiy kinofirmasini tashkil etdi. Shu yildan
boshlab Chaplin rejissormuallif sifatida qisqa yoki oʻrta metrajli filmlardan toʻlametrajli filmlar
Charlie Chaplin
Tugʻilishi
Charles Spencer Chaplin
16-aprel 1889-yil
Walworth
,
London
Birlashgan Qirollik
Vafot sanasi
25-dekabr 1977-yil
(88 yoshda)
Vafot joyi
Vevey
,
Vaud
,
Shveysariya
Kasbi
aktyor
,
rejissor
,
bastakor
Faoliyat yillari
1895
—
1976
IMDb
ID 0000122
ishlashga oʻtadi. Birinchi yirik katta filmlaridan „Parijlik ayol“ psixologik dramasi boʻldi.
„Daydi“, „Bank“, „Yollangan“, „Tinch koʻcha“, „Xorijlik“ va boshqa uning dastlabki filmlaridan
namunalar. „It yotish, mirza turish“, „Yelkaga“, „Quyoshli tomon“, „Kichkintoy“ singari filmlarida
Chaplin mahoratining yangi qirralari ochildi. „Oltin jazavasi“, „Sirk“, „Katta shahar chiroklari“,
„Buyuk diktator“, „Mesye Verdu“, „Rampa yorugʻi“ (1952, „Oscar“ mukofoti, sanʼat choʻqqisiga
koʻtarilgan filmlardan) filmlari Chaplin ijodining durdonalaridir. 1953-yildan Shveysariyada
yashagan. 1957-yil Buyuk Britaniyada „Qirol NyuYorkda“ (oʻzi bosh rol ijrochisi) filmini
ekranlashtirdi. „Gonkonglik grafinya“ (1967) Chaplinning soʻnggi ishi. Chaplin ijodkor sifatida
sanʼatga „insonni hayot bilan bogʻlab turuvchi eng buyuk kuch“ deb qaragan. Oʻzining klounlik
niqobini oddiy insonlar takdiri, xavotirini ifodalovchi, katta kuchlarni birlashtirib turuvchi inson
obraziga aylantiraoldi. 1928- va 1972-yillar maxsus
„Oscar“
mukofotiga sazovor boʻlgan.
Xalqaro tinchlik mukofoti laureati (1954).
Charlie Chaplin haqida
Vikipediyaning
qardosh loyihalarida
koʻproq bilib oling
Maʼno va tarjimalari
Vikilugʻatda
Media
fayllar
Vikiomborda
Taʼlim resurslari
Vikiversitetda
Xabarlar
Vikiyangiliklarda
Iqtibos, maqol va matallar
Vikiiqtibosda
Asarlar matnlari
Vikimanbada
Kitob
va darsliklar
Vikikitobda
Rasmiy sayti (http://www.charliechaplin.com)
(Association Chaplin)
Charlie Chaplin (https://www.imdb.com/name/nm0000122/)
IMDbda
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar
Havolalar
Soʻnggi tahrir 16 kunlar avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi
Vikipediya
Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.
php?title=Charlie_Chaplin&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Charlie_Chaplin&oldid=2375
613
" dan olindi