Ushbu gipotezaning qo‘llanilishi ko‘ndalang kesimda hosil bo‘ladigan kuchlanishlarning taqsimlanishini tekshirishni osonlashtiradi.
Ya’ni, sterjenning ko‘ndalang kesimida hosil bo‘luvchi normal kuchlanishlar ko‘ndalang kesim yuzasi bo‘ylab tekis taqsimlangan, ya’ni σ=const deb olinishiga imkoniyat yaratadi . Shunga asoslanib yozishimiz mumkin: = = ∫ = F P N σdF σF bundan, F N σ = bo‘lib, bu formula cho‘zilish va siqilishda sterjen ko‘ndalang kesimida hosil bo‘ladigan normal kuchlanish σ ni aniqlash formulasi deyiladi. Sterjen ko‘ndalang kesimida hosil bo‘luvchi bo‘ylama kuch va normal kuchlanish. Cho‘zilish va siqilishda ichki kuch omili vazifasini bo‘ylama kuch N, ko‘ndalang kesimning geometrik xarakteristikasini esa – kesim yuzasi F bajaradi. Cho‘zilish va siqilishga ishlayotgan sterjenlarning mustahkamligini ta’minlash uchun sterjen ko‘ndalang kesimlarida paydo bo‘ladigan normal kuchlanish σ ruxsat etilgan normal kuchlanish [σ] ga teng yoki undan kichik bo‘lishi kerak, ya’ni σ σ = ≤ [ ] N F Ushbu shart cho‘zilish va siqilishda mustahkamlik sharti deb ataladi. Kuchlanishlarning eng katta qiymati paydo bo‘ladigan ko‘ndalang kesim xavfli kesim deyiladi. Ko‘ndalang kesimlari o‘zgarmas bo‘lgan sterjenlardagi xavfli kesimni ichki kuchlar, ya’ni N ning epyurasidan aniqlash mumkin. Chunki bu holda ichki kuchlarning eng katta qiymatiga erishgan kesim xavfli kesim bilan ustma-ust tushadi. O‘zgaruvchan kesimli, masalan pog‘onasimon sterjenlarda ichki kuchlar N epyurasidan xavfli kesimni topib bo‘lmaydi. Buning uchun sterjen uzunligi bo‘yiga normal kuchlanish σ ning epyurasini qurish kerak.
Cho‘zilish va siqilishda sterjen uzunligi bo‘yicha normal kuchlanishlar o‘zgarishini ko‘rsatuvchi grafikka normal kuchlanishning epyurasi deyiladi. Kuchlanishlar epyurasining ordinatalari bo‘ylama kuch N ordinatalarini sterjenning mos ko‘ndalang kesim yuzalariga bo‘lish yoki orqali topiladi.
Mehanik kuchlanish
Deformatsiya (lot. deformatio — buzilish) — 1) fizikada — tashqi kuch, temperatura, elektr va magnit maydonlari taʼsirida jism shakli va oʻlchamlarining oʻzgarishi. Elastik va plastik xillari bor. Chuqurroq o'rganilganda cho'zilish-siqilish, buralish, egilish va siljish turlariga bo'linadi. Jismga tasir qiluvchi kuchlarning turiga qarab . turlarini kuzatish mumkin. Tashki kuch taʼsiri toʻxtagandan keyin . yoʻqolsa (jism oʻz holiga qaytsa) elastik ., saqlansa (jism oʻz holiga qaytmasa) plastik . yuz beradi. Elastiklik va plastiklik nazariyasida qattiq jism .siga oid harakat va kuchlanish oʻrganiladi. Elastik.lanuvchi qattiq jism yoʻq, har qanday qattiq jism tashqi kuch taʼsirida plastiklanadi. Plastik. temperatura, tashki kuch va tezligiga bogʻliq. Tashki kuch maʼlum vaqt davomida bir xil taʼsir qilib tursa, vaqt oʻtgan sari oʻzgara boradi; bu hodisaga yoyiluvchanlik deyiladi. Temperatura koʻtarilishi bilan yoyiluvchanlik ortadi. Tashki kuch ortib borgandagi aktiv (faol), tashki kuch kamayib borgandagi passiv (sust) deyiladi. D ning choʻzilish, siqilish, egilish, buralish xillari mavjud. Mutlaq D.ning jism boshlangʻich oʻlchami (shakli)ga nisbati nisbiy D. deyiladi. D. qonunlari materiallar qarshiligi, puxtaligi, inshootlar mustahkamligi va h.k.ni hisoblashda tatbiq qilinadi; 2)geologiyada — tektonik harakatlar natijasida tog jinslarining shakli va hajmi oʻzgarishi. D.ga uchragan tog jinslarining tarkibi baʼ-zan butunlay oʻzgarib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |