Sip signalizatsiyasi. Sip protokoli asosida aloqa


SIP protokolining javoblari



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana17.07.2022
Hajmi0,56 Mb.
#815776
1   2   3   4   5
Bog'liq
6LPDoXe6rUJrd8LjrkQWVRVwsSHg2J2kJBEPfXZF

SIP protokolining javoblari 
Barcha javoblar ma’lumotli va finalli guruhlariga bo‘linadi.
Ma’lumotli javoblar so‘rov qayta ishlash bosqichida turganligini ko‘rsatadi. Ular 
1xx birdan boshlanadigan uchta qiymatli son bilan kodlanadi. Keng tarqalgan 
javoblardan biri bu 180 Ringing. U vazifasi bo‘yicha UFTTdagi “Chaqiruvni 
jo‘natishni nazorat qilish” signali bilan bir xil va chaqiriladigan foydalanuvchi kirish 
Chaqiruvi haqida signalni olganligini bildiradi.
Finalli javoblar 2, 3, 4, 5 va 6 raqamlari bilan boshlanadigan uchta qiymatli 
sonlar bilan kodlanadi. Ular so‘rovni qayta ishlanishi tugaganligini bildiradi va 
kerak bo‘lganda so‘rovni qayta ishlash natijalariga ega bo‘ladi. Har bir turdagi finalli 
javoblarning vazifalari quyida ko‘rib chiqiladi. 


2xx javoblar so‘rov muvaffaqiyatli qayta ishlanganligini bildiradi. Hozirgi 
vaqtda barcha 2xx turdagi javoblardan faqat bittasi 200 OK aniqlangan. Uning 
qiymati u qaysi so‘rovga javob berishiga bog‘liq bo‘ladi:
-
INVITE so‘rovga 200 OK javob chaqiriladigan qurilma aloqa seansida 
qatnashishga rozi ekanligini bildiradi. Javobning tanasida bu qurilmaning 
funksional imkoniyatlari ko‘rsatiladi;
-
BYE so‘rovga 200 OK javob aloqa seansi tugaganligini bildiradi, javob 
tanasida hech qanday ma’lumot bo‘lmaydi; 
-
CANCEL so‘rovga 200 OK javob qidirishni bekor qilinishini bildiradi, javob 
tanasida hech qanday ma’lumot bo‘lmaydi; 
-
REGISTER so‘rovga 200 OK javob ro‘yxatdan o‘tkazish muvaffaqiyatli 
o‘tganligini bildiradi;
-
OPTION so‘rovga 200 OK javob qurilmaning funksional imkoniyatlari haqida 
ma’lumotlarni uzatish uchun xizmat qiladi, bu ma’lumotlar javobning tanasida 
bo‘ladi. 
-
Zxx 
javoblar 
chaqiruvchi 
foydalanuvchi qurilmasini chaqiriladigan 
foydalanuvchining yangi joylashish o‘rni haqida xabardor qiladi yoki yangi 
Chaqiruv uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni tashiydi: 
-
300 Multiple Choices javobda chaqiriladigan foydalanuvchini topish mumkin 
bo‘lgan bir necha SIP-manzillar ko‘rsatiladi va chaqiruvchi foydalanuvchi 
uchun ulardan birini tanlash taklif qilinadi; 
-
301 Moved Permanently javob chaqiriluvchi foydalanuvchi so‘rovda 
ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha endi u erda emas va so‘rovlarni Contact 
maydonida ko‘rsatilgan manzilga yuborish kerakligini bildiradi; 
-
302 Moved Temporary javob foydalanuvchi vaqtincha (vaqt oralig‘i Expires 
maydonda 
ko‘rsatilishi mumkin) Contact maydonida ko‘rsatilgan 
manzildaligini bildiradi. 
-
4xx javoblar so‘rovda xatolik aniqlanganligini bildiradi. bunday javob 
olinganidan keyin foydalanuvchi o‘sha so‘rovni uni modifikatsiyalamasdan 
uzatmasligi kerak: 
-
400 Bad Request javob undagi sintaksik xatoliklar mavjudligi tufayli so‘rov 
tushunarsiz ekanligini bildiradi; 
-
401 Unauthorized javob so‘rov foydalanuvchini autentifikatsiyalash 
protsedurasining o‘tkazilishini talab qiladi. Turli autentifikatsiyalash 
variantlari mavjud va javobda bu holda ulardan qaysi birining ishlatilganligi 
ko‘rsatilishi mumkin;
-
403 Forbidden javob server so‘rovni tushungan, lekin unga xizmat ko‘rsatishni 
rad etganligini bildiradi. Takroriy so‘rovni yuborish kerak emas. Sabablar turli 
xil bo‘lishi mumkin, masalan, bu manzil so‘rovlariga xizmat ko‘rsatilmaydi va 
h.k.; 
-
485 Ambiguous javob so‘rovdagi manzil chaqiriladigan foydalanuvchini 
aniqlamasligini bildiradi; 
-
486 Busy Nere javob chaqiriluvchi foydalanuvchi hozirgi momentda bu manzil 
bo‘yicha kiruvchi chaqiruvni qabul qila olmasligini bildiradi. Javob 


foydalanuvchi bilan boshqa manzil bo‘yicha bog‘lanish imkoniyatini inkor 
qilmaydi, misol uchun, nutq pochta qutisida xabar qoldirish mumkin. 
-
5xx javoblar so‘rov serverning rad etishi tufayli qayta ishlanishi mumkin 
emasligini xabar qiladi: 
-
500 Server Internal Error javob server ichki xatolik tufayli so‘rovga xizmat 
ko‘rsatish imkoniyatiga ega emasligini bildiradi. Mijoz bir qancha vaqtdan 
keyin so‘rovni takroran yuborishga urinishi mumkin; 
-
501 Not lmplemented javob severda bu so‘rovga xizmat ko‘rsatish uchun zarur 
bo‘lgan funksiyalar ishlatilmasligini bildiradi. Javob, masalan, server so‘rov 
turini taniy olmaydigan hollarda uzatiladi.
-
502 Bad Gateway javob shlyuz yoki proksi-server sifatida ishlaydigan server u 
so‘rovni yuborgan serverdan noto‘g‘ri javobni olganligi haqida xabardor qiladi; 
-
503 Service Unavailable javob server o‘ta yuklanish yoki texnik xizmat 
ko‘rsatilishini o‘tkazilishi tufayli bu momentda chaqiruvga xizmat ko‘rsata 
olmasligini bildiradi. 
-
6XX javoblar chaqiriladigan foydalanuvchi bilan bog‘lanishni o‘rnatish 
mumkin emasligi haqida xabardor qiladi: 
-
600 Busy Everywhere javob chaqiriladigan foydalanuvchi band va hozirgi 
momentda undagi manzillardan hech biri bo‘yicha chaqiruvni qabul qila 
olmasligi haqida xabar qiladi. Javob foydalanuvchini chaqiruv uchun to‘g‘ri 
keladigan vaqtni ko‘rsatishi mumkin; 
-
600 Decline javob chaqiriladigan foydalanuvchi kiruvchi chaqiruvni qabul qila 
olmaydi yoki qabul qilishni xohlamayotganligini bildiradi. Javobda 
foydalanuvchini chaqiruv uchun to‘g‘ri keladigan vaqt ko‘rsatilishi mumkin 
-
600 Does Not Exist Anywhere javob chaqiriladigan foydalanuvchi mavjud 
emasligini bildiradi. 

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish