Sinxron motor V-simon tavsifi. Sinxron motor ishlash jarayonida stator chulg‘amida EBK induktivlanadi, ularning yig‘indisi [(11.29)ga qarang] taxminan tarmoq kuchlanishi ga teng. Bu EYKlar yig‘indisi ikki MYK qo‘zg‘otish chulg‘ami va stator chulg‘ami o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘lgan natijaviy magnit oqimga ekvivalentdir.
Tarmoq kuchlanishi o‘zgarmas bo‘lsa natijaviy manit maydon o‘zgarmas bo‘ladi. Shu sababli qo‘zg‘otish MYK (qo‘zg‘otish toki ) o‘zgarganda stator MYK shunday o‘zgaradiki, ularning o‘zaro ta’siri o‘zgarmaydi, ya’ni sinxron motorning natijaviy magnit maydoni o‘zgarmaydi. MYK bunday o‘zgarishi faqat stator chulg‘ami tokining qiymati va fazasi o‘zgarishi bilan sodir bo‘ldi, ya’ni stator tokining reaktiv tashkil etuvchisi o‘zgara. Elektromagnit moment o‘zgarmas bo‘lganligi uchun stator tokining aktiv tashkil etuvchisi o‘zgarmaydi.
Masalan, qo‘zg‘otish toki o‘zining eng kichik qiymati dan ortganda rotor MYK ortadi, bunda stator MYK kamayadi. Bu MYK kamayishi (tarmoq kuchlanishi ga nisbatan) induktiv bo‘lgan, stator tokining kamayishi bilan birga bo‘ladi.
Generatorlarni parallel ishga tushirish
Elektr stansiyalarda, aksariyat, birnecha sinxron generatorlar o‘rnatilib, birgalikda ishlashi uchun parallel ulanadi (12.1-rasm). Shu bilan birga, barcha yirik elektr stansiyalar 110, 220 va 500 MV li elektr uzatish liniyalariga transformatorlar orqali ulanib, yagona elektro-energetik tizimni hosil qiladilar.
Sinxron generatorlarni tarmoq bilan parallel ishlash uchun ulashda quyidagi shartlarni bajarish zarur: generatorning EYK ning amplitudasi tarmoq kuchlanishi ning amplitudasiga teng va albatta ularning fazalari mos bo’lishi shart; generator EYKning chastota si tarmoq kuchlanishi chastotasi ga teng ( ); generator stator chulg‘ami klemmalaridagi fazalar ketma-ketligi ulanayotgan tarmoq fazalari ketma-ketligi bilan bir xil bo‘lish. Bundan tashqari, generatorni tarmoqqa ulayotgan uch fazali ulagichning xar bir faza gubkalari orasidagi potensiallar farqi ulanayotgan onda minimal bo‘lishi shart.
12.1-rasm. Sinxron generatorning parallel ishlashga ulash
Generatorni ushbu talablar qondirilish holatiga olib kelish sinxronizatsiyalash deyiladi. Ushbu shartlardan birortasini bajarmaslik, stator chulg‘amida katta muvozanatlovchi tok hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu toklarning xaddan ziyod katta qiymatlari avariya holatiga olib kelishi mumkin.
Sinxron generatorni parallel ishlash uchun tarmoqqa ulash yoki aniq sinxronizatsiyalash yoki o‘z-o‘zini sinxronizatsiyalash usullari bilan bajarilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |