Sinxron mashinalar turlari va tuzilishi Reja


Sinxron mashinalarning maxsus turlari



Download 1,63 Mb.
bet3/9
Sana20.06.2022
Hajmi1,63 Mb.
#682739
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sinxron mashinalar turlari va tuzilishi

Sinxron mashinalarning maxsus turlari

Sinxron kompensator (SK) shunday sinxron mashinaki, reaktiv quvvatni generatsiya qilish uchun qo‘llaniladi. Sinxron kompen­satorni elektr tarmoqqa, uning quvvat koeffitsientini oshirish uchun kiritiladi.
Istemolchilar uchun (elekt motorlar, transformatorlar va boshqa induktiv yuklamalar) elektr energiyaning faqat aktiv tashkil etuvchisi emas, balki reaktiv tashkil etuvchisi ham o‘ta zarur.
Reaktiv energiya ularda magnit maydon hosil vazifasini bajaradi, xolos. Foydali ish bajarmaydi, generator va istemolchi orasidagi elektr uzatish liniyasida (EUL) sirkulyasiya qilib, unda Joul isroflarini hosil qiladi. EUL o‘tkazgichlaridan oqayotgan tokning zichligi cheklanganligi sababli, liniyada energiyaning aktiv tashkil etuvchisini istemolchiga etkazib berishda halal beradi.
SKning qo‘llanishidan maqsad, istemolchilarga zarur bo‘lgan reaktiv quvvatni elektr stansiyada o‘rnatilgan sinxron generator emas, balki istemolchi yaqinida o‘rnatilgan sinxron kompensator ishlab chiqaradi. Bu kabi katta reaktiv quvvat talab etuvchi istemolchilar, asosan transformator, asinxron motor va reaktori mavjud bo‘lgan korxonalardir.
Quyida keltirilgan 6-rasmda sanxron generator (SG), kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi transfor­matorlar (Tr-1 va Tr-2), EUL, istemolchi (Z) va istemolchining bevosita kirish klemmalariga ulangan sinxron kompensator (SK)larni o‘z ichiga olgan elektr energetik tizimning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan.



6-rasm. Sinxron kompensator elektr tarmog‘iga ulanishi

Tarmoqqa ulangan SK, valida yuklamasi bo‘lmagan , ya’ni yu.i. rejimidagi sinxron motor kabi ishlaydi va istemolchi Z (masalan, asinxron motorlar guruhi) uchun zarur bo‘lgan reaktiv quvvat ishlab chiqaradi. Natijada, SG va EULning reaktiv quvvati minimal qiymatga cha pasaytiriladi.



7-rasm. Sinxron kompensatorni tarmoq quvvat koeffitsiyentini oshirish uchun qo‘llash

Elektr tarmog‘iga SK kiritish bilan bog‘liq jarayonni tutuntirish uchun 7-rasmdagi sxema ishlashini ko‘raylik. Kuchlanishi bo‘lgan tarmoqqa Z istemolchini kiritilganda (7,a-rasm) undagi mavjud katta induktiv yuklanish hisobiga tarmoqda kuchlanishdan burchakka kechikuvi toki oqa boshlaydi.


Z istemolchiga parallel SK ulanganda va SKda o‘ta qo‘zg‘otilganlik rejimi o‘rnatilganda (7,b-rasm) tarmoq kuchlanishiga nisbatan 90° burchakka ilgarilab ketuvchi toki hosil bo‘ladi. Tarmoqdagi natijaviy tok
. (1)
Bu tokning tarmoq kuchlanishi ga nisbatan faza siljishi ( burchak) SK ulangunga qadar bo‘lgan faza siljishidan ancha kichik ( burchak). Bundan tashqari, SK ulanishi bilan kamayadi . Bunga iqror bo‘lish uchun quyidagi fikrlarni eo‘rib chiqamiz: SK valida yuksiz bo‘lmagani sababli, uning aktiv quvvati kichik va kompensator yu.i. isroflariga teng. Bu isroflarni e’tiborga olmay, SK ulangunga qadar bo‘lgan tarmoqdagi aktiv quvvatni
(2)
SK ulangandan keyingi tarmoq aktiv quvvatiga tenglashtirish mumkin:
. (3)
Ifodalar (2) va (3)dagi quvvatlarni teng deb qabul qilsak , quvvat koeffiuientlari va toklar bo‘ladi. Natijada sinxr generator va EUL reaktiv quvvatdan ozod bo‘lib, ulardagi quvvat isroflari kamayadi.
Ba’zi holatlarda SK chala qo‘zg‘otilgan rejimda ishlaydi. Bunga zarurat paydo bo‘lishi, tarmoqda ko‘p miqdorda sig‘im (reaktiv) yuklanishi bo‘lib, istemolchi yuklanishining induktiv tashkil etuvchisi uni kompensatsiya qila olmaydi (Masalan, istemolchining ko‘plpb induktiv yuklanishi vaqtincha o‘chirilgan holat). Aksariyat SKning qo‘zg‘otilish darajasi avtomatik uskunalar yordamida boshqariladi.
Sinxron kompensatorlar EULda uzoq masofalarga energiya uzatishda ham ishlatiladi. Katta induktiv yuklamali liniya oxirida (istemolchida) kuchlanish liniya boshlanishidagidan ancha kichik bo‘lishi mumkin; kichik yuklanishlarda, aksincha, liniyadagi sig‘im yuklanishlari ta’sirida liniya oxiridagi kuchlanish, liniya boshlanishidagi kuchlanishdan yuqori bo‘lishi mumkin.
Agar liniya oxirida (istemolchilarda) SK ulansa va katta yuklanishlarda o‘ta qo‘zg‘otilganlik rejimida, kichik yuklanishlarda esa chala qo‘zg‘otilganlik rejimida ishlatilsa, u holda liniya oxiridagi kuchlanishni o‘zgarmas qiymatda saqlash mumkin.
SKlarning qizish jarayoni ildamlovchi toklar (o‘ta qo‘zg‘otil­ganlik rejimi)da, kechikuvchi tokdagiga nisbatan (chala qo‘lg‘otil­ganlik rejimi) og‘irroq kechadi, shu sababli kompensator­ning nominal quvvati deb, o‘ta qo‘zg‘otilganlik rejimidagi quvvatga aytiladi.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish