Sintaksis so’zlarning o'zaro bog'lanishi so’zlarning teng va tobe bog’lanishi Reja



Download 20,56 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi20,56 Kb.
#375991
Bog'liq
Sintaksis so


Sintaksis so’zlarning o'zaro bog'lanishi so’zlarning teng va tobe bog’lanishi

Reja:

1.Sintaksis haqida ma’lumot .

2.Gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqida.

3.Gapda so‘zlarning yordamchi so‘zlar bilan bog‘lanishi haqida.

4.Teng bog‘lanish.

Sintaksis yunoncha syntaxis so‘zidan olingan bo‘lib, yopishtirish, bog‘lash, demakdir. Demak, so‘zlarning va gaplarning (qo‘shma gap doirasida) o‘zaro bog‘lanish qonun-qoidalarini, ularning xillarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi sintaksis sanaladi. Bu bo‘lim gapda so‘zlarning bog‘lanishini — so‘z birikmalarini, gap va uning tuzilishi hamda mazmuniy turlarini o‘rganadi. Boshqacha aytganda, sintaksis so‘z birikmasi va gap haqidagi ta’limotdir. Sintaktik birlik, tushuncha ifodalaydi, kelishik, egalik shakllari,ko‘- makchilar, ohang yor-damida bog‘lanadi Sintaktik birliklar hisoblanadi. Erkin ravishda yaratiladi. Moviy osmon― so‘z birikmasi. Osmon moviy― gap Sintaktik birlik, kesimlik belgisiga ega, fikr ifodalaydi, tugallangan ohangga ega So‘z birikmasi Gap Teng bog‘lovchilar: va, ammo, lekin, biroq, hamda Sanash ohangi , Vazifadosh bog‘lovchi: bilan Teng bog‘lovchi vositalar Yuklamalar: -u(-yu), - da Тeng bog‘lanishni quyidagi ishoralar bilan ifodalash mumkin: - sanash ohangi yordamida hosil , bo’lgan teng bog’lanish ammo, lekin, - teng bog’lovchilar yordamida bilan, hosil bo‘lgan teng bog’lanish hamda, -u,-yu,-da Bir so‘zning boshqa so‘zga ma’lum grammatik vositalar (grammatik qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar) yordamida bog‘lanishi grammatik bog‘lanish hisoblanadi. • Gapda so‘zlarning bog‘lanishi faqat grammatik bog‘lanish bilan cheklanib qolmaydi. Bog‘lanayotgan so‘zlar mazmuniy tomondan ham o‘zaro muvofiq bo‘ladi. Masalan, gullamoq so‘zi gul chiqarmoq ma’nosi bilan gullash xususiyatiga ega bo‘lgan narsalarni bildiruvchi so‘zlarga bog‘lanadi: o‘rik gulladi, jiyda gulladi kabi, lekin tosh, loy, suv kabi so‘zlar bilan bog‘lana olmaydi. • Gapda so‘zlarning bog‘lanishi ikki xil bo‘ladi: a) teng bog‘lanish; b) tobe bog‘lanish. • Masalan, Kalila va Dimna; Kitobni o‘qimoq. • Bularning birinchisida Kalila so‘zi Dimna so‘zi bilan va teng bog‘lovchisi yordamida; kitobni so‘zi esa o‘qimoq so‘ziga -ni tushum kelishigi yordamida bog‘lanyapti. Birinchi bog‘lanish teng bog‘lanish, ikkinchi bog‘lanish esa tobe bog‘lanish sanaladi.O‘zaro teng bog‘langan bo‘laklar bir xil gap bo‘lagi vazifasida keladi va ko‘pincha bir xil so‘roqqa javob bo‘ladi. Ularni bir-biri bilan bog‘lovchi vosita sifatida teng bog‘lovchilar yoki sanash ohangi ishtirok etadi • Bir xil gap bo‘lagi vazifasida kelib, ko‘pincha bir xil so‘roqqa javob bo‘luvchi bo‘laklarning o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki sanash ohangi yordamida bog‘lanishi teng bog‘lanish sanaladi. Quyidagi vositalar teng bog‘lovchi vazifasini bajaradi. • I. a) biriktiruvchi bog‘lovchilar: va, hamda (ko‘pincha va o‘rnida bilan ko‘makchisi ham qo‘llanadi. Masalan, Oygul va Baxtiyor; Oygul bilan Baxtiyor. • b) zidlov bog‘lovchilari: ammo, lekin, biroq. • d) ayiruv bog‘lovchilari: yo, yoki, yo-yo, goh-goh, dam-dam. • II. Bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar: • a) gumon yuklamasi: na...na... • b) kichraytiruv va ta’kid yuklamasi: -u (-yu), -da.

Gap biror voqea-hodisa haqidagi xabarni, so’roqni yoki buyruqni ifodalovchi asosiy sintaktik butunlikdir. Gap so’z birikmasidan kesim va ega yoki faqat kesim bo’laklariga aloqador grammatik asosga egaligi bilan farq qiladi, so’z birikmasi tushuncha, gap esa fikr ifodalaydi. Grammatik asosda gapning fikriy mundarijasi, ifodalanadi. Bu fikriy mundarija fe’l kesimning mayl va zamon ma'nolari bilan bog’liq bo’ladi. Masalan: Bolalar ishlayaptilar. Ozoda rasm chizmoqda gaplari ish-harakatning hozirgi zamonda bo’lganidan darak beradi. Siz dalaga borasizmi? Sen hikoyani o’qidingmi? gaplari o’tgan zamonda bo’lgan ish-harakat haqida so’roqni bildiradi. Siz she'rni o’qing. Siz shu ishni bajarib qo’ysangiz gaplari istak-buyruq ma'nosiga ega.

Gap tarkibidagi so 'zlar ham ma 'no tomondan, ham grammatik tomondan o’zaro bog’lanadi.

Biz morfologiya bo’limida o’rgangan kelishik, egalik, son, shaxs-son qo’shimchalari, shuningdek, ko’makchi va bog’lovchilar sintaksisda so’zlarni o’zaro bog’lash uchun xizmat qiladi. Ayrim hollarda gapdagi so’zlar tartib va ohang yordamida ham o’zaro bog’lanadi. Masalan: Oq paxtalar ochildi, Teraylik quvnab-quvnab. Bu gapda oq va paxtalar so’zlari bir-biri bilan so’z tartibi orqali bog’langan.

Har bir gap biror maqsad-mazmunni ifodalaydi. Og’zaki nutqda ana shu mazmunga mos keladigan tugal ohang bo’ladi. Ohang ayni bir vaqtda gaplarni bir-biridan ham ajratib turadi. Ohang gap uchun eng muhim belgidir. Ayrim so’z (Kuz. Tong.) yoki so’z birikmalarini tugallik ohangi bilan aytsak, gap yuzaga keladi va biror fikr-maqsad anglashiladi: Ko’m-ko’k dala. G’arbiy chegaralardan biri.

Ayni bir sodda gapning ohangini o’zgartirish orqali ba'zan uch xil mazmun ifodalash mumkin:

- Buvijonim keldilar.

- Buvijonim keldilar!

- Buvijonim keldilar?

Yozma nutqda ana shu ohangga qarab bir gap oxiriga yo nuqta, yo so’roq, yo undov belgisi qo’yiladi. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari Har bir gapda maium bir maqsad, niyat yoki his-hayajon ifodalanadi. So’zlovchi biror narsa, voqea-hodisa haqida xabar qiladi yoki o’ziga noma'lum bo’lgan narsa va voqea-hodisalar to’g’risida ma'lumot olishni istaydi, tinglovchiga biror ishni bajarish bo’yicha buyruq-xitobni bildiradi. Gaplar ana shu maqsadlariga ko’ra turlicha quriladi: o’ziga xos grammatik xususiyatlarga ega bo’lib, alohida ohang bilan talaffuz etiladi.

Ifoda maqsadiga ko’ra gaplar: 1) darak gaplar; 2) so’roq gaplar; 3) buyruq gaplar;

4) istak gaplarga bo’linadi.

Darak, so’roq, buyruq va istak gaplar egali va egasiz, yig’iq va yoyiq, sodda va qo’shma gap shaklida bo’lishi mumkin. Darak gaplar darak, xabar ma'nosini bildiruvchi gaplardir. So’roq gaplar so’roq ma'nosini bildirgan gaplardir. So’roq gaplar so’roq olmoshlari (kim? nima? qayer? qancha?), so’roq yuklamalari (-mi,-chi,-a,-ya) yoki so’roq ohangi yordamida ifodalanadi. So’roq olmoshlari yordamida ifodalangan so’roq gaplar so’roqqa javob bo’luvchi so’zni talab qiladi. Masalan: -Ko’chatlarga kim suv quydi? - Salim. So’roq yuklamalari orqali ifodalangan so’roq gaplar «ha» yoki «yo’q» javoblarni talab qiladi. Yozuvda -mi yuklamasi so’zga qo’shib,-chi,-a,-ya yuklamalari so’zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi.

Ritorik so’roq gaplar-so’roq shaklida bo’lib, javob talab qilmaydi. Badiiy tilda, ba'zan ommaviy nutqda so’zlovchi o’z his-tuyg’ularini hayajon bilan ifoda etadi. Ritorik so’roq gaplar jumlaning ta'sirli bo’lishiga xizmat qiladi va badiiy uslubning bir turi hisoblanadi. Masalan: Nahotki Ahmadjonning shuncha mehnatlari bemaqsad ketsa! Bilmayman, bu ijod kishilarisiz Qaydan olar edim qalbimga o’tni? Nahotki u dunyoga kelib, durustroq niyat bilan yashamaganbo'lsa!

Buyruq gaplar buyurish, da'vat qilish ma'nolarini bildirgan gaplardir. Masalan: Chiroyli yoz. Buyruq gaplarning kesimi buyruq shaklidagi fellar orqali ifodalanadi. Buyruq gap oxiriga nuqta qo’yiladi.

Istak gaplar kesimi -sa shaklidagi feilar orqali ifodalangan gaplardir. Masalan: Xorijiy tillarni yaxshi o 'rganib, chet ellarga o’qishga borsam. Qani hamma xotin ham sizday bo’lsa:.. Qani til bo 'lsa-yu, u bilan suhbatlasha qolsa!

Gapning his-hayajonning ishtirokiga ko’ra turlari

Gaplar his-hayajonnihg ishtirokiga ko’ra ikki turga bo’linadi:

1) his-hayajonsiz gaplar;

2) his-hayajon (undov) gaplar.

Darak, so’roq va buyruq gaplar his-hayajonsiz gaplardir. Bular nutqda kuchli his-hayajonga ega bo’lishi bilan his-hayajon gaplarga aylanishi mumkin. His-hayajon gaplar undov gap ham deb nomlanadi.



XULOSA

So‘z birikmasi zanjiri. Gap tarkibidagi bir so‘z birikmasidagi hokim so‘z boshqa bir so‘zga tobelangan, bir hokim so‘z bir necha tobe so‘z yoki bitta tobe so‘z bir necha hokim so‘zga aloqador bo‘lgan hollarda so‘z birikmalari zanjiri hosil bo‘ladi.

So‘z birikmasidagi tobe va hokim so‘zlar orasida bir necha boshqa so‘zlar va so‘z birikmalari kelishi mumkin. Masalan, shimoldan esgan shamol so‘z birikmasi zanjirida 2 ta, shimoldan esgan mayin shamol so‘z birikmasi zanjirida 3 ta, uch kundan beri shimoldan esgan mayin shamol so‘z birikmasi zanjirida 5 ta so‘z birikmasi bor.

Bitta gap tarkibida bitta yoki ikkita so‘z birikmalari zanjirigina bo‘la oladi. Bu zanjirlar gapning kesimi yoki egasi atrofida birlashadi.



So‘z birikmasiga misol: Ahmadjon aka o‘z hayotida esda qoladigan hech nima ko‘rmadi. Ushbu gapda 5 ta so‘z birikmasi mavjud (3 ta fe’lli, 2 ta otli): hech nima ko‘rmadi, esda qoladigan, qoladigan hech nima, o‘z hayotida, hayotida qoladigan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Oʻzbek tili grammatikasi, 2j., T., 1975;

Mahmudov N., Nurmonov A., Oʻzbek tilining nazariy fammatikasi. Sintaksis, T., 1995.

www.ziyo.uz

www.lex.uz
Download 20,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish