Bitishuvli birikma 1. So’z birikmalari tarkibidagi tobe va hokim so’zning hech qanday qo’shimchasiz, Grammatik vositalarsiz, faqat ohang va ma’nosiga ko’ra bog’lanishi bitishuv deyiladi. 2. Moslashuv va boshqaruvda tobe so’zni hokim so’zga bog’lash uchun ma’lum bir Grammatik vositalar bo’lmaydi. 3. Moslashuv va boshqaruvda ma’lum bir Grammatik ko’rsatkichlar, ya’ni kelishik yoki ko’makchilarni olgan so’z tobe so’z hisoblanadi; bitishuvli birikmada esa oldin kelgan so’z tobe so’z hisoblandi. 4. Moslashuv va boshqaruvda Grammatik ko’rsatkichlar belgisiz qo’llanishi mumkin. Bitushuvda Grammatik ko’rsatkichlar bo’lmagani sababli belgili-belgisiz atamasi unga nisbatan ishlatilmaydi. 5. Moslashuv va boshqaruvda tobe so’z bilan hokim so’zning o’rnini almashtirish mazmun va sintaktik tuzulishga ta’sir qilmaydi, chunki Grammatik vositalar bor. Bitushuvda esa Grammatik vositalar yo’qligi sababli o’rin almashtirish mazmun va sintaktik tuzilishga ta’sir qilishi mumkin. M: qiziqarli kitob – kitob qiziqarli Bunda o’rin almashtirish bitishuvli birikmani gapga aylantiryapti. Yoki: charm etik – etik charm Bunda o’rin almashtirish bitishuvli birikmani boshqacha mazmun va sintaktik tuzilishga bitishuvli birikmaga aylantiryapti 6. Bitishuvda tobe so’z va hokim so’z, asosan, quyidagicha ifodalandi: a) tobe so’z sifat, shuningdek, son, sifat va son xarakteridagi olmosh, sifatdosh, sifatlashgan ot, sifat va son vazifasidagi ravish, taqlid so’zlar, qisman ot bilan ifodalanadi. Bunday holda hokim so’z, asosan, ot so’z turkumiga mansub bo’ladi. M: chiroyli manzara o’ntacha bola o’qilgan kitob shunday maqsad oltin soat ko’p o’quvchilar g’ujg’uj yulduz b) tobe so’z ravish, shuningdek, ravishdosh, ravishlashgan ot, ravish vazifasidagi sifat, ravish xarakteridagi olmosh, taqlid so’zlar, qisman son bilan ifodalanadi. Bunday holda hokim so’z fe’l turkumiga mansub bo’ladi. M: tez yozmoq o’ylab gapirmoq qon yig’lamoq chiroyli kiyinmoq shunday o’ylamoq duv-duv to’kilmoq ikki-uch tepmoq Demak, bitishuvli birikmalar, asosan, “sifat xarakteridagi so’zlar+ot” yoki “ravish xarakteridagi so’zlar+fe’l” qolipida bo’ladi. 7. Qoqqisdan kirmoq, chindan aytmoq, zimdan qaramoq kabi birikuvlar ham bitishuvli birikmaga mansub, chunki ergash so’z tarkibidagi kelishik qo’shimchalari qotib qolgan. 8. Ot+ot shaklidagi bitishuvli birikmalarni belgisiz moslashuvli birikmadan farqlashga e’tibor berishimiz kerak. M: ot arava, devor soat, o’rik danak, yong’oq mag’iz 9. Ravishdosh+fe’l shaklidagi bitishuvli birikmalarni ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalaridan farqlashga e’tibor berishimiz kerak. Bunda: - agar komponentlarning ikkalasi ham mustaqil ma’no ifodalasa, 2-komponentdan 1-komponentga savol berib bo’lsa, bitishuvli birikma sanaladi; - agar komponentlarning 2-si mustaqil ma’no ifoda etmasa, ikkala komponent yaxlitligicha bitta savolga javob bo’lsa, ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi sanaladi M: U devordan oshib tushdi . Qattiq tovushdan cho’chib tushdi Yoki: O’ylab gapirmoq, jo’shib kuylamoq, o’qib chiqmoq, aytib bermoq 10. Bitishuvli birikmaning tobe so’zi gap tarkibida aniqlovchi yoki hol vazifasida keladi. Hokim so’z esa turli gap bo’laklari vazifasida kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |