Sintaksis predmeti. Sintaktik birliklarning tarkibi



Download 50 Kb.
bet1/2
Sana20.04.2022
Hajmi50 Kb.
#566006
  1   2
Bog'liq
SINTAKSIS PREDMETI. SINTAKTIK BIRLIKLARNING TARKIBI


SINTAKSIS PREDMETI. SINTAKTIK BIRLIKLARNING TARKIBI
Reja:

  1. Sintaksis predmeti. Matn lingvistikasi.

  2. Sintaktik birliklarning tarkibi. (So’z birikmasi va gap. Qo’shma gap).

  3. Sintaktik ta’limotning taraqqiyot yo’li

Foydalanilgan adabiyotlar.


Sintaksis predmeti
Sintaksis, gramatika fanining bir qismi sifatida, tilning sintaktik qurilishini o’rganadi. Tilning sintaktik qurilishi sintaktik birliklar ( yedinitsalar) da namoyon bo’ladi. Sintaktik birliklarni tahlil qilish orqali muayyan til sintaktik qurilishiga xos xususiyatlar aniqlanadi. Demak, sintaktik birliklar tushunchasi sintaksis fanining asosiy markaziy tushunchasidir. Sintaksis fani sintaktik birliklarning turlari va ularning hosil bo’lish yo’llari to’g’irisida tayinlaydi.
Tilshunoslikda sintaktik birliklarning turlari va miqdori hozirga qadar aniq belgilangan emas. Sintaksisga oid mavjud gramatik adabiyotlarda sintaktik birliklarning ikkitadan beshtagacha va xatto undan ham ortiq turlari sanab ko’rsatiladi. Hozirgi vaqtda ko’pchilik olimlar sintaktik birliklarning faqat ikki turini - so’z birikmasi va gapni tan oldilar. Bazi olimlar sintaktik birliklar qatoriga so’z birikmasi va gapdan tashqari, so’zning sintaktik shakli va matinni (bog’lanishli nutqi) ham kiritadilar. Ayrim ilmiy ishlarda hatto sintagma - gapning bir nafas kuchi bilan aytilgan yirik parchasi ham sintaktik birlik deb qaraladi. Ba’zi tadqiqot chilalar sodda gap bilan qo’ma gapni alohida-alohida sintaktik birliklar sifatida baholasalar, boshqa lar gapni (sodda gapni ham, qo’shma gapni ham), so’z birikmasiga qarama-qarshi ravishda, bir butun (ajralmas) sintaktik birlik sifatida izohlaydilar.
Anglashiloadiki, sintaktik birliklarni belgilash masalasida olimlar o’rtasida yakdillik yo’q.
Uzoq vaqt sintaktik bog’lanishli nutqning qoidalari sifatida va shunga muofiq, bu qoidalar haqidagi ta’limot sifatida foydalanib keldi. Bu tarifda shubhasiz, malum haqiqat bor: bog’lanishli nutq albatta sintaktik jihatdan tashkil topganlikni taqozo etadi. Biroq bu tarifda bir muncha noaniqlik ham mavjud Bog’lanishli nuqta sintaksis hamma hodisalarni izohlab bermaydi. Nutq sintaksis jihatdan tashkil topgan bo’lishi mumkin, lekin u bog’lanishli bo’lmasligi ham mumkin.
Keyingi vaqtlarda bog’lanishli nutq maxsus lingvistik obekt msifatida tan olinmoqda: bog’lanishli nutq haqida alohida fan-teks lingvistikasi fani shakilanadi va u faol ravishda rivojlanmoqda. Bu fanning markazida, garchi turlicha izohlanayotgan bo’lsa ham, “nutqning bog’liqligi” tushunchasi yotadi.
Sintakisisning vazifasi birmuncha tor va o’ziga xosdir.
Sintaksis, bir tomondan, so’zlarning va so’z formalarining bog’lanish qoidalarini o’rgansa, ikkinchi tomondan, bu qoidalar reallashadigan birliklarni o’rganadi.
So’z va so’z formasi sintaktik birliklarni minimal hosil etuvchilar hisoblanadi: ular sintaktik birliklarni tashkil etuvchi komponentlardir. Shu jihatdan qaraganda, so’z va so’z formasi sintaksisning obeykti sanalishi mumkin. Biroq ular o’zicha mustaqil holda va o’ziga xos barcha xossalari bilan emas, balki boshqa so’z formalari bilan aloqalari sintaktik birliklarining komponenti sifatida, ularning (sintaktik birliklarning) tarkibidagi vazifalari jihatidangina sintaksisning obeykti hisoblanadi. Bu obeyktining o’zi sintaktik birlik sanalmaydi.
Gapning bir nafas kuchi bilan aytiladigan yirik parchasi – sintagmani ham sintaktik birlik deb qarash to’g’iri emas. Sintagma so’zi yoki so’z formasiga, so’z birikmasiga, sodda gapga va hatto qo’shma gapga teng bo’lishi mumkun. Nutqning sintagmalarga bo’linishi fonetik qonunlarga bo’ysunadi. Sintagma bazi tomonlari bilan fonetik hodisa bo’lmish bo’g’inga o’xshaydi. Faqat bo’g’in so’zda bo’lsa, sintagma gapda bo’ladi. Talaffuzda so’zlar bo’g’inlarga ajralganidek, gaplar sintagmalarga ajralganidek, gaplar sintagmalarga ajraladi. So’z bilan bo’g’inning o’zaro munosabati qanday bo’lsa, gap bilan sintagmaning o’zaro munosabati ham shundaydir.
Biz gap deganda asosan sodda gapni nazarda tutamiz. U odatda gramatik jihatdan so’z birikmasiga qarama-qarshi qo’yiladi. Qo’shma gap gaplarning – sodda gaplarning sintaktik aloqa asosidagi o’zaro birikishidan tashkil topadi. Demak, sodda gap alohida sintaktik birlik bo’lsa, qoshma gap boshqa bir alohida sintaktik birlikdir.

Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish