Farqlang.
1.Eshik ochildi,xonaga rassom kirib keldi.
2.Eshik ochildi va xonaga rassom kirib keldi.
3.Eshik ochildi-da,xonaga rassom kirib keldi.
4.Eshik ochildi-yu, xonaga rassom kirib keldi.
5.Eshik ochildi,chunki xonaga rassom kirib keldi.
6.Xonaga rassom kirib keldi,shuning uchun eshik ochildi.
7.Qachon shik ochilsa,xonaga rassom kirib keladi.
1 va 2-gaplarda voqea-hodisalarning birin-ketin sodir bo’lishi,3-gapda ularning bir-biridan uzilmaganligi,4-gapda voqea-hodisalarning tez almashganligi,5 va 6-gaplarda voqea-hodisalar o’rtasida sabab-oqibat munosabatining mavjudligi,7-gapda esa payt,shart munosabati ta’kidli tarzda ifodalangan.
Izoh: Bog’langan va ergashgan qo’shma gaplarda qismlarda ifodalangan voqea-hodisalar o’rtasidagi munosabat bog’lovchisiz qo’shma gaplardagiga nisbatan aniqroq ifodalanadi.
Ergashtiruvchi bog’lovchili qo’shma gaplar va ularning tasnifi
Qismlari o’zaro ergashtiruvchi bog’lovchi yoki shunday bog’lovchi vazifasidagi so’zlar yordamida tobe bog’langan qo’shma gaplarga ergash gapli qo’shma gaplar deyiladi.
Ergash gapli qo’shma gaplar bosh va ergash gaplardan tashkil topadi. Mazmuni izohlanayotgan qism bosh gap, bosh gap mazmunini izohlaydigan va ko’pincha tobe shaklda turgan qism esa ergash gap sanaladi. Ergash gap bosh gap talab etgan ma’lum so’roqqa javob bo’ladi. M: Men xursandman,(nima sababli) chunki sen maqsadingga yetding.
Ergashgan qo’shma gaplar tuzilishiga ko’ra so’z birikmalariga o’xshaydi. So’z birikmasi tarkibidagi so’zlar nechta bo’lishidan qat’i nazar,doimo ikki qismdan – hokim va tobe so’zlardan tashkil topadi.
Ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar orqali bog’lanadi:
Ergashtiruvchi bog’lovchilar; 2) ko’makchili qurilmalar (shuning uchun,shu sababli,shu tufayli va boshqalar); 3) yuklamalar (-ki); 4) nisbiy so’zlar ( kim-o’sha,nima – shu, qayer – shu yer va boshqalar); 5) deb so’zi va boshqalar.
Ergashtiruvchi bog’lovchili qo’shma gaplar bilan sodda gaplar sinonimiyasi
Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababi,maqsadi,sharti yoki qiyosini bildirgan ergash gaplar bosh gapga sabab(chunki,negaki), maqsad (toki), shart (agar,agarda,basharti,mabodo) ergashtiruvchi bog’lovchilari,shuningdek,qiyoslash-chog’ishtiruv (go’yo,go’yoki,xuddi) yuklama-bog’lovchilari yordamida bog’lanadi. Sabab,maqsad,qiyoslash-chog’ishtiruv bog’lovchilari ergash gap boshida qo’llanadi va ergash gap bosh gapdan so’ng keladi.Bunday vaqtda yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi.
Shart bog’lovchilari gap boshida keladi.Ergash gap kesimi shart maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi.Bunday ergash gaplar bosh gapdan oldin keladi.Ko’pincha shart bog’lovchilari qo’llanmasa ham,shart mayli shakli qo’shma gap qismlarini bog’layveradi. M: Agar boshingga qilich kelsa ham,rost gapir.
Ergashtiruvchi bog’lovchilar o’zining ma’nosiga mos ravishda ergash gapga sabab,maqsad,shart,o’xshatish kabi ma’nolarni beradi,shuning uchun ergash gapli qo’shma gaplar “sabab ergash gapli qo’shma gaplar”, “maqsad ergash gapli qo’shma gaplar” kabi mazmuniy turlarga ham bo’linadi.
Tarkibida ko’rsatish olmoshi mavjud bo’lgan ergashgan qo’shma gaplar tegishli sodda gaplar bilan ma’nodosh bo’la oladi.Ergash gapni bosh gap tarkibida tegishli ko’rsatish olmoshi bilan ifodalangan gap bo’lagi o’rniga qo’yish orqali sodda gapga aylantirish mumkin.
Shuni unutmaginki,sen kelajagi buyuk davlat farzandisan|| Sen kelajagi buyuk davlat farzandi ekanligingni unutma.
Nomarddan yordam so’rama,chunki u bir kuni yuzingga soladi|| Nomard bergan yordamini bir kuni yuzingga soladi.
Kim mehnat qilsa,u rohat ko’radi.|| Mehnat qilgan rohat ko’radi.
Yuqorida keltirilgan qo’shma gaplar bilan ularning o’ng tomonidagi sodda gaplar bir xil ma’noni ifodalaydi,shuning uchun ular bir-biri bilan sinonimik munosabatda bo’ladi. Qo’shma gapda ma’no ta’kidlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |