5. Qaysi gapda tobe va hokim qismlari yasama so‘z bilan ifodalangan ohang vositasida tobelangan so‘z birikmasi uchraydi?
A) Tabobatda achchiqtoshdan juda unumli foydalaniladi.
B) Cho‘lning, yillar o‘tsa ham, eskirmagan tartib-qoidalari bor.
C) Darhaqiqat, shoirning yuragi sof tuyg‘ulardan oziqlanadi.
D) Insonlarga qilingan yaxshilik umrga sayqal beradi.
6. Tobe va hokim qismlari yasama so‘z bilan ifodalangan kelishik shakli bilan tobelangan so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Kitob mutolaasi inson aqlini charxlaydi.
B) Ertalabki choy ustida biroz hangomalashgach, hammamiz yo‘lga otlandik.
C) Xalq achchiqtoshdan davo sifatida foydalanadi.
D) G‘ulomjon ertalab atayin sizni izlab kelgan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |