3. Qaysi gapda vositali to‘ldiruvchiga tobelanib kelgan vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan?
A) Yaxshi insonni hatto hasadchilar ham maqtashga majbur bo‘ladilar.
B) Ey farzand, hamisha fozillar bilan hamsuhbat bo‘lishni o‘zingga odat qil.
C) Bema’ni fikrlar har kimda ham bo‘ladi, faqat aqlli kishigina uni aytmaydi.
D) Til do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirishning eng muhim vositasidir.
4. Tobe va hokim qismlari yasama so‘z bilan ifodalangan kelishik shakli orqali tobelangan so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang.
A) U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan kamgap va qaysargina bir bola edi.
B) G‘ulomjon tabiatan quvnoq, sho‘x yigit edi.
C) Shoir do‘stlikni ulug‘lab ko‘plab she’rlar bitgan.
D) Qo‘llarining keskin harakati bilan xalqqa tinchlanishni buyurdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |