53.Qaysi qatorda g’ tovushining jarangsiz jufti qo’llangan?
A) paxta B) sanoq C) ko’ngil
D) g’ tovushining jarangsiz jufti mavjud emas.
54.Qaysi qatordagi so’zlar alifbo tartibida berilgan?
A) daraxt, ilhom, firoq
B) elak, tarmoq, jurnal
C) qudrat, ulug’, parcha
D) foyda, osmon, zilol
55.Qaysi qatordagi so’zlarda ng harf birikmasi ishtirok etmagan?
A) dangasa, tanga B) kongress, shtanga
C) ingramoq, kenglik D) yangi, yengil
56.Bilim baxt keltirar. Ushbu gap tarkibida nechta til tovushi mavjud?
A) 8 ta B) 7 ta C) 6 ta D) 9 ta
57.Nutq a’zolari keltirilgan javobni toping.
A) o’pka, tish, tog’ay
B) un paychalari, lablar, og’iz bo’shlig’i
C) barcha javoblar to’g’ri
D) bo’g’iz bo’shlig’i, til, burun bo’shlig’i
58.Qaysi qatorda bo’g’iz undoshi xato qo’llangan?
A) hasad B) mehnatkash C) hokkey D) hovuz
59.Tabiat qanday go’zal. Ushbu gap tarkibida jarangsiz juftiga ega bo’lgan nechta jarangli undosh mavjud?
A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 6 ta
60.Qaysi qatordagi so’z tarkibida til o’rta undoshi qatnashgan?
A) imkon B) ko’ngil C) buyuk D) afsungar.
Do'stlaringiz bilan baham: |