Ikkinchidan, ma’nolari bir xil sinonimlar tilda bo‘lganda ham ularning barchasi baravar ravishda, doimiy holda yashay olmaydi. Tilning amalda bo‘lish qonuniyatlariga ko‘ra, aytaylik, parallellikni xush ko‘rmasligidan kelib chiqib, vaqt o‘tishi bilan ularning biri ikkinchisiga o‘z o‘rnini bo‘shatib berishga majbur bo‘ladi. Masalan: partiya-firqa, grajdanin-fuqaro, agitatsiya-tashviqot, propaganda-targ‘ibot, komitet-qo‘mita, soldat-askar, intelligent-ziyoli, leksiya-ma’ruzo, programma-dastur, student-talaba, ekonomika-iqtisodiyot, internatsional-baynalmilal, sotsial-ijtimoiy, satirik-hajviy, sekretar-kotib, simvol-ramz kabi birliklar o‘rtasidagi qo‘llanish nisbatini olib qaraylik. Agar o‘zbek tilining mustaqillikkacha bo‘lgan davrida ularga leksik dubletlar, variantlar sifatida qarab, baravar qo‘llab kelgan bo‘lsak, mustaqillikdan keyingi davrda bu so‘zlarga bo‘lgan munosabat va ana shu munosabatdan kelib chiqib, ularning qo‘llanilishidagi muvozanat ikkinchisining foydasiga tubdan o‘zgardi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, gap faqat ma’nolarning bir xilligida bo‘lganda edi, ular tilimizda baravar yashayverishi mumkin edi. Ammo vaziyatdan kelib chiqib, ular ham tilimizning umumiy yashash qonuniyatlariga bo‘ysunishga majbur bo‘ldi. Demak, sinonimlarning barchasining ma’nolari bir xil emas, bir xil deb qaralganlarining hammasi ham tilda parallel yashay olmaydi. Aytilganlardan esa sinonimlarning bu guruhini o‘rganish uslubshunoslik uchun qiziqarli material bera olmaydi, degan xulosa kelib chiqadi.
Shunday ekan, sinonimlar tadqiqini uslubshunoslikning markaziy masalalaridan deb qaraganimizda, ularni umumiy bir ma’noni yoki tushunchani anglatishga xizmat qiladigan, ana shu maqsad yo‘lida matnda bir-biriga mazmunan yaqinlashadigan va birlashadigan, ayni paytda, ma’no nozikliklari bilan bir-biridan farqlanadigan til elementlari majmuini anglashimiz to‘g‘ri bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
Tildagi sinonimik munosabatlar faqat leksik birliklar o‘rtasidagina emas, balki fonemalarning talaffuz variantlarida, turg‘un birikmalar, morfologik vositalar va sintaktik qurilmalar o‘rtasida ham mavjud. Sinonimiyaga oid umumiy qoida va talablar ularning hammasiga tegishli hamda barchasida amal qiladi. Afsuski, yuqorida sanab o‘tilgan tadqiqotlarning mavjudligidan qat’i nazar o‘zbek tilshunosligida sinonimlar vazifaviy-uslubiy yo‘nalishda atroflicha tahlil qilingan emas. Vaholanki, bunday kuzatishlar milliy til uslubshunosligi taraqqiyoti uchun nihoyatda zarurdir.O‘rni kelganda ta’kidlash lozimki, so‘z va evfemizm, so‘z va perifraza o‘rtasidagi sinonimik munosabatlar tadqiqi ham uslubshunosligimiz uchun qiziqarli materiallar berishi mumkin. Badiiy ijod jarayonida yuzaga kelgan individual muallif sinonimlari yuzasidan olib boriladigan kuzatishlar ham ona tilimiz boyligini namoyish etishda g‘oyatda qimmatlidir. Shunday qilib, yunon tilidagi«sinonim» so‘zi «bir xil» degan ma’noni bildiradi va bu tushuncha atrofida matnda mazmunan bir-biriga mos keladigan so‘z va iboralar, so‘z birikmalari va gap qurilmalari tarzida shakllanadigan til birliklari birlashadi.
Tilda variantlar va, yuqorida tilga olganimiz, dubletlar deb ataladigan so‘z guruhlari ham mavjudki, ko‘pchilik tilshunoslar ularni sinonimlardan farqlaydilar. Lingvistik jarayonlarning har birining o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligi nuqtai nazaridan bu to‘g‘ri ham. Ammo qanchalik farqlanmasin, ular nutqdagi vazifasiga ko‘ra bir-birlariga yaqin hodisalardir, bir narsa va hodisaning turli sabablar bilan paydo bo‘lib qolgan tildagi ikki xil nomlanishidir.
Bir-biriga mos keladigan lingvistika-tilshunoslik, stilistika-uslubshunoslik, orfografiya-to‘g‘ri yozish, orfoepiya-to‘g‘ri talaffuz qilish kabi holatlarni olaylik. Ularning birinchi qismi boshqa til elementi ekanligi ko‘rinib turibdi. Bu birliklarning qo‘llanishidagi bab-baravarlik faqat ma’lum muddatgina davom etishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan ularga bo‘lgan munosabat o‘zgaradi. Bu munosabat hech bo‘lmaganda ularning qo‘llanish chastotasiga ta’sir qiladi.
Leksik nuqtai nazardan variantlar va dubletlarning mavjud bo‘lishi ijobiy hodisa sanalmasa ham uslubiy jihatdan ularga tildagi ortiqcha unsur sifatida qaralmaydi. Fikrni nozik ottenkalarda ifodalashga xizmat qilmagan taqdirda ham, hech bo‘lmaganda, ular so‘zlovchi va yozuvchini takrordan qutqaradi. Shuning o‘ziyoq nutqiy jarayon uchun kam ahamiyatli emas. Shuning uchun ularni ham tilimizdagi uslubiy resurslar deb qarashga to‘la asoslar bor. Fonetik va grammatik shakllarda namoyon bo‘ladigan lingvistik variantlarni garchi uslubiy imkoniyatlari nihoyatda keng va rang-barang bo‘lgan sinonimlarga tenglashtirib bo‘lmasa ham ayrim matnlardagi uslubiy bo‘yoqdorligini hisobga olib,
ularni bir guruhda qarash mumkin.
Antonimlar nutqda ikki xil maqsad uchun ishlatiladi: 1. Shaxs, narsalar yoki ulaming belgilari orasidagi zidlikni ifodalash uchun. Badiiy adabiyotda antonimlardan antiteza hosil qilish uchun foydalaniladi. Antiteza adabiyotshunoslikda tazod san’ati deb ham yuritiladi. Tazod san’ati, ayniqsa, mumtoz adabiyotda ko‘p uchraydi. Masalan: Charxi kajraftoming bir shevasidin dog‘men, Ayshni nodon surib, kulfatni dono tortadir. (Furqat) Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidir, Har kimki, jafo qilsa, jafo topqusidir. Yaxshi kishi ko'rmagay yomonlig‘ hargiz, Har kimki, yomon bo ‘Isa, jazo topqusidir. (Bobur) Antiteza ayniqsa, maqol va topishmoqlarda ko‘p ishlatiladi. Masalan: Otdan baland, itdan past. Kunduzi izzatda, kechasi xizmatda (topishmoqlar). Yaxshi topib gapirar, yomon qopib. Nodon d o ‘stdan ziyrak dushman yaxshi. (maqollar) 2. Antonimlardan umumiylashtirish, jamlash ma’nosini ifodalash maqsadida ham foydalaniladi. Masalan: Shunga ko‘p xursandmiz yosh-u, qarimiz (G ‘afur G ‘ulom) Badiiy nutqda ko‘p hollarda stilistik maqsad bilan zid ma'no ifodalamaydigan, lekin qisnian bir-birini inkor etadigan, bir xil xususiyatga ega boigan so‘zlar antiteza hosil qilish uchun qo‘llaniladi. Masalan: Do ‘st achitib gapirar, dushman kuldirib. Bir lavhang qon yesa, Bir lavhangmish zar... (G ‘afur G'ulom). Qilma zolimlik kishiga, adl ila rom et uni, Yaxshilik qo ‘Idanki kelmas, zulm ham qilma chunon (Nizomiy Ganjaviy) A
Sinonimlarning turli ko’rinishlari (leksik sinonimiya, frazeologik sinonimiya) Ular o‘rtasidagi farqlarni L. G. Barlas quyidagicha izohlaydi: variantlilik bir xil, sinonimiya har xil til birliklariga xos xususiyat. Variantlar deyilganda, shakliy jihatdan bir oz farq qiladigan bir til birligining turli ko‘rinishlari tushuniladi. Ular bir so‘z, bir so‘z shakli yoki qurilishini tashkil etgani uchun ham leksik va grammatik ma’nolarda farqlar bo‘lmasligi kerak. Sinonimlar esa ma’nolari bir-birlariga yaqin bo‘lgan turli so‘zlar, so‘z shakllari, qurilmalardir.
Sinonimlar tasnifi ham uning tadqiqotchilari diqqat-e’tiborida bo‘lib kelgan. Sh.Rahmatullayev bu hodisaning til qatlamlarida mavjudligidan kelib chiqib, ularni dastlab lug‘aviy va grammatik sinonimiyaga ajratadi. Yana o‘z navbatida lug‘aviy sinonimiyani leksik, frazeologik va leksik-frazeologik turlarga bo‘ladi. Ma’no qirralarining farqlanishiga ko‘ra esa ularning ma’no sinonimlari (ideografik sinonimlar), uslubiy sinonimlar va nutqiy sinonimlar singari turlarini sanab o‘tadi.
Sinonimlarni o‘rganish va tushunishni osonlashtiradigan bu kabi tasniflar orasida I. B. Golub tasnifi e’tiborga loyiq. Uning fikricha, ma’no ottenkalari bilan farqlanuvchi sinonimlar semantik sinonimlar, bir xil ma’noga ega bo‘lib, uslubiy bo‘yoqdorligi bilan ajralib turuvchi sinonimlar uslubiy sinonimlar deyiladi. Uslubiy sinonimlarga turli vazifaviy uslublarga taalluqli bo‘lgan hamda bir vazifaviy uslubga tegishli bo‘lib, turli emotsional-ekspressiv ottenkalari bilan farqlanadigan sinonimlar kiradi. Ham ma’nolari, ham uslubiy bo‘yog‘i bilan farqlanadigan sinonimlar esa semantik-uslubiy sinonimlar hisoblanadi.
Sinonimlar tasnifi haqida Z. I. Xovanskaya quyidagilarni yozadi: «lug‘aviy sinonimlar – bir so‘z turkumiga tegishli bo‘lgan, o‘z ma’nosida jins va tur alomatlarini saqlaydigan, mavhumlikning bir xil sathiga aloqador bo‘lgan va denotative yoki ma’noning uslubiy komponentlari bilan farq qiladigan til birligidir.
Uslubiy tadqiqot uchun shu narsa favqulodda muhimki, sinonimik munosabatlar faqatgina til tizimida mavjud bo‘lmasdan, balki u ham til birliklarining uslubiy tarmoqlanishida ishtirok etadigan, ham muomala jarayonida uslubiy vazifalarni bajaradigan barcha til sathlari birliklari hisobiga yaratiladigan matnda ham paydo bo‘ladi. Bu xildagi sinonimlar matniy sinonimlar deyiladi».
3. Sinonimiyalarning manbalari. Frazeologik birikmalar asosan so’zlar birikmasidan iborat, boshqacha aytganda, frazeologizmlar tilning alohida birligi bo’lib, tuzilishiga ko’ra erkin bog’lanma yoki gapga teng, to’liq yoki qisman semantik qayta shakllangan obrazli, turg’un so’z birikmalarini o’z ichiga oladi. 1 Frazeologizmlarning aksariyati ingliz tilida ham, boshqa xildagi tillarda ham xalq tomonidan yaratilgan, ularning mualliflari ma’lum emas, kelib chiqish manbalari aniq emas. Shu ma’noda frazeologik olim A.V. Kunin ingliz tili frazeologizmlarining ko’pchiligining muallifi noma’lum bo’lib, ular xalq tomonidan yaratilgan degan fikrlarni asosli ravishda ko’rsatib o’tgan. Ammo ba’zi frazeologik birliklarning kelib chiqish manbalarini aniqlash mumkin. Shu ma’noda frazeologiya tilning umumiy tizimiga kiruvchi mikrosistema bo’lib, bu tizim o’zida o’tmish merosni, qadriyatlarni aks ettiradi, avloddan – avlodga o’tadi. Tizimni tashkil etuvchi frazeologik birliklarning ko’pchiligi ma’lum tilning boyish manbaidir. Frazeologik tizimni frazeologik birliklar, ularning asosiy komponentlari o’rtasidagi munosabatni tashkil etadi. Frazeologizmlar birdan ortiq so’zlardan tashkil topgan, ma’no va shakl jihatdan turg’un bo’lgan so’zlar bog’lanmasidir. Frazeologizmlar ko’chma ma’noda, obrazli ifodalarda qo’llaniladi hamda tarixiy qo’llanish me’yorlariga, usullariga ega bo’lib, ularning ma’nosi muayyan nutq jarayonida oydinlashadi. Frazeologizmlar so’z birikmasi yoki gap shaklida bo’lsa ular nutq birligi bo’lgan gaplardan farq qiladi. Ular lug’aviy birlik sifatida ko’p jihatdan so’zlarga yaqin turadi, so’zlarga xos bo’lgan juda ko’p xususiyatlar frazeologizmlarga ham xosdir. 2 Frazeologiyaning obyektini belgilashda turli xil farazlar mavjud. Frazeologiyaning obyektini faqat turg’un birikmalar tashkil qiladi. Frazeologiya sohasida qiyosiy-tipologik tadqiqotlar olib borish frazeologiyaning umumnazariy muammolarini hal etishga keng yo’l ochadi. Umuman olganda frazeologik birikmalarning shakllanish manbalarini etimologik jihatdan tahlil etishga nisbattan ancha keng mazmunga ega. Bu umumfilologik muammo bo’lib, eng qadimgi, dastlabki filologik modellarning shakllanish bosqichlarini aniqlash muhim semiotik masala sanaladi. Frazeologik birikmalarni turli narsa, hodisa va joy nomlari, kishi nomlari bilan bog’liq o’rganish ham hozirgi zamon tilshunosligida dolzarb masalalardan sanaladi. Til tadqiqotchisi D.Niyazmetova “Ingliz tilida oziq-ovqat komponentli frazeologizmlarning lingvistik tadqiqi” (Bibliya materiallari) maqolasida frazeologizmni lingvokulturologiyada o’rganish dolzarb va munozarali masalalardan biri ekanligini ta’kidlaydi. 1 Bibliyaga bog’liq bo’lgan oziq-ovqat komponentli frazeologizmlarning semantik, lingvokulturologik xususiyatlarini aniqlashda, lug’atlarni tahlil qilishda lingvistik tahlil va statistik metodlar qo’llanishini kuzatish mumkin.
4. Sinonimiyaning polisemiyadan farqi. AA.Reformatskiyning fikricha, termin ko’p ma‘nolikdan, ya‘ni 24 polisemiyadan ajralib turishi kerak. Termin bir va aniq ma‘noni bildiradigan maxsus so’zdir29. So’z esa doimo ham bunday xususiyatlarga ega emas. Bundan shu xulosaga kelish mumkinki, so’zning qamrovi va ko’lami terminga qaraganda bir necha bor kattaroq. Chunki odatda so’zlar o’z asl ma‘nolaridan tashqari ko’chma va obrazli ma‘nolarda ham ishlatiladi. O’zbek tilshunosligida amalga oshirilgan qator ilmiy tadqiqotlar sohalar terminologiyalarining rivoji uchun katta hissa bo’lib qo’shildi. R.Doniyorov30 , S.Akobirov31, I.Pardayeva32, H.Yodgorov33, Z.Mirahmedova34 kabi olimlarning tadqiqotlari shular jumlasidandir. Mazkur ishlarda sohaviy terminologik sistemalar tahlil qilinib, lingvistik nuqtai nazardan tadqiq etilgan. Shu kabi tadqiqotlar fan va texnikaning muayyan bir tarmog’i terminlari rivojiga ijobiy hissa qo’shgani shubhasizdir. Tilshunoslikda, xususan, leksikologiyada tilning asosiy lug’aviy birligi bo’lgan leksemalar bir-biridan ajralgan holda emas, balki o’zaro bog’liqlikda, xilma-xil ma'noviy aloqadorlikda reallik kasb etishi alohida ta'kidlanadi. Ayni shu holat turli-tuman leksik qatlamlarning qaror topishiga olib kelgan. Bunday leksik qatlamlar muayyan tartibda guruhlantiriladi. Tadqiqotlarda esa qo’yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda guruhlashtirib, tasnif qilish yo’lidan boriladi. Sud tizimiga oid istalgan hujjat yoki matnda turli tipdagi ko’plab maxsus terminlarni uchratish mumkin. Hozirgi kunga qadar sud tizimiga oid terminlarning amaliy-ma‘noviy jihatini inobatga olib, aniq bir mezonlarga ko’ra klassifikatsiyalash usuli to’liq shakllanmagan. Ba‘zi bir terminolog olimlar sud tizimiga oid terminlarni ―vertikal‖ (ya‘ni, Konstitutsiya va asosiy qonunchilik hujjatlarida ishlatiladigan terminlar) va ―gorizontal‖ (ya‘ni, aynan bir sohada ishlatiladigan terminlar) termin guruhlariga bo’lib o’rganishni taklif qiladilar. Shuningdek, ular ‖gorizontal‖ guruhni yana ikki kichik guruhlarga bo’ladilar, ―sohaviy‖- ya‘ni qonunchilikning faqat birgina sohasida qo’llaniladigan terminlar va ―sohalararo‖ terminlar- ikki va undan ortiq yuridik sohalarda amalda qo’llaniladigan terminlar35 . Ma‘lumki, har bir fan sohasining rivojlanish va takomillashuv darajasi shu soha terminologiyasining qay darajada taraqqiy etganligi, shuningdek, tartibga solinganligi kabi belgilar bilan uzviy bog’liqdir. Chunki ilmiy adabiyotda qo’llanadigan termin yoki uning ifoda shakli aniq va ravshan bo’lmas ekan, unda, albatta, chalkashlik, noaniqlik kabi salbiy holatlar saqlanib qolaveradi36 . Boshqa bir guruh olimlar ularni ―o’z va ―begona termin guruhlariga ajratishni tavsiya qiladilar. Sinonimlaming stilistik xususiyatlari Leksik stilistikada sinonimiya hodisasi muhim o‘rin tutadi. Stilistik bo‘yoqli so‘zlar, ayniqsa, sinonimik qatorda o‘z ifodasini topadi. Mahumki, sinonimik qatoming uzunligi turlichadir: bir tomondan, sinonimik qator faqat ikkita so‘zdan tuzilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bir nccha so'zdan tuzilislii mumkin, masalan: ikki qismli sinonimik qator: chopmoq-yugunnoq, sevinmoq-xursund bo ‘Imoq, uysiz-joysiz, dum-quyruq. Ko‘p qismli sinonimik qator: yuz, aft, bashara, turq, bet, chehra, siymo kulmoq, jilmaymoq, tabassum qilmoq, tirjaymoq, irshaymoq, iljaymoq, ishshaymoq. Bu sinonimik qatordagi har bir so‘z turli nulq vaziyatlarida tanlab ishlatiladi. Masalan: shamol, sabo, yel, shabada, tot'fon, dovul, bo kulmoq, jilmaymoq, tabassum qilmoq, tirjaymoq, irshaymoq, iljaymoq, ishshaymoq. Bu sinonimik qatordagi har bir so‘z turli nulq vaziyatlarida tanlab ishlatiladi. Hozirgi tilshunoslikda barcha yo nalishlar uchun bir xil va umumiy bo lgan, asosan struktura va model, bosqich va yarus, sistema, grammatik va leksik kategoriya, shakl, formant va hokazo uchun lingvistik terminologiya bir xil bo lmagani tufayli, bu asosiy tushunchalarning asl ma nosi va ularga to g ri keluvchi terminlarni ushbu tadqiqotda belgilab o tish lozim ko rinadi. Struktura kichik tizimlar va sistemalar yoki ularning yig indisi aloqasining tarixiy shartlangan birligi bo lib, u tilning yoki ayrim til birliklarining (gaplar, so z birikmalari, so zlar) qurilish arxitektonikasini xarakterlaydi. Tilning strukturasi tildagi barcha bosqichlarning aniq va tartibli o zaro bog lanishini ko rsatuvchi farqlanish belgilarining yig indisida aks etgan barcha elementlar va ularning birbiriga munosabatini o rganadi. Gapning morfologik strukturasi so zning barcha elementlari va ular o rtasidagi munosabat bilan izohlanuvchi farqlanish elementlari yig indisida aks etgan tarixiy shartlangan birlikdir. Model eng konkretdan eng abstraktgacha bo lgan har xil pog onadagi biron til strukturasi, uning biror bosqichida yoki tilning u yoki bu bosqich mikrostrukturasining umumlashtirishdagi tipologik tahlil birligidir. Tilning modeli, sintaktik,morfologik, fonologik, leksik struktrurasining modeli, gap, so’z birikmasining modeli, so zning morfologik, leksik, fonologik struktrurasining modelidir. Tilning bosqichi va yarusi til strukturasining shartli ravishda analitik bo linish tomonidir. U tilning asosiy kichik strukturasidan biri bo lib, bir-biri bilan o zaro ma lum bog lanish va ierarxiya munosabatida organik bog langan farqlanish belgilarining funksional qonuniyatlarini izohlaydi: sintagmatik yoki sintaktik bosqichi, morfema va morfologik bosqichi, semiotik yoki semasiologik bosqichi, fonemik yoki fonologik bosqichi. Sistema bir-biriga bo ysundirilgan va umumiy qonuniyatlari tildagi shakl va ma noning bog lanishini taqozo etuvchi elementlarning va birliklarning yig indisidir. 5 Masalan, sintagmalar sistemasi (so z birikmalari va gap sintagmasining kichik sistemasi), morfemalar sistemasi (o zak va affiksal morfemalarning kichik sistemasi), fonemalar sistemasi (unli va undosh fonemalarning kichik sistemasi) va hokazo. Turkiy va german tillarining grammatikasini tadqiq etish uchun leksika va sintaksis o rtasidagi aniq chegarani aniqlash, xususan, leksik va sintaktik kategoriyalarning mazmunini ifodalovchi morfologik ko rsatkichlarni bilish ayniqsa zarurdir. Agar leksik tarkibda so zlarning munosabati morfologik leksikaga tegishli shakllarni ifodalay olsa, unda so zlarning munosabati so z birikmalari va bo laklarini ifodalovchi shakllar sintaksisga tegishli bo ladi. Ko rinib turibdiki, morfologiya o zining bir qismi bilan sintaktik vositalarni ifodalashga xizmat qilsa, boshqa qismi bilan leksik munosabatlarni ifodalaydi. Bu borada ma lum terminologiyani belgilab olmoq zarurdek tuyuladi. Shu jihatdan quyidagi tushuncha va atamalar jiddiy ahamiyatga molikdir. Kategoriya, sintaktik kategoriya, leksik kategoriya, morfologik kategoriya, so z yasovchi kategoriya, hamda leksik va grammatik umumlashtilishning xususiy tushunchalari va ularga tegishli terminlar shular jumlasidandir. Kategoriya leksik, sintaktik va morfologik munosabatlarni mavhum (abstrakt)roq bir ma no bilan birlashtiruvchi umumiy tushunchadir: so’z 5 В.М.Солнцев. Язык как системно-структурное образование. М. Наука, 1976.
15 18 birikmalari, gap kategoriyasi, ega, kesim, to ldiruvchi, hol, aniqlovchi, va hokazo kategoriyalar. Leksik yoki leksik-grammatik kategoriya bir abstrakt ma no bilan birlashgan konkret leksik munosabatlarning umumlashgan tushunchalarini aniqlashga yordam beruvchi farqlanish belgilarining yig indisidir. Morfologik kategoriya so z birikmalari yoki gap tarkibida ma lum bir funksiya bajaruvchi so zga tegishli bir abstraktroq ma noga birlashgan bir-biriga qarama-qarshi leksik yoki grammatik munosabatlarni ifodalovchi so zlarning konkret shakllarini namoyon etuvchi affiksal morfemalarning yig indisidir. Barcha morfemalarni o zak morfemalar va affiksal morfemalarga va keyingisi (affiksal morfemalar)ni so z o zgartiruvchi va so z yasovchi morfemalar sifatida ikki sistemaga bo luvchi, o z navbatida, so z yasovchi morfemalar sistemasi (podsistema) sifatida leksik-grammatik va funksional grammatik morfemalarga dixotomik (ya ni ikkitadan) jihatdan ajraluvchi barcha morfologik karegoriyalar yig indisi tilning morfemalar yoki morfologik strukturtasini xarakterlaydi. So z o zgartiruvchi kategoriyalarga son, shaxs, kelishik va egalik kategoriyalariga tegishli bo lgan so z birikmalari yoki gaplar tarkibidagi so zlarning sintaktik-grammatik munosabatlarini ifodalovchi kategoriyalar kiradi. Shaxs va son kategoriyalari gap tarkibidagi sub ekt predikat munosabatini morfologik ifodalovchi, bir ma noga birlashgan shaxs va son konkret shakllarining bir-biriga qarama-qarshiligini ko rsatuvchi yig indidan iborat. 6 Kelishik kategoriyasi so z birikmalari yoki gaplar tarkibida morfologik ifodalarni bir ma no bilan birlashtiruvchi va konkret kelishik shakllarining birbiriga qarama-qarshi qo yish imkoniyatini beruvchi vositalar yig indisidir.egalik kategoriyasi esa so z birikmalari va gaplar tarkibida morfologik jihatdan bir ma noga birlashgan attributiv munosabatlarning bir-biriga qarama-qarshi qo yilgan konkret egalik affikslarining yig indisida ifodalanishidir. 6 Л.С.Бархударов. Очерки по морфологии английского языка, М., Высшая школа, 1975.с.28.
16 19 So z yasovchi kategoriyalar leksik-grammatik va funksional grammatik kategoriyalarni ifodalaydi. Birinchi leksik-grammatik kategoriyalarga, masalan, bir-biriga qarama-qarshi qo yilgan mayllar konkret shakllarining fe ldagi sub ekt va obekt munosabatlari, ish-harakatni bir umumiy ma no bilan ifodalovchi morfologik kategoriyalar kiradi. Qiyoslash darajalari kategoriyasiga ma lum ma noni ot bilan sifatning morfologik jihatini moslashtirishga xizmat qiluvchi o zaro qarama-qarshi bo lgan konkret shakllar kiradi. Shakl ma lum belgi yoki signalda ifodalangan, aniq ma noga ega bo lgan leksik va grammatik munosabatlarning konkret ishlatilishidir.Formant u yoki bu shaklni ifodalash vositasi bo’lgan tushuncha birligidir. Tipologik tadqiqotlar har xil hajmda bo lib, bir tildagi tipologik o xshashlik va farqlarni uning dialektlarida aniqlash orqali shu tilning tipologik evolutsiyasidagi har xil darajalarini bilish mumkin. O zaro qarindosh bo lgan guruhni tashkil etuvchi tillarning qiyosiy tipologiyasidagi asosiy vazifa shu tillar strukturasidagi umumiy tilni aniqlashdan iborat. Har xil guruhdagi tillar tipologiyasidan tortib, to dunyo tillarining umumiy tipologiyasigacha bo lgan tadqiqotlar yordamida universal grammatika asoslarini ishlab chiqish mumkin. Har bir konkret tilning tipologik tahlili yordamida undagi struktura va modelning xarakterli tomonlari, xususan, german yoki turkiy tillarning boshqa tillar bilan aloqalarini ko’rsatuvchi abstrakt va substrakt xususiyatlar aniqlanadi. Tadqiqotlar umumgerman yoki umumturkiy struktural etalon va tillar strukturasidagi bo lgan farqlarni, har xil modelni izohlovchi xususiyatlarni, ular orqali har bir til bosqichidagi umumiy struktural modellarining bir-biriga qiyosiy munosabatini o rganishga asoslanishi kerak. Boshqacha aytganda, vazifa fonema, morfema, sintagmatik va semantik bosqichlardagi german yoki turkiy struktural modellarni o rganish va aniqlash, shu guruhga oid tillardagi til tipini (namuna) yoki til etalonini yaratishdan iborat. Ya ni shu tillarga umuman tegishli ideal strukturaning har xil davrda va har xil tarixiy sharoitda bo lgan barcha yig indisi va til bosqichlari aloqasi hamda ularni birlashtiruvchi barcha umumiy cheklanishlarni o rganish va aniqlashdan iborat. Berilgan tillarning, xususan, 17 20 turkiy tillarning ideal strukturasini o rganish va aniqlash uchun qo shni boshqa tizimdagi tillar ta siriga kam uchragan turkiy tillardagi xususiyatlarga asoslanmoq lozim bo ladi. Ideal struktura barcha hozirgi german yoki turkiy tillardagi umumiy tipni izohlaydi, ya ni har bir german yoki turkiy tillarning ajralib chiqqan spesifik, xarakterli bo lmagan xususiyatlari alohida tillardagi umumiy belgilarni ko rsatadi. Biroq barcha german va turkiy tillar uchun umumiy bo lgan strukturaning asosiy xususiyatlari, juda bo lmaganda, bir yoki bir necha konkret tillarda bo lishi, shuningdek, birorta ham konkret tilga to g ri kelmasligi mumkin. Shunday qilib, qiyoslashga tillardagi alohida kategoriyalarning barcha sistemasini o z ichiga olgan ma lum qarindosh guruhdagi tillarning umumiy strukturasi jalb etilishi zarur. Bundan ma lum bo ladiki, qarindosh guruh tillarini tadqiq etishda qo llangan tipologik metod barcha tillar uchun bir xil darajada xarakterli bo lgan umumiy strukturaning hosil bo lishini o rganishdagi qonuniyatlarini aniqlaydi. Barcha qarindosh tillar dialektlarida bor bo lgan xususiyatlarni tipologik qiyoslash shu tillar umumiy strukturasini emas, balki har bir konkret til strukturasi va undagi ayrim fonetik, grammatik va leksik kategoriyalarni aniqlaydi. Shunday qilib, tipologik metodlar alohida guruh tillardagi va ayrim tillardagi umumiy struktura tiplarini hamda tildagi alohida fonetik, leksik, morfologik va sintaktik hodisalarni o rganishda qo llanishi mumkin. Sinxron-tipologik (hozirgi tillarni qiyoslash) tadqiqotlarda tillarning taraqqiyot jarayonlari chuqur o rganilmaydi, lekin tillarga o rgatish metodikasi yaratish, ilmiy va badiiy tarjima metodlarini yaxshilash kabi amaliy ishlar yoritiladi, chunki bunday qiyoslash aniq tarixiy jarayon natijasida hosil bo lgan biror hodisaning asosini e tiborga olmaydi. Konkret tillarning tipologik grammatikasini o rganish bir qancha boshlang ich bosqichlardan iborat. U yuqorida aytib o tganimizdek, tillarning umumiy grammatikasidagi har xil strukturalarini real faktlar va hodisalar 18 21 munosabatlaridan kelib chiqib, qandaydir chegara va sxemalar bilan cheklanmay, birinchi navbatda, konkret tilning umumiy struktura modelini aniqlashi zarur. Konkret tilning umumiy struktura modelini bir qancha tadqiqotlar yordamida ancha aniqroq bilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |