Singapur Singapur



Download 22,59 Kb.
Sana03.03.2022
Hajmi22,59 Kb.
#480974
Bog'liq
Singapur


Singapur
Singapur (Singapore) Singapur Respublikasi (inglizcha - Republic of Singapore, malaycha Repablic Singapura) — Janubiy Sharqiy Osiyodagi davlat. Singapur o. va unga tutash mayda orollar hamda Malakka yarim orolning janubiy chekkasida joylashgan. Maydoni 640 km². Aholisi 4,45 mln. kishi (2002). Poytaxti — Singapur sh.
Davlat tuzumi
Singapur Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1963-yil qabul qilingan (keyinchalik tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2011-yil Iyul oyidan boshlab Dr. Tony Tan, Respublika 7-prezidenti), u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan aholi tomonidan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Tabiati
Singapur orol Joxor boʻgʻozi orqali Malakka yarim oroldan, Malakka va Singapur boʻgʻozlari orqali Indoneziya o.laridan ajralib turadi. Sohillari pasttekislik, bir oz botqoqlashgan, janubi-gʻarbiy sohillarida marjon riflari bor. Relyefi tekislik (bal. 176 m gacha). Iqlimi ekvatorial, mussonli. Oʻrtacha temperatura yanvarda 26°, iyulda 27°. Yillik yongʻin 2500 mm. Katta daryosi — Singapur.
Ichimlik suv yetishmaydi, u Malayziyadan keltiriladi. Koʻpgina mayda orollarda odam yashamaydi, ularda tropik oʻsimliklar sakdanib qolgan. Ayrim sohillari mangozorlar bilan band.
Aholisining koʻpchiligi xitoylar (76%). Malayyalar (14%), Hindiston, Bangladesh, Pokiston, Shri Lankadan kelganlar (7%), yevropaliklar va boshqa yashaydi. Rasmiy tillar — xitoy, ingliz, malayya, tamil tillari. Dindorlari buddaviylik. konfutsiylik, islom, hinduiylik, xristian dinlariga eʼtiqod qiladi.
Tarixi
Singapurning ilk tarixi maʼlum emas. 14-asrga oid Xitoy va Yava yilnomalarida bu orol Tumasik (yavacha "masek" — dengiz) deb atalgan. 1275-yil S.ga Yava qiroli Kertanagar qoʻshinlari, 1349-yil Siyom harbiy kemalari hujum qilgan. 1377-yildan orol Yavaga karam boʻlgan, 15-asr boshlarida esa Tan davlatining qiroli Sukotan oʻzini Singapur, Malakka va Malayya hukmdori deb yuritgan, soʻng Joxor sultonligi kuliga oʻtgan. 1819-yil orol inglizlarning Ost-Indiya kompaniyasiga qaram boʻlib qolgan. 1826—1946-yillarda S. — StreytsSetlments tarkibidagi ingliz mustamlakasi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida Singapurni yapon qoʻshinlari egallab turgan (1942— 45). 1959-yildan Hamdoʻstlik tarkibidagi "oʻzini oʻzi boshqaruvchi davlat". 1963—65 yillarda Malayziya Federatsiyasi tarkibiga kirdi. 1965-yil 9 avgustda undan ajrab chiqib, alohida mustaqil respublikaga aylandi. 1965-yil sentdan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 2 yanvarda tan olgan, 1997-yil 8 aprelda diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Milliy bayrami — 9 avgust — Milliy kun (1965).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushma tashkilotlari. S. demokratik partiyasi, 1980-yil tuzilgan; S. xalq partiyasi, 1994-yil tashkil etilgan; Xal k, harakati partiyasi, 1954-yil asos solingan; Ishchi partiyasi, 1957-yil guzilgan; Birlashgan xalq fronti. 1974-yil 5 iartiyaning qushilishi natijasida tashkil topgan. Kasaba uyushmalari milliy kongressi, 1961 ii. asos solingan.
Xoʻjaligi
S. — Janubi-Sharqiy Osiyoda iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28%, transport va aloqaning ulushi 13,1%, qishloq xoʻjaligi ulushi 0,2%.
Sanoatining yetakchi tarmoqlari — aniq mashinasozlik, elektronika, elektrotexnika, optika, keng isteʼmol mollari va murakkab apparatlar (shu jumladan, kosmik tadqiqotlar uchun eksportga moʻljallangan apparatlar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Chetdan keltiriladigan xomashyo asosida neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan. S. zavodlari yiliga 50 mln. tonna neftni qayta ishlash imkoniyatiga ega. Kemasozlik, kema taʼmirlash, samolyotsozlik, metallurgiya, kimyo, turli asbob-uskuna ishlab chiqarish, yogʻochsozlik, qurilish materiallari, toʻqimachilik, rezina, koʻn poyabzal, oziq-ovqat korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Yiliga 20,7 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari — Singapur. Jurong.
Qishloq xoʻjaligi
Ekin ekiladigan yer kamligi sababli qishloq xoʻjaligi unchalik rivojlanmagan va mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirmaydi. Mamlakat hududining 20% ga ekin ekiladi. Asosan, shahar axoliyey uchun sabzavot va meva, ziravor, tamaki, kokos palmasi yetishtiriladi. Choʻchqa va parranda boqiladi. Baliq ovlash va dengiz ovchiligi bilan shugullaniladi. Transport yoʻli uzunligi —83 km, avtomobil yoʻllari — 3 ming km. Dengiz portlari — Singapur, Jurong. Singapur shahri yaqinida xalqaro aeroport bor. Tashqi savdosida qayta eksport qilish katta oʻrin olgan. Xorijiy sayyoxdik rivojlangan. Chetga mashina va asbobuskuna (tashkiliy texnika, teleradioapparatlar), neft mahsulotlari va boshqa chiqaradi. Chetdan turli xom ashyo, oziq ovqat keltiradi. AQSH, Malayziya, Yaponiya, Oʻzbekiston bilan savdo qiladi (2002-yilda Oʻzbekiston bilan tovar aylanmasi hajmi 13,6 mln. AQSH dollarini tashkil qildi). Pul birligi — Singapur dollari. Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy-maʼrifiy muassasalari va madaniyati. S.da davlatga karashli tibbiy muassasalar bilan birga xususiy shifoxonalar ham bor. Vrach va farmatsevtlar universitetning tibbiyot, stomatologiya va farmatsevtika ftlarida tayyorlanadi. 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarning oʻqishi majburiy. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 6 i., oʻrta maktabda 6 yil (3+3). Maktablarning bir qismi davlatga qarashli, qolgan qismi xususiy boʻlib, davlat oʻrta maktablarida pul toʻlab oʻqiladi. Dare, asosan, ingliz tilida olib boriladi, xitoy, malayya, tamil tillari ham oʻqitiladi. Turli kasblarni oʻrgatuvchi hunartexnika taʼlimi tizimi mavjud. 1980-yilda Nanyan va Singapur universitetlari negizida Milliy universitet tashkil etildi. Politexnika instituti, texnika va ped. kollejlari ham bor. Kutubxonalari: Milliy kutubxona, S. Milliy universiteti kutubxonasi, Texnika kolleji kutubxonasi; Milliy muzey (1848—49), Badiiy muzey va galereya (1955) mavjud. Ilmiy ishlar oliy oʻquv yurtlari huzuridagi jamiyatlarda, mintaqaviy ilmiy tadqiqot muassasalarida, Dengiz jonivorlari biol.sini oʻrganish markazida, Janubi-Sharqiy Osiyoni oʻrganish institutida olib boriladi. Singapur shahrida 19-asrga xos eklektika inshootlari koʻproq uchraydi. Uning yevropacha qismida zamonaviy meʼmorlik namunalari, Xitoy dahasida tor koʻchalar va kam qavatli uylar, Malayya dahasida qoziqlar ustiga oʻrnatilgan turar joy va machitlar bor. S. musiqiy madaniyatida malayyalarnnt anʼanaviy sanʼati (dondang sayeng ashula uslubi, jotet raqsi va boshqalar) bilan bir qatorda hind va xitoy qushiqraqs uslublari ham urf boʻlgan. 60 yillar oxiridan buyen sanʼat festivallari oʻtkazib kelinadi. Musiqa arboblari orasida — skripkachi va pedagog Go Sun Te, anʼanaviy musika kompozitorlari Navarro Xoo, Nikolas Sat, Toni Leong va boshqa bor.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
S.da bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Asospylari: "Berita harian" ("Kundalik yangiliklar", malayya tilidagi kundalik gazeta, 1957-yildan), "Biznes tayme" ("Ishbilarmonlar vaqti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1976-yildan), "Lyanxe van bao" ("Birlashgan kechki gazeta", xitoy tilidagi kechki kundalik gazeta, 1983-yildan), "Lyanxe szao bao" ("Birlashgan tonggi gazeta", xitoy tilidagi kundalik gazeta, 1983-yildan), "Singapur biznes" ("Singapur biznesi", ingliz tilidagi oylik jurnal, 1977-yildan). Milliy axborot agentligi yoʻq. "Singapur interneshnl media", S. radiosi (1936), S. televideniyesi (1963) kabi radio va telekoʻrsatuv hukumat xizmati mavjud.
Download 22,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish