427-mashq
.
O‘qing, bir tovushni ifodalagan harflar birikmalari qatnashgan
so‘zlarni ko‘chiring.
Toshkent – O‘zbekistondagi eng chiroyli va qadimiy shahar. U
o‘tmishda Shosh va Choch nomlari bilan atalgan. Uning yoshi ikki
ming yildan ham ortiq. Keyingi yillarda shahar chiroyiga chiroy
qo‘shilmoqda. Katta-kichik xiyobonlar, keng va ko‘rkam ko‘chalar
yanada obodonlashdi. Chet ellardan, dengiz orti mamlakatlaridan
ko‘plab mehmonlar kelmoqdalar. Ko‘chalar chetida chaman-chaman
bo‘lib ochilgan gullar yo‘lovchilar bahri-dilini ochadi.
(«Gulxan»)
Do'stlaringiz bilan baham: |