Gaplarni o‘qing, kirish so‘zlarni topib, ularni izohlang.
Xalqimizda «Kuch – bilimda!» degan gap bor.
Albatta, to‘g‘ri. Bilimsiz odam hech narsaga erisholmaydi, ak-
sincha, hayotda yutqazadi. Ayniqsa, hech narsa o‘qimaydigan, johil
kimsalar faqat bugunini o‘ylab, hayotdan orqada qoladi. Shu bois
bilim olishga astoydil kirishmoq darkor! Orzularga erishishning
yagona yo‘li – shu.
(Gazetadan)
*
187-mashq.
Quyidagilarni yodingizda tuting.
1. Albatta, shubhasiz, darhaqiqat – fikrning to‘g‘riligini bildiradi.
2. Ehtimol, balki, shekilli – gumonni anglatadi. 3. Xullas, demak –
yakuniy fikrni bildiradi. 4. Avvalo, birinchidan – tartibni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |