Yozuvda gap boshida kelsa, kirish so‘zdan so‘ng, o‘rtasida kelsa,
kirish so‘zning har ikki tomonidan, gap oxirida kelsa, kirish
so‘zdan oldin vergul qo‘yiladi.
185-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, kirish so‘zlarning turli o‘rinlarda kela-
yotganiga diqqat qiling. Ular gapning ma’nosiga ta’sir ko‘rsatadimi, yo‘qmi?
1. Mayli, qo‘shiq ayta qolinglar, – debdi Tulki.
(Ertakdan)
2. To‘g‘ri,
endi uni – o‘ng qo‘limni oz-oz ishlatyapman-u, ammo tuzukroq xat
yozishga yaramaydi.
(Hakim Nazir)
3. Bu ariqlarning suvlari allaqa-
chon, aniqrog‘i, bundan to‘rt yillarcha oldin qurib qolgandi.
(X.To‘x-
taboyev)
4. Bizni do‘stimiz sog‘insin, albatta.
(K. Turdiyeva)
186-mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |