ASOSIY ATAMALAR LUG‘ATI
Aniqlovchi
– hokim bo‘lakdan anglashilgan predmetning belgisini yoki
uning kimga qarashli ekanini bildiruvchi bo‘lak.
Buyruq gap
– buyurish, da’vat qilish mazmunini bildiruvchi gap.
Darak gap
– xabar, darak mazmunini bildiruvchi gap.
Dialog
– ikki kishi o‘rtasidagi suhbat.
Ega
– kesimga bog‘lanib,
kim? nima? qayer?
so‘roqlariga javob
bo‘luvchi bosh bo‘lak.
Fonetika
– nutqning tovush tizimini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi.
Gap
– ohang va fikr tugalligiga ega bo‘lib, kesimlik shakllari
orqali ifodalanuvchi so‘z yoki so‘zlar qo‘shilmasi.
Grafika
– yozma nutqning harflar tizimini o‘rganuvchi tilshu-noslik
bo‘limi.
Hol
– kesimga bog‘lanib, uning belgisini bildiruvchi bo‘lak.
Ibora
– ma’nosi bir so‘zga teng keladigan ko‘chma ma’nodagi
so‘zlar qo‘shilmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |