183-d a r s.
KASBIY ATAMALAR
1-topshiriq.
Quyida berilgan birikmalardan kasbiy atamalarni toping va
ularning qaysi kasbga oidligini aniqlang.
Chaplama qilib suvamoq, jiyak qadamoq, jo
‘
yakni katta olmoq, pushtani
keng tashlash.
2-topshiriq.
Xonadoningizning qaysi kasbga yaqinligiga qarab, shu
kasbga xos o‘nta atama yozing. Ularning ma’nosini tushuntiring.
Ma’lum kasb-hunar doirasida aniq bir ma’noni ifodalash
uchun qo‘llaniladigan so‘zlarga kasbiy atama deyiladi.
553-mashq.
Xalqimizga tegishli bo‘lgan kasb-korlar haqida bahs yuriting.
Matndan kasbiy atamalarni belgilang.
Paxtakorlik – bizga ota kasb. Shu bilan birga, biz qorako‘lchi va
pillachilar hammiz. Paxtamiz uchun yer, suv, agrotexnik mexanizmlar,
o‘g‘it va ishchi kadrlarimiz bor. Qorako‘lchilikka poyonsiz yaylov-
larimiz, ishbilarmon cho‘ponlarimiz, zootexniklarimiz, oziq-ovqati-
miz va dori-darmonlarimiz bor. Pillachilikda-chi?! (
G‘afur G‘ulom
)
554-mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |