lar bilan birikib, qanday ma’no anglatishini tushuntiring. Ular ishtirokida
gaplar tuzing.
Qattiq (yong‘oq, sovuq, uyqu), yumshoq (non, ovoz, tovush, suv),
olmoq (majburiyat, asir, ketmon), ochmoq (yo‘l, oyna, o‘t).
162–163-d a r s l a r da yozma ish va uning tahlili o‘tkaziladi.
164-d a r s.
SHAKLDOSH SO‘ZLAR
Topshiriq.
Quyida berilgan so‘zlarning atash ma’nolarini ayting va ularni
gap ichida keltiring.
Tut, yut, oq, yot, et, uch.
Aytilishi va yozilishi bir xil bo‘lib, turli atash ma’nolarini
bildirgan so‘zlarga shakldosh so‘zlar deyiladi.
Shakldosh so‘zlar bir qarashda ko‘p ma’noli so‘zlarga
o‘xshab ketadi. Ularni bir-biridan farqlash kerak. Ko‘p ma’noli
so‘zlar bir so‘zni o‘z va ko‘chma ma’nolarida qo‘llashdan hosil
bo‘ladi. Shakldosh so‘zlar esa shakli o‘xshash ikki va undan
ortiq so‘zlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |