*
428-mashq.
She’rdagi harflar birikmalari qatnashgan so‘zlarga diqqat
qiling. Ikkinchi misradagi
qoshingdan
so‘zini izohlang.
Jilmayadi o‘zida yo‘q shod,
Yangi oy ham ketmay qoshingdan.
Etak-etak olib koinot,
Yulduzlarni sochar boshingdan.
(E. Vohidov)
429-mashq.
Soch, och, shosh
so‘zlarining shakldoshlarini topib, ma’nosini
tushuntiring, ular ishtirokida gaplar tuzing.
Savol va topshiriqlar
1. Harflar nimaga nisbatan belgilanadi?
2. Bir tovushga bir harf to‘g‘ri keladigan holatlarni ayting.
3. Bir tovush ikki harf bilan ifodalanadigan holatlarni izohlang.
430-mashq.
Uyga topshiriq.
Dialogni diqqat bilan o‘qing, qaysi imlo
qoidasidan foydalanilayotganiga diqqat qiling.
– Menga qara, isming nima?
– Bilib turib nega so‘raysan? Otim Is’hoq.
– Nega unda Ishoq deb yozding?
– Nima? Shundoq yoziladi o‘zi: avval
I
, keyin
s
, keyin
h
, so‘ng
o
va
q
.
– Noto‘g‘ri yozyapsan, o‘qiganda Ishoq bo‘lib qolyapti-ku?
– Nima qilish kerak?
–
S
bilan
h
orasiga tutuq belgisini qo‘y. Shunda sen Ishoq emas,
Is’hoq bo‘lasan.
(I. To‘lakov)
?
153
Do'stlaringiz bilan baham: |