*
376-mashq.
Hikoyatni o‘qing
.
Nima sababdan oldingi zamonlarda yozuv
bo‘lmagan, deb o‘ylaysiz? To‘marisning donoligi nimada?
To‘maris huzuriga Eron shohi Kirdan elchilar keldi. U elchilarni
yaxshilab mehmon qilib, shohga «sovg‘a» berib yubordi.
Kir dasturxonni ochib ko‘rsa, uning ichida o‘q-yoy, sichqon, baliq
va qush jasadi bor ekan. Eroniylar bunga o‘zicha ta’rif berishdi:
– Massagetlar bizga taslim bo‘lishmoqchi, o‘q-yoy – bu bizning
timsolimiz, anovi narsalar esa yovvoyilardir, – deyishdi.
Shunda podshohning dono maslahatchilaridan biri «sovg‘a»ni
quyidagicha izohladi:
– Bular ogohlantirish. Ular: «Ey bosqinchilar, baliqdek suvga
sho‘ng‘ib, sichqondek yerga kirib, qushdek osmonga uchib, tezda
yurtimizdan yo‘qolmasalaring, bizning o‘q-yoylarimiz ostida halok
bo‘lasanlar!» – demoqchi.
Kir gapga quloq solmadi va oxiri sharmandalarcha yengildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |