122
343-mashq.
Uyga topshiriq.
Boshqotirmadagi bo‘sh kataklarni to‘ldirib,
yashiringan gapni toping, tovushlarga izoh bering.
107-d a r s.
UNLI TOVUSHLAR
1-topshiriq.
Quyidagi so‘zlarni bir-biridan farqlab turgan tovushlarni
aniqlang.
Bor, ber, bir, bur, bo
‘
r.
2-topshiriq.
A, o, e, o
‘
, u, n, q, p, m
tovushlarini talaffuz qiling. Bu
tovushlarning hosil bo‘lishidagi farqni tushuntiring.
Tovushlar o‘pkadan chiqayotgan havoning og‘iz bo‘shlig‘ida
to‘siqqa uchrashi yoki uchramasligiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi:
unli tovushlar va undosh tovushlar.
O‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida hech qan-
day to‘siqqa uchramay chiqishi natijasida hosil bo‘ladigan
tovushlarga unli tovushlar deyiladi.
Tilimizda oltita unli tovush bor:
a, o, e, o
‘
, u, i.
344-mashq.
Uch guruhga bo‘lining, birinchi guruh unlilarning so‘z
boshida, ikkinchi guruh so‘z o‘rtasida, uchinchi guruh so‘z oxirida keli-
shiga misollar keltirsin.
1-guruh
2-guruh
3-guruh
antiqa
basavlat
manba
345-mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: