294-mashq.
Ikki guruhga bo‘lining. Birinchi guruh
va, ammo, biroq
bog‘lovchilari yordamida gap tuzsin. Ikkinchi guruh esa gap ichida
chunki,
negaki
bog‘lovchilarini qo‘llasin. Qaysi guruh adashsa, yutqazgan sanaladi.
Gap tuzish galma-gal davom etadi.
Savol va topshiriqlar
1. Bog‘lovchi deb qanday yordamchi so‘zlarga aytiladi?
2.
Yo, yoki, biroq, dam..., dam
yordamchilari ishtirokida gap tuzing.
Ularning qanday vazifa bajarayotganini va ma’nolarini ayting.
295-mashq.
Uyga topshiriq.
«Yolg‘onchilikdan saqlaning!» mavzusida gaplar
tuzing. Unda bog‘lovchilardan foydalaning.
90-d a r s.
KO‘MAKCHILAR
1-topshiriq.
Uchun, tufayli, kabi
so‘zlari ishtirok etgan gap tuzing. Bu
so‘zlarning vazifasi va qanday ma’no ifodalayotganini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |