Hikoyatni o‘qing. Fe’llarni topib, ularni izohlang. Donish-
mandning gaplari bo‘yicha bahslashing.
Bir odam maslahat so‘rab donishmandning huzuriga boribdi.
– Ey ulug‘ zot, – debdi u. – Mening farzandlarim ko‘p. Nima
qilsam, ulardan mehr-oqibat, e’tibor ko‘raman?
Donishmand o‘ylab turib javob beribdi:
– Mehr ko‘ray desang, farzandlaring qalbiga mehrigiyo urug‘ini soch.
(Rivoyat)
266-mashq.
Nuqtalar o‘rniga gapning mazmunidan kelib chiqib, kerakli
fe’llarni qo‘ying.
Maktab o‘quvchisi qanday bo‘lishi lozimligini ... U bilimga
chanqoq, odobli, tarbiyali ... O‘zidan kattalarni ko‘rganda birinchi
bo‘lib salom ...
Savol va topshiriqlar
1. Fe’l deganda qanday so‘z turkumini tushunasiz?
2. Fe’l qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
3. Harakat va holat bildiruvchi fe’llarga misollar keltiring.
267-mashq.
Uyga topshiriq.
Do'stlaringiz bilan baham: |