Rang bildiruvchi sifatlar ishtirok etgan to‘rtta
gap tuzing. Ularning qanday gap bo‘lagi vazifasida kelganini ayting.
71-d a r s.
SIFAT DARAJALARI
1-topshiriq.
Baland, balandroq, juda baland
so‘zlari ishtirokida gap tuzing
va ularning ma’nolaridagi farqni tushuntiring.
Muayyan bir belgining ortiq-kamligi jihatidan farqlanishi
sifat darajasi deyiladi.
Sifatlarda to‘rtta daraja bor: oddiy daraja, qiyosiy daraja,
orttirma daraja, ozaytirma daraja.
Narsalar orasidagi belgi o‘zaro taqqoslanmasa, oddiy
daraja deyiladi. M a s a l a n:
yuksak, uzun, hushyor, kalta.
Bir narsadagi belgining boshqalariga nisbatan ortiq yoki
kamligi qiyosiy daraja deyiladi. Qiyosiy daraja oddiy dara-
jadagi sifatga
-roq
qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil bo‘-
Do'stlaringiz bilan baham: |