“Qadimgi Yunoniston madanyati” mavzusida bir soatlik
DARS ISHLANMASI
Mavzu: Qadimgi Yunoniston madanyati
Fan:Tarix
Sinfi: 6
Mavzu: “Qadimgi Yunoniston madanyati ”
Darsning maqsadi:
Ta`limiy maqsad:- o`quvchilarga qadimgi Yunoniston madanyati haqida ma`lumot berish;
Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilarni ma`naviy dunyosini boyitish,qadimgi Yunoniston ta`lim-tarbiya jarayoni misolida, bugungi ta`lim jarayonini farqlarini aytib,ularni o`z yurti bilan faxrlanish hislarini uyg`otish;
Rivojlantiruvchi maqsad: -oquvchilarni dunyoqarashini, nutqini va fikrlash qobilyatini shakllantirish,bugungi kun bilan o`tmishni taqqoslay olish ko`nikmasini shakllantirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Darsda foydalanadigan metodlar: Interfaol ”Rasmlarda aks etgan tarix”, ”Jadval texnologiyasi ”, ”Tushunchalar tahlili”.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, ko`rgazmalar, rasmlar, kompyuter, interaktiv doska, slayd,topshiriqlar kitobchasi.
Darsda vaqt taqsimoti:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism.
O`quvchilar bilan salomlashiladi, sinf tozaligi kuzatiladi, davomat aniqlanadi, darsga kerakli jihozlar tartibga solinadi.
O`qituvchi bu oy qaysi fan oyligi ekanligini so`raydi. O`quvchilar javob beradilar va o`qituvchi to`ldirib boradi.
1-yanvar yangi yil bayrami 14-yanvar vatan himoyachilari kuni
30-yanvar Prezidentimiz I.A.Karimov tavallud topgan kun.
1992-yil 2-yanvarda O`zbekiston va Xitoy Xalq respublikasi bilan diplomatik aloqa o’rnatilgan.
1643-yil 4-yanvar ingliz olimi Isaak Nyuton tug’ilgan.
1412-yil 6-yanvar Janna D’ark Fransiyaning Domremi shahrida tug’ilgan.
1863-yil 10-yanvar Londonda 1-metro ochilgan
Shundan keyin o`qituvchi yurtimizda va jahonda bo`layotgan yangiliklar bilan tanishtiradi.
O`qituvchi bugungi darsda “juftliklar ishlashi” lozimligini aytadi.Dars yakunida juftliklar naminatsiyalar bilan baholanadi.O`qituvchi har bir juftlikka “topshiriqlar kitobchasi ” tarqatadi.(o`qituvchi topshiriq bergan paytda ishlaydilar)
II.O`tilgan mavzuni takrorlash:
6-sinf darsligida biz qaysi davrni o`rganyapmiz? O`quvchilar javob beradilar, faol o`quvchilar va juftliklar rag`batlantirib boriladi.
1 -topshiriq:
________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Juftliklar rasmli topshiriqni kitobchaga ishlashadi.Ya`ni rasmlarga qarab ta`rif berishadi. Juftliklar yozgan javoblarini o`qiydilar va faol o`quvchilar baholanadi.
O`quvchilardan hozirgi kunda qaysi davlatni tarixini o`rganyapmiz ? – degan savol beriladi. O`quvchilar javob beradilar. Qadimgi Yunoniston mavzusi ekanligi aytiladi. Kim xaritadan Yunonistonni (Gretsiya) va poytaxtini ko`rsatadi? O`quchilar doskaga chiqib xarita bilan ishlaydilar.
O`tgan mavzular bo`yicha 2-topshiriq beriladi, juftliklar ishlaydilar.
2-topshiriq: Rasmlarni izohlang
______________________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________________
Juftliklar rasmlarga sharx beradilar.Faol juftliklar aniqlanib boriladi .
O`tilgan mavzuni mustahkamlashda faol qatnashgan juftliklar rag`batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |