Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasining zaruriyati. O‘zbekiston Respublikasining istiqlolga eri- shuvi hamda o‘z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘liga ega bo‘lishi xalq xo‘jaligining turli sohalarida, jumladan, xalq ta’limi tizimida ham o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Hozirgi paytda fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarur. Ayniqsa, o‘smirlar orasida axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish muhimdir. Zero, axloq yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham axloqiy tarbiya shaxsning har tomonlama va erkin shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi.
Maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tarbiyachilari (o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, bolalar yetakchilari va boshqalar) jamoasi oldida o‘quvchilarga umuminsoniy axloq
qoidalari asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa turadi. Fanni o‘rganishga muhabbat uyg‘otish, bilimga tashnalik fazilatlari axloqiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismidir. Bolalar- ning o‘qishdagi muvaffaqiyatidan uning guruhdagi o‘rni aniq- lanadi, atrofdagilarning u bilan munosabati belgilanadi, o‘qish- dagi muvaffaqiyat bolaning axloqiy tarbiyasini yuqori darajaga ko‘taradi.
O‘quvchilar qalbida yuksak ma’naviyatlilikni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosligini tushuntirish zarur. Kitob yoshlar uchun hayot maktabidir. Bilim manbayi bo‘lgan kitobni sevish, uni o‘qish va ko‘z qorachig‘idek saqlay bilish, o‘qish uchun uni tanlay olish va o‘qish madaniyatini bilish kerak. Bu ishda ustoz-u murabbiylar va kutubxona xodimlari yordam berishlari lozim.
2.
Sinf rahbarining tashkilotchilik qobiliyati. Tashkilotchilik qo- biliyati — bu shaxs individual xususiyatlarining shunday biriku- viki, kishiga u yoki bu ishni tez, ishonchli, o‘ziga ishongan holda tashkil etishga imkon beradi. Tashkilotchining umumiy shaxsiy sifatlariga quyidagilar kiradi:
Chuqur bilimga egalik — talab etilayotgan ishni tashkil etishni bilish;
Faollik — amaliy vazifalarni bajarishda g`ayrat-shijoat bilan harakat qila olish;
Tashabbuskorlik — alohida ijodiy faollik ko‘rsatish, g‘oya va takliflar kiritish;
Kirishimlilik — o‘zgalarga oshkoralik, muloqotga tayyor- lik, kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyoji;
Ziyraklik — hodisalarning mohiyatiga qadar yetish qobiliyati, ularning sabab va oqibatlarini ko‘ra olish, asosiysini belgilash;
Qat’iyat — iroda kuchi, tirishqoqlik ko‘rsatish, ishni oxiri- ga yetkazish mahorati;
O‘zini tuta bilish — murakkab vaziyatlarda o‘z hissiyotini, o‘z xulqini nazorat qila olish qobiliyati;
Ishchanlik — chidamlilik, jiddiy ishlarni bajarish qobili- yati, uzoq muddat charchamaslik;
Ko‘zatuvchanlik — ko‘ra olish mahorati, yo‘l-yo‘lakay diq- qatga sazovor joylarini belgilash, xotirada tafsilotlarni saq- lay olish;Mustaqillik — mustaqil hal etish, vazifani o‘zi tomonidan bajarish yo‘llarini topish mahorati, javobgarlikni o‘z us- tiga ola bilish;
Hamjihatlik (uyushqoqlik) — o‘zini ishning zarur tartibiga bo‘ysundira olish qobiliyati, o‘z faoliyatini rejalashtirish, izchillik, ixchamlikni namoyon etish.
Tashkilotchilikning o‘ziga xos xususiyatlari:
Tashkilotchilik — boshqa kishini tushunish qobiliyati, buning uchun go‘yo uning ichki dunyosiga kira olish, uning kayfiyati va ruhiy holatini sezgirlik bilan angay olishi.
Faol ruhiy ta’sir etish qobiliyati — boshqa kishilarga istehzoli kulgidan qat’iy buyruqqacha bo‘lgan vositalardan foydalangan holda ta’sir ko‘rsata olish.
Tashkilotchilik ishlariga bo‘lgan qobiliyat — bu o‘z ustiga ixtiyoriy ravishda tashkilotchilik majburiyatlarini yuklash bo‘lib, atrofni o‘rab turganlarning ixtiyoridan qat’i nazar, tashkilotchi- lik ishlariga mustaqil kirisha olish.
Tashkilotchi shaxsining yo ‘nalganligi — bu tashkilotchining axloqiy qiyofasi, uning fuqarolik yetukligi, g‘oyaviy e’tiqodi.
Tashkilotchining individualligi. Tashkilotchilarning (shartli ravishda) „tashkilotchi-san’atkorlar“, „tashkilotchi-mutafakkirlar“, „tashkilotchi-amaliyotchilar“ tiplari mavjud.
„Tashkilotchi-san’atkorlar“ boshqalarga jo‘shqin nutqi va imo-ishoralar, „qalb harorati“, istiqbol yutuqlarining obrazli suratlari bilan ta’sir ko‘rsatadi. Unda orzular, xayollar, hissiy ko‘tarinkilik nihoyatda ko‘p.
„Tashkilotchi-mutafakkirlar“ isbot etish mantiqiga, tafakkurdagi izchilikka tayangan holda harakat qiladilar, ishdagi qonuniyatlarni topishga intiladilar. Hodisaning tashqi tomoni ikkinchi darajaga surib qo‘yiladi. Muhimi — mazmun, maqsadga muvofiqlik topish, ishning oqilona mohiyatini ko‘ra olish.
„Tashkilotchi-amaliyotchilar“ o‘zlarining namunalari bilan ishtiyoq uyg‘otishga, qanday ishlashni isbotlash va gapirishdan ko‘ra, uni amalda ko‘rsatishga intiladilar. Ularni amaliy tirish- qoqlik, asoslilik ko‘proq xarakterlaydi.
Sinf rahbarining ish faoliyati:
Do'stlaringiz bilan baham: |