Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda o’quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish



Download 141,5 Kb.
Sana12.03.2020
Hajmi141,5 Kb.
#42197
Bog'liq
7 (1)

Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda o’quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish

Reja:



  1. Sindan tashqari tarbiyaviy ishlarda ekologik ta'lim-tarbiyannig mohiyati.

  2. Ekologik tarbiyaning maqsadi va vazifalari.

  3. Ekologik ta'lim-tarbiyaning yunalishlari.

  4. Ekologik ta'lim-tarbiyani o'quv muaassalarida olib borish.

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishda milliy umuminsoniy qadriyatlar Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini e’tiborga olib ta’lim-tarbiya mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib boorish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bunga xalq og’zaki ijodi, pedogogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar pedagog va olimlarning tarbiyaga axloq-odobga doir g’oyalarini o’rgatib komil insonni ishlari amalga oshmoqda.”Kelajak bugundan boshlanadi”-deydi dono xalqimiz. Yosh avlodni kelgusi hayoti uni inson qilib ko’rsatuvchi ruhiy va ma’naviy jarayonning mezonini belgilaydi. Bu borada ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish ta’limni ilg’or tajribalar asosida boyitib borish, yangi pedagogic tajribalar asosida olib boorish ayniqsa muhimdir.Xalq musiqasi og’zaki ijodiyoti, an’analari,urf-odatlari asosida barkamol avlodni voyaga yetkazish ularni ko’proq o’z millatini sevishga g’ururlanishga shorqano g’oya va ta’limotlarni o’rganib ularni kelajakka tadbiq etishga zamin yaratiladi.Mustaqil Respublikamizda milliy madaniyatimizni o’ziga xosligini tiklash, umumta’lim maktablarida o’quvchilarni badiiy, axloqiy tarbiyalash va kamol toptirish hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biridir. Ma’naviy yetuk millat qadriyatlarini to’g’ri baholashga va uni yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Demak, jamiyat ma’naviyatining o’sishi qadriyatlardan keng foydalanish uchun shart-sharoitlarni yaratib,qadriyatlarni yanada rivojlantirishga zamin hozirlaydi. Qadriyatlar ta’rifidan kelib chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni quyidagicha ta’riflash mumkin. Umuminsoniy qadriyatlar-millat uchun muhim axamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq holdagi qadriyat shaklidir. Umuminsoniy qadriyatlar millatning tarixini yashash tarsi, ma’naviyati, madaniyati orqali namoyon bo’ladi. Ta’lim jarayonida umuminsoniy qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy hodisani ifodalaydi. Ma’naviyat milliy urf-odatlar, tarbiya an’analari, axloq-odob aqidalari, e’tiqod, madaniy-ma’rifiy jarayonlar majmuasidir. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuchdir” deydi yurtboshimiz I. A. Karimov o’z asarlarida. Bu fikrlarini o‘rganish shu bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridandir.

Kurs ishi mavzusining maqsadi. Ma’naviy qadriyatlar-bu falsafiy va ijtimoiy tushunchalar bo’lib, insonni o’rab olgan atrof-muhitni amaliy jihatdan o’zlashtirish natijasida vujudga keladi. Ta’lim tarbiya jarayonida ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy tarixiy hodisani ifodalaydi. Umuman xulosa qilib aytganda bugungi yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashdan maqsad, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bilan birga jamiyatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy salohiyatini ko’tarishga xizmat qiladi.

O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi ta’lim va tarbiyani milliy shakllantirishga va rivojlantirishga keng yo’l ochib berdi. Milliy tarbiya nazariyasi o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, adabiyot, etika, estetika, pedagogika, psixologiya kabi fanlardan foydalanadi. Milliy tarbiya hayotning moxiyati ichki aloqa va munosabatlarini aks ettiradi.Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo’lgan yoshlar emas, ijodkor, iste’dodi bilan ajralib turuvchi o’quvchilarni tarbiyalash zamon talabidir.

Maktabda ta’lim olish davrida milliy tarbiya o’quvchilarni turli qobilyatlarini rivojlantiradi. Tabiatga, jamiyatga qarash tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch quvvatlari yanada mustahkamlanadi. Jamiyatiga katta e’tibor bergan O’rta Osiyolik mashhur musiqachilar orasidagi bolaning yoshi ulg’aygan sari bu faoliyat tobora ko’proq mustaqil xususiyatga ega bo’lib boraveradi. Tabiat va jamiyat turmushda uchraydigan hodisa va sharoitlarni tushunishga ham idrok etib o’z atrofidagilarga munosabatda bo’lishiga ko’nikib boradi


Sindan tashqari tarbiyaviy ekologik ta'lim-tarbiyannig mohiyati.

O'zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan chiqarilgan ko'p qarorlarda tabiat muhofazasiga oid ishlarni kengaytirish va takomillashtirish hamda bu soha bo'yicha mutaxassislarni fan-texnika taraqqiyoti talabiga javob beradigan darajada tayyorlash ko'zda tutiladi. Bu muammolarning hal bo'lish mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yangi bosqichga ko'tarishda koinotning bir qismi bo'lmish ona tabiatimizni saqlash, uning tabiiy boyliklaridan rejali va tejamkorlik bilan foydalanish, tirik jonzotlar; shu jumladan, inson uchun toza havo, suv va tuproq, o'simlik va hayvonlarning yashash muhitini saqlashda kerak.

Mamlakatimizda fan-texnika, ishlab chiqarishda moddiy va ma'naviy kuchlarning rivojlanishi uchun ma'lumotli ekolog tarbiyachilar, ekolog-pedagoglar, ekolog-texnologlar, ekolog-injener, ekolog-instruktorlarning bo'lishi hozirgi zamon talabi bo'lib qoldi.

Xalq xo'jaligining turli sohalari o'yicha ma'lumotli, tajribali ekolog-agroximik, ekolog-entomolog, ekolog-agrobiologlar kerak bo'lib, ular ish jarayonida kelib chiqadigan har xil muammolarni echish borasida ekologik chora-tadbirlarni qo'llab, atrof muhit muhofazasiga oid ekologik ta'lim-tarbiya oila, bog'chalar, maktablar, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari, turli korxonlar, tashkilotlarda uzluksiz olib borilishi kerak. Natijada o'rta va oliy ma'lumotli mutaxassislar bilan hamjihatlikda qishloq xo'jalik, turli yo'nalishdagi og'ir va engil sanoat korxonalari, transport xo'jaliklarida ekologik tozalikka rioya qilgan holda ish olib boradilar.

Kelajakda etishib chiqadigan turli sohadagi ekologlar zamonaviy fanlardan ma'lumot oladilar, fan-texnika yutuqlari bilan tanishadilar. Bog'cha, maktab, korxonalarda ishlab chiqarish tajribasini o'tib, o'zlarining amaliy qobiliyatlarini oshiradilar. Yuqori darajali yosh mutaxassislar bo'lib, tabiat va jamiyat qonunlarini mukammal o'rganib, atrof muhit muhofazasini ijobiy hal etadilar.

Ekologik ta'lim-tarbiyaning nazariy asosi – atrof muhit muhofazasiga oid ta'limni bog'cha, maktab, katta-kichik o'quv yurtlari, oliy o'quv yurtlarida ma'lum o'quv reja va dasturlari asosida olib borish hamda malakali mutaxassislar tayyorlashdan iborat. Yig'ilgan tajribalar umumlashtirilib, bir pedagogik shaklda keltirilib, o'quv dasturi, darsliklar tuziladi.

2. Ekologik tarbiyaning maqsadi va vazifalari. Ekologik ta'lim-tarbiyaning asosiy vazifa va maqsadlari insonni tabiat bilan va unda sodir bo'layotgan voqeliklar bilan qiziqtirish, inson, tabiat o'rtasidagi muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash, echish yo'llari, chora-tadbirlarini topish yetarli ekologik bilimlarga ega bo'lgan holda atrof muhit muhofazasini amalga oshirishdir. Ekologik ta'lim tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:


  1. jamiyat va tabiatning rivojlanish qonunlari; ular o'rtasidagi munosabatlarni chuqur o'rgatish va zamonaviy fikrlay oladigan shaxsni tayyorlash;

  2. ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirish va ishlab chiqarish kuchlarini yo'naltirishda turli tabiiy hududlarning ekologik holatini biladigan va kelajakning ekologik rejasini tuzadigan avlodni tayyorlash;

  3. har bir inson, jamiyat va jamiyat ichidagi turli guruhlar, toifalar, sinflarning o'zlari yashab turgan tabiat, uning boyliklarni saqlashga xizmat qiladigan yoshlarni etishtirish;

  4. jamiyat a'zolariga o'zlarining ijtimoiy, madaniy, diniy qarashlari va urf-odatlarini rivojlantirishda yashab turgan joy, vodiy, adirlar, tog'larning go'zalligi, ularning inson xayoti va saloamatligidagi ahamiyatini tushuntirish ishlarini olib borish.

Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda bog'cha tarbiyachilari, maktab va o'quv yutrlari o'quvchilari, turli o'yinlar, kinotfilmlar orqali tabiiy va ijtimoiy fanlarni o'tishda o'zlari yashab turgan joydagi tabiiy voqelik va ekologik holatlarga bog'lab, ta'lim-tarbiya ishlarini olib borishi xamda darslar o'tishi kerak.

Shunday ishlar amalga oshirilganda har bog'cha bolasi, maktab o'quvchisi va talabalar o'simlikning qurishi, qushning ucholmasligi, adir yoki to'qayning yonishi, suvning befoyda oqishiga befarq bo'lmaydi. Tabiat, uning jonzotlariga, o'zi ichadigan suvga nisbatan joni achiydi, ahvolni yaxshilash uchun ichki intilish tuyg'usi vujudga keladi. Bu esa insondagi yangi biologik kuchdir. Uning yangi aql-zakovatining inqilobi, ekologik ta'lim-tarbiyaning g'alabasi bo'ladi.

Ekologik ta'lim asosida inson, jamiyat a'zolarini tabiat va uning boyliklarini saqlash, tejamkorlik bilan foydalanishda to'g'ri va oqilona yo'l tutishi, amaliy ishlarni muhit muammolarini echishga bag'ishlashi, shaxsning ekologik ta'limoti, tarbiyasi va madaniyatiga befarqdir.

3. Ekologik ta'lim-tarbiyaning yunalishlari. Ekologiyaning ta'lim-tarbiyaning asosiy yo'nalishlaridan biri jumhuriyatimizda tabiatni saqlash, uning turli boyliklaridan tejamkorlik bilan foydalanish borasida uzluksiz ekologik ta'limni tashkil qilish va shu sohaga oid umumiy ta'limni bog'chadan tortib turli korxonalarning xizmatchilari, rahbarlari orasida olib borishdan iborat.

Бунинг учун қуйидаги ишларни амалга ошириш шарт:



  1. Tabiat muhofazasiga oid ekologik ta'lim-tarbiyani kuchaytirish va to'g'ri yo'lga qo'yish uchun pedagogik tajribalar, kuzatishlar olib borish bilan bir qatorda o'quv darsliklarini yaratish, etarli darajadagi yuqori ma'lumotli mutaxasislar tayyorlash shart;

  2. Ekologik ta'lim-tarbiyani hamma joyda aholining turli guruhlari o'rtasida uzluksiz olib borish, o'quvchilarga tabiatga mehr-muhabbat uyg'otish, ularning malakalarini oshirish, tabiiy boyliklarni saqlash, tejash borasida yoshlarni ekologik iqtisodchi qilib yetishtirish kerak;

  3. Voqelikni o'rganish, muhitni muhofaza qilish borasida bog'cha, maktab bolalaridan toritib, yuqori yoshdagi rahbarlarda ekologik ta'lim-tarbiyaga nisbatan chidam, bartosh, toqat ko'nikmalar hosil qilib, ularga atrof-muhitga oid ta'lim beradigan qisqa va ko'p yillik kurslarni tashkil qilish shart;

  4. Ekologik ta'lim-tarbiya olgan kishilar o'zlari yashab turgan joylarning ekologik holatidan xabardor bo'lishlari, yoshlarga o'rgatishlari, tabiatda biror-bir ekologik o'zgarish sodir bo'lsa, kerakli tashkilotlarga xabar berish yo'llarini bilishlari kerak.

4. Ekologik ta'lim-tarbiyani o'quv muaassalarida olib borish. Ekologik ta'lim-tarbiyani bog'chalar va maktablarda olib borish yo'llari. Tabiat, uning go'zalligi va tabiiy boyliklarni saqlash borasidagi ishlarni oila, bog'cha bolalari va maktab o'quvchilari orasida olib borishdan boshlab, yosh va o'sib kelayotgan avlodni atrof muhit, undagi o'simlik, hayvon, suv va tuproqqa mehr-shafqatli, ularni asraydigan, boyitadigan jonkuyar qilib tarbiyalash kerak.

  1. Shu maqsadlarga erishish uchun bog'cha bolalarini maxsus «Ekologik ta'lim-tarbiya metodikasi», «Tabiat bilan tanishish» kabi dasturlar asosida tarbiyalash hamda turli o'yinlar vositasi bilan tabiatga oid ekologik ta'lim elementlarini bolalar ongiga singdirish kerak;

  2. Bolalarda tabiatga nisbatan mehr-muxabbat uyg'otish borasida olib boriladigan ishlar maxsus metodik qo'llanmalar, tavsiyalar, «Atrofimizdagi olam», «Atrofimizdagi tabiat», «Tabiatshunoslik» kabi o'quv-o'yin materiallari asosida oddiy, sodda va tushunarli formalarda olib borilishi kerak;

  3. Bolalarga atrof muhit borasida ekologik ta'lim-tarbiya beradigan tarbiyachi va metodistlarning o'zlari maxsus kurslarni tamomlagan, tajribali mutaxasislar bo'lishlari shart;

  4. «Ekologik ta'lim va tabiya uslubi» dasturi asosida tarbiyachilarni qayta tayyorlash kurslari, leksiyalar, tajriba almashish seminarlari tashkil qilib, xizmatchilarning bilim va saviyalari, ishlash qobiliyatlarini oshirish kerak;

  5. Maktablarda «Atrofimizdagi olam», «Tabiatshunoslik» o'quv kitoblari asosida «atrof muhit», «tabiat», «atrof muhit muhofazasi», «ekologiya», «ekologiya ziddiyatlari» kabi tushunchalar botanika, zoologiya, adabiyot, kimyo, fizika va ayniqsa, «Umumiy biologiya» fanlarini o'tishda alohida o'rin olishi kerak;

  6. Maktab o'quvchilarini tabiat, agrotsenozlarga, ekskurssiyalarga olib chiqishda atrof muhit holati, uning muxofazasi alohida o'rin olishi, o'quvchilar shu ekskursiya davomida o'zlari yashayotgan joyning tabiati, uning ekologik holati, unga ta'sir qilayotgan salbiy va ijobiy omillar, tabiat boyliklarini saqlash va boyitish borasida chora-tadbirlar ko'ra bilish bo'yicha bilim, ko'nikmalar va fikrlash qobiliyatiga ega bo'lib, ekskursiyadan qaytishlari kerak;

  7. Maktab va litsey o'quvchilari «yosh tabiatshunoslar», «Yashil patrullar» «Jonivorlarni asrovchi jonkuyarlar», «Ona-er patrullari», «Toza havo», «Moviy suv» patrullari, sog'lomlashtirish lanerida tuzilgan «Tabiat va fantaziya», «Yosh fenologlar», «Tabiatni muhofaza qilish» kabi to'garaklarda maxsus tayyorlagan «Yosh ekologlar», «Tabiatni muxofaza qilish» kabi to'garaklarni maxsus tayyorlagan «Yosh ekologlar» o'quv dasturi asosida atrof muhit muammolarini har tomonlama o'rganib borishlari kerak;

XXI - asr ekologiya asri bo'lishi shubhasizdir. Har bir inson ona sayyoramiz tabiatiga ziyon etkazmasdan o'zgartirish, tabiiy boyliklaridan okilona foydalanish va yashash muhitini saqlashdek muqaddas ishga o'zining munosib hissasini qo'shishi lozimdir.

XX asr oxirida insoniyatning biosferadagi jarayonlarga ta'siri o'zining yuqori bosqichiga etdi. Hozirgi avlod ko'z o'ngida mahalliy va mintaqaviy ekologik inqiroz vaziyatlari kuzatilmoqda. Bunday murakkab davrda ekologiyaning ilmiy-nazariy, amaliy, ta'limiy, madaniy ahamiyatlari tobora ortib bormoqda. Atrof muhit holatini baholash, zarur tadbirlarning o'z vaqtida o'tkazilishini ta'minlash ekologik bilimlarning rivojlanganlik darajasi bilan bevosita bog'liqdir.

Tabiat inson uchun yagona makon, u insonlarni turli oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, uy-joy, zilol suv, toza havo, ona tuproq, kislorodni beminnat ishlab chiqaruvchi o'simliklar oilasi Bilan ta'minlaydi. Inson tabiat qo'ynida tug'iladi, yashaydi, uning barcha ehsonlaridan kerklicha foydalanadi. Shunday ekan, har bir inson tabiiy muhitga mehr-shavqatli bo'lishi, uning barcha boyliklaridan ehtiyojga yarasha ishlatishni amalga oshirishi, tabiatning turli chiqindilar bilan ifloslanishining oldini olish, nomatlub hodisalarning vujudga kelishini oldindan aniqlashi zarur.

Kishilarning tabiatga nisbatan turli munosabatlarda bo'lishlarining asil sababi ekologik ongning etishmasligidir. Kishilarning joylarda tabiat qonuniyatlariga zid keladigan amaliy ishlarni bajarayotganlarida befarq bo'lishlari, atrof muhitning ifloslanishini yanada kuchaytirmoqda.

Aholining ekologik ongi tabiat muhofazasini muntazam amalga oshirishda asosiy omil hisoblanadi, uning har doim ham yuqori bo'lishiga, vaqt-vaqti bilan takomillashtirib turishiga erishish zarur. Aholining barcha tabaqalari atrof muhitga nisbatan yakdil ijobiy fikrda bo'lishlari, unga zahmat keltirmaslik ruhida tarbiyalanishlari kerak. Har bir kishida “tabiat – bu men va sen, biz yashaydigan makon, tabiat butun er kurrasi aholisi yashaydigan yagona makon” degan tushunchalar shakllanishi darkor.

Aholining ekologik ongi va madaniyatini tarbiyalash uzluksiz bo'lishi zarurligi to'g'risidagi fikr ilgaridan ma'lum. Inson tug'ilganidan tortib to umrining so'nggi kunigacha ta'lim-tarbiyadan saboq olar ekan, ushbu tarbiyaning muayyan qismini tabiatga nisbatan g'amxo'r, fidoiy, mehr-muhabbatli bo'lish haqidagi tarbiya tashkil etadi.

Bola 3-6 yoshlarida bog'chada tarbiyalanar ekan bu muddat atrof muhitga nisbatan munosabatlarning shakllanishida asosiy poydevor vazifasini o'taydi. Bu yoshda bolalar har bir narsaga qiziquvchan bo'ladi. Bog'cha opalar har bir bolaga atrofida ko'rinib turgan tabiat hodisalari, mevali va mevasiz daraxtlar, gullar haqida birlamchi, shu bilan birga ilmiyroq bilimlarni sodda tarzda tushuntirishga harakat qilishi lozim.

Bog'cha bolalari albomlar va rangli kitoblar orqali yovvoyi hayvonlar, uy hayvonlari haqida birlamchi bilimlarni olishi va ularning farqlarini bilishlari zarur. Ularga “gunoh” so'zining ma'nosini izohlashlari maqsadga muvofiq, chunki bolalarga shu yoshdan boshlab nima qilsa gunoh bo'ladi, nima qilsa savob bo'ladi degan iboralarni tushuntira boshlash ijobiy natija beradi.

Ekologik ta'lim-tarbiya quyidagi asosiy bo'limlarni o'z ichiga oladi:

1. Talaba va o'quvchilarni tabiat go'zalliklarini sevish, ulardan estetik zavq olish ruhida tarbiyalash.

2. Jonli va jonsiz tabiatning rivojlanish qonuniyatlari, tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi murakkab o'zaro munosabatlar, shuningdek inson xo'jalik faoliyatining tabiatga ta'siri oqibatlari haqida bilim berish.

3. Talaba va o'quvchilarda ekologik madaniyatni tarbiyalash. Tabiatni sevish, undan to'g'ri va ongli ravishda foydala bilishni shakllantirsh, ekologik tarbiya va madaniyatning asosi bo'lib, kishilarda tabiat oldida mas'uliyatni anglash malakasini hosil kiladi. Vatanni sevish, vatanparvarlik tabiatni sevishdan boshlanadi. Binobarin, o'quvchilarda tabiatga nisbatan haqiqiy muhabbat tuyg'usini hosil qilmay turib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mumkin emas. Insonning tabiat quchog'ida bo'lishi uchun ruhan tetiklashtirib, uning mehnat qobiliyatini va ijodiy faoliyatini oshiradi. Ekologik tarbiya quyidagi masalalarni o'z ichiga oladi:

a) kishilarga maxsus ekologik bilim va tarbiyani berib, ularda bu sohada muayyan malaka hosil qilish;

b) ekologik o'zgarishlarni oldindan ko'ra bilishni tarbiyalash;

v) ekologik madaniyatni singdirish va tarbiyalash;

g) kishilarni tabiat “in'omlari”dan to'g'ri foydalanish ruhida tarbiyalash.

Ekologik tarbiya – axlokiy tarbiyaning ajralmas qismidir. Kishilarda ekologik ong va tafakkurni, ekologik dunyoqarashni hosil qilish tabiatni dialektik tushunishga yordam beradi. Hamma bosqichlarda ekologik ta'lim-tarbiyani talab etilgan darajada amalga oshirish uchun bu vazifaning muhimligini va mas'uliyatini yaxshi bilgan yoshlarni tayyorlash zarur.

Ekologik tarbiyaning maktab bosqichi o'ta muhim davr hisoblanadi. Professor E.O.Turdiqulov (1993) o'rta maktabda ekologik ta'lim-tarbiyani sinflarga qarab, quyidagicha taqsimlashni taklif qiladi.

I-III, IV-V, VI, VII-IX, X-XI sinflar, 1-3 sinflarda o'quvchilarda bog'chada boshlangan ekologik tarbiya bilimlari rivojlantiriladi. 4-5 sinflarda tabiiyot darslarida o'quvchilarga ekologik bilimlar beriladi. Boshqacha kilib aytilganda maktab dasturiga mos keluvchi ekologik ta'lim va tarbiyaning boshlanishi amalga oshiriladi. Sinfda o'quvchilar “Tabiiyot” darsidan saboq oladilar. Bu borada biologiya, geografiya, fizika, kimyo fanlarining eng elementar bilimlari o'quvchilarga etkaziladi. Bu sinfda o'quvchi tabiat to'g'risida to'liqroq bilimlarga ega bo'la boshlaydi. Shuni hisobga olib, tabiat boyliklaridan foydalanish qoidalari haqida eng oddiy bilimlar va tarbiya tizimi ularga etkazilishi lozim.

6-sinf o'quvchisi insonning tabiatga etkazayotgan ijobiy va salbiy ta'sirlarini o'zicha mulohaza qila oladigan, ko'z oldiga keltira oladigan atrof muhitda inson ta'sirida bo'layotgan turli o'zgarishlarni idrok qila oladigan darajaga etadi. “Tabiiy geografiya va materiklar geografiyasi” kursi o'qitilishi o'quvchini dunyo miqyosida fikr yuritishga undaydi.

7-8 sinflarda o'quvchilar “Turkiston tabiiy geografiyasi”, “O'zbekiston tabiiy geografiyasi”, “O'zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”, “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” kabi kurslarni o'qiydilar. Shuningdek, biologiya, fizika, kimyo va boshka fanlar buyicha xam sabok oladilar. Binobarin, o'quvchilarga ekologik ta'lim berish fanlararo bog'lanish asosida rivojlantiriladi.

10-11 sinflarda o'quvchilar ekologiyadan fakultativ va integrallashgan yo'nalishlar bo'yicha ta'lim olishlari lozim. Bu sinflarda maxsus ekologik fanlarning ham o'qitilishi maktab ma'muriyatiga bog'liq. O'quvchilar tabiat muhofazasi, ekologik vaziyatlar va ularning jiddiylashuvi bo'yicha sayyoraviy, ayrim hududlar va mahalliy miqyosdagi ekologik muammolar bilan tanishadilar va ularning echimi haqida to'liqroq ma'lumotlarga ega bo'ladilar. Tabiat bilan inson o'rtasidagi munosabatlarning jiddiylashuvi natijasida kelib chiqqan nomatlub hodisalarning okibatlarini hal kilishning amaliy asoslari bilan tanishadilar.

Shuningdek, kollej va liseylar, oliy o'quv yurtlarida tabiat muhofazasi va ekologiya muammolari kursini o'qitishga alohida ahamiyat berish hozirgi kunning eng dolzarb masalasidir. Tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi munosabatlar tobora murakkablashib borayotgan hozirgi paytda mazkur muammoga to'g'ri tushunib etadigan kelajak mutaxassislarini, ya'ni etuk ekolog-iqtisodchilar, ekolog-muhandislar, ekolog-geograflar, ekolog-kimyogarlar, ekolog-tibbiyotchilar, ekolog-olimlar kabi Fan va tabiat fidoiylarini tayyorlash kechiktirib bo'lmaydigan masaladir.

Mahalla aholining ekologik ongini o'stirishda eng faol ta'sir ko'rsatish xususiyatiga ega. Mahallada turli kasbdagi kishilar istiqomat qilishi, aholining gavjumligi, xalqimizning qadimdan an'ana bo'lib kelayotgan yaxshi udumlari saqlanib kelayotganligi, hashar o'tkazish ishlari faolligi bilan ajralib turadi. Buning ustiga mahallalarda o'rta maktab, madaniyat klublari, machit va boshqa jamoa tashkilotlari mavjuddirki, ular xalqning siyosiy, iqtisodiy, diniy, shuningdek, ekologik ongini oshirishda kuchli ta'sir ko'rsatadi.

Atrof muhit holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimi – monitoring , ekologik vaziyatni o'rganish va baholash imkoniyatini beradi. Monitoring ko'chma laboratoriyalar, turg'un postlar va maxsus jihozlangan observatoriyalarda olib boriladi. Lekin monitoring tizimi turi biosfera va uning alohida hududlaridagi ekologik vaziyatni to'g'ri baholash uchun har doim ham etarlicha imkoniyatga ega emas. Natijada atrof muhit holati va mavjud ma'lumotlar o'rtasida farqlar bo'lishi muqarrar. Shuning uchun hozirgi kunda atrof muhitdagi o'zgarishlarni to'g'ri va ishonarli baholash muammoli vazifadir. Atrof muhit holatini to'g'ri va ishonarli baholash kelajakda yuz berishi mumkin bo'lgan ekologik o'zgarishlarni oldindan bashorat qilish imkonini beradi. Ishlab chiqarishning atrof muhitga zararli ta'sirini kamaytirishda ekologik ekspertiza muhim rol o'ynaydi. Ekologik ekspertiza xalq xo'jaligining alohida tarmoqlari, ayrim hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo'yicha loyihalarini asoslash jarayonida ekologik nazorat va ekologik xavfsizlikni ta'minlash maqsadida amalga oshiriladi. Ekologik ekspertiza hayot muhiti, inson sog'ligi va tabiiy resurslarga beriladigan normativlardan ortiq darajada salbiy ta'sirning oldini olish maqsadida loyihalash bosqichida o'tkaziladi.

Ekologik madaniyat xuddi ekologik ong kabi quyidagi tartibda shakllanib boradi: oila, bog'cha, maktab, kollej va lisey, oliy o'quv yurti, ishlab chiqarish korxonasi, mahalla albatta bu tizim shartli. Ekologik madaniyatning shakllanishiga oila katta miqyosda ta'sir etadi, shuningdek, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari, kuchli mutaxassislar, din arboblarining faoliyati ham o'z ta'sirini jiddiy tarzda ko'rsatadi. Ekologik ong ekologik madaniyatni belgilaydi, binobarin ekologik ongga ega bo'lish, kishini ekologik madaniyat sohibi bo'lishga etaklaydi.

Yoshlarga ekologik tarbiya berishda tabiat qo'yniga ekskursiya va yurishlar uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Tabiatni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va ekologik sharoitlarni yaxshilada ekologik ta'lim va tarbiya muhim rol o'ynaydi. Turli mamlakatlardagi ekologik vaziyat, tabiatdan foydalanish xususiyatlari ko'p jihatdan aholini ekologik savodxonlik darajasi, ekologik madaniyatiga bog'likdir. Ekologik ta'lim va tarbiya BMT, YuNYESKO, YuNYEP, va VOZ kabi tashkilotlarning diqqat markazidagi masaladir. (YuNYESKO - BMTning fan va madaniyat ishlari bo'yicha shug'ullanadigan mustaqil bir tuzilmasidir. Uning bosh qarorgohi Parij shahrida joylashgan. BMTning o'zi esa Nyu-York shahrida joylashgan, unga dunyodagi 190 ta davlat kiradi.) Ekologik ta'lim va tarbiyani rivojlantirish uchun jahon, alohida davlatlar miqyosida turli tadbirlar o'tkazmoqda. Har bir soha mutaxassisi ekologik savodxon bo'lishi va o'z faoliyatida tabiatga zarar etkazmasligi, ekologik ta'lim-tarbiyani rivojlantirishga hissasini qo'shishi lozimdir.

Shunday kilib, yoshlarni o'simlik va hayvonlarni e'zozlashga o'rgatish, ularni tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash shunchaki bir ermak emas bu davlat ahamiyatiga ega bo'lgan dolzarb masaladir. Biz sog'lom, ahloqli, mehnatsevar, pok, bilimdon yoshlarni tarbiyalab o'stira olganimizdagina kelajagimiz porloq bo'ladi.

XXI - asr ekologiya asri bo'lishi shubhasizdir. Har bir inson ona sayyoramiz tabiatiga ziyon etkazmasdan o'zgartirish, tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish va yashash muhitini saqlashdek muqaddas ishga o'zining munosib hissasini qo'shishi lozimdir.

Biosferadagi barcha o’simliklar va hayvonlar odatda jamoa holda yashaydi. Bunda ular o’zaro munosabatda bo’ladilar. Muayyan tuproq sharoitida o’simliklar, hayvonlar, ayrim zamburug’lar va mikroorganizmlarning birgalikda yashashiga biogeotsenoz deyiladi. Faqat birnecha tur o’simlik qavm bo’lib yashasa fitotsenoz, bir necha tur hayvonlarning birgalikda qavm bo’lib yashashiga zootsenoz deyiladi.

“Biogeotsenoz” atamasi fanga 1941 yilda rus olimi V.N. Sukachyov tomonidan kiritilgan (Bios, lotincha geo-er, senoz - umumiy).

Tirik organizmlarning bir-birlariga o’zaro ta’siri muhitning biologik omillari deb qaralsa, ularning atrofini o’rab olgan barcha tirik organizmlar biotsenotik muhitni tashkil etadi. Demak, bir hil muhitga moslashib olgan va bir joyning o’zida birga yashaydigan barcha organizmlar yig’indisi biotsenoz deyiladi. (Bios, lotincha -xayot, senoz - umumiy). “Biotsenoz” atamasini fanga 1877 yilda nemis olimi K. Libius kiritgan. Biotsenoz odatda fitotsenoz, zootsenoz, mikotsenoz va mikrobiotsenozlardan tashkil topgan. Maydon birligiga to’g’ri keladigan turlar soni biotsenozlarning turlariga to’yinganligi deyiladi.

Yashash sharoiti, o’xshash va o’zaro munosabati natijasida paydo bo’lgan, bir-biriga ta’sir ko’rsatuvchi har-xil turga mansub bo’lgan birgalikda yashovchi organizmlar yig’indisiga ekologik tizim deyiladi. O’rmon, cho’l, o’tloq (yaylov, suv xavzasi va boshqalar ekotizimga misol bo’la oladi. “Ekotizimlar” tushunchasi fanga 1935 yil ingliz ekologi A. Tensli tomonidan kiritilgan. A. Tensli ta’rifiga ko’ra ekotizim ichki va tashqi doiralarda moddalar va energiya almashinuviga ega bo’lgan tirik va jonsiz komponentlarning cheksiz barqaror tizimidir. SHunday qilib, ekotizim mikroorganizmlarga ega bo’lgan bir tomchi suv, o’rmon, tuvakdagi o’simlik, kosmik kema va x.k. Ko’pincha ekotizm va biogeotsenoz tushunchalari bir-birini sinonimi sifatida qo’llanildi va deyarli birxil ma’noni bildiradi. Ammo, ba’zi tomonlari bilan ular farq qiladi.

Ekotizimlar biogeotsenozga nisbatan kengroq tushunchadir. Biogeotsenoz ekotizm bo’la oladi, ammo har qanday ekotizimni biogeotsenoz deb bo’lmaydi.

Ekotizimlardagi organizmlar hayot faoliyati va moddalarning aylanish uchun energiya talab etiladi. Yashil o’simliklar hayot uchun zarur bo’lgan kimyoviy moddalarni olib, fotosintez jarayonlarida organik birikmalar to’playdi va quyosh energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Bunday organizmlar avtotroflar yoki produtsentlar deb ataladi. Demak produtsentlar – o’simliklar bo’lib ular harqanday biotsenozning asosiy tarkibi va energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Ular assimilyatsiya jarayonida to’plangan energiyasini boshqa organizmlarga beruvchilardir, ya’ni hosil qiluvchilardir.

O’simliklar va boshqa jonivorlar bilan oziqlanib yashovchi geterotrof organizmlar, ya’ni xayvonlar esa oziqlanish jarayonida organik moddalarni karbonat angidrid, suv va mineral tuzlarga aylantiradi. Ammo bu organizmlarning biron turi ham o’simliklar, xayvonlardagi organik moddalarni oxirigacha parchalay olmaydi. O’simliklar tomonidan to’plangan organik moddani ist’emol qiluvchilar bo’lib hisoblanadi va ularni konsumetlar deb ataladi.

Birinchi tartibdagi konsumentlarga produtsentlar bilan oziqlanuvchi o’txo’r hayvonlar kiradi. Quruqlikda keng tarqalgan birinchi tartibdagi konsumentlar hashoratlarning ko’pchilik vakillari sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilardir.

Eng muhim birinchi tartibdagi konsumentlar sut emizuvchilarning o’txo’r guruhlari, kemiruvchilar va tuyoqliklar hisoblanadi. Ularga ot, tuya, qo’y, echki va qoramollar kiradi.

Geterofillarning ikkinchi guruhi yemiruvchilar yoki rudutsentlar (zamburug’ va bakteriyalar) dir. Zamburug’ning ba’zilari biotsenozda o’simlik va hayvonlarda tekinxo’r holda yashab, ko’pchiligi organik moddalarni mineral moddalarga parchalovchilardir. Bakteriyalar birinchi navbatda redutsentlar hisoblanib, ular o’lgan organizmlardagi murakkab organik moddalarni parchalab, oddiy mineral moddalarga aylantira oladi.

SHunday qilib, uzoq evolyutsiya jarayonida vujudga kelgan bir-biriga bog’liq turlardan barqaror zanjirlar paydo bo’ladiki, bular boshlang’ich ozuqa moddalardan birin-ketin olib, turli yo’llar bilan tabiatda moddalarning davriy harakatini ta’minlaydi. Organizmlar quyosh energiyasini kimyoviy, mexanik va issiqlik energiyalarga aylantiradi. Jamoalardagi ozuqa zanjirlari juda murakkab bo’lib, ular aslida yashil o’simliklar tomonidan hosil qilingan energiyani 4-6 bo’g’im orqali o’tkazadi. Bunday qatorlar boshlang’ich energiyaning sarflanish yo’li hisoblanib, ozuqa zanjiri deyiladi.

Masalan: o’simlik – kiyik – bo’ri;

Tirik xashorat qurbaqa – ilon – burgut.

Ozuqa zanjiridagi har bir bug’inning o’rni tropik darajani tashkil etadi. Taxminiy hisoblarga ko’ra, tropik zanjirlarda energiyaning bir organizmdan ikkinchi organizmga o’tishida 30% yo’qolib ketadi. Agar o’simlik organizmining energiyasi 1000 j kaloriyaga teng bo’lsa, o’txo’r hayvon tomonidan o’zlashtirilgandan so’ng 100 joul qoladi. Biror bir biotsenozni bir yil davomida kuzatish orqali o’zgarishining guvoxi bo’lishimiz mumkin. Ekotizimlarning ma’lum vaqt o’tishi bilan birining ikkinchisi bilan almashinish hodisasi suktsessiya (izidan borish) degan nom olgan.

Bundan tashqari agroekotizimlar ham mavjud bo’lib, ular qishloq xo’jaligida foydalaniladigan ekin maydonlari, yem-xashak olinadigan yaylovlar hamda tuyoqli uy hayvonlarini o’z ichiga oluvchi xududlar majmuidir. Agrofitotsenozlar sun’iy fitotsenoz deb qaraladi va uning tabiiy fitotsenozlarga o’xshash tomonlari va farqlari bor: O’xshashligi:

1. Ikkala jamoada ham quyosh energiyasini avtotraf organizmlar tomonidan o’zlashtirildi.

2. Tabiiy va sun’iy jamoalarning o’zaro aloqalari mavjud.

Begona o’tlar tarkibi ikkalasida ham tashqi muhit sharoiti bilan belgilanadi.

4. Ikkala jamoa uchun fenologik fazalar xarakterlidir.

Farqlar:


1. Miqdoriy ko’rsatgichi bilan.

2. Dominontlar inson tomonidan boshqariladi.

Tabiiy jamoadagi turlarni turli strategik tiplarga ajratish mumkin.

4. Agrofitotsenozlardagi begona o’tlar kostopolib organizmlardir.

5. Agrofitotsozdagi madaniy o’simlik populyatsiyasi ma’lum bir navga tegishli bo’lgani uchun yaxshi differentsiyalashmagan.

2. Muhit xaqida tushuncha
Organizmlarning muhiti deb ularni o’rab turgan barcha omillar yig’indisiga aytiladi. Yashash sharoiti hayot uchun kerakli omillar yig’indisidan iborat bo’lib, bularsiz tirik organizmlar yashay olmaydi. Ularning ayrimlari organizm uchun zarur, ayrimlari befarq, uchinchi birlari esa zararli ta’sir qiladi.

Organizmlar murakkab va o’zgaruvchan dunyoda yashab, ular o’z xayotini asta-sekin shunga moslashtirib boradi. Evalyutsion taraqqiyot davomida organizmlar to’rtta asosiy yashash muhitini o’zlashtirishgan.



  1. suvli muhit.

  2. 2. Yer muhiti.

  3. Havo muhiti.

  4. 4. Tirik mavjudotlar muhiti.

Organizmlarning muhitga moslashuviga adaptatsiya deyiladi (lotincha “adabtasio” - moslashuv) Moslashuv tiriklikning yoki hayotning asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, organizmlarning yashab qolish va ko’payishini ta’minlaydi. Ekologik omillar deb, muhitning organizmlarga ta’sir qiluvchi ayrim elementlariga aytiladi. Omillar odatda uch guruhga bo’lib o’rganiladi.

Organizmlar uchun zarur bo’lgan yoki unga teskari ta’sir qiladigan muhit elementlariga ekologik omillar deyiladi. Tabiatda bu omillar bir-biridan ajralgan holda ta’sir qilmaydi, balki murakkab kompleks ko’rinishda ta’sir qiladi. Turli organizmlar biror-bir omillarni turlicha qabul qiladi hamda shu omillarga bir xilda ta’sir qilmaydi. Undan tashqari organizmlarning har bir turi uchun o’zining alohida sharoiti xarakterlidir.

Masalan: cho’l va yarim cho’lda yashovchi o’simlik va hayvon turlari yuqori harorat va past namlikda yashaydi. Demak, organizmlarning normal o’sishi va rivojlanish uchun ekologik omillar bevosita va bilvosita ta’sir etish mumkin. Ular haddan tashqari kuchli yoki kuchsiz ta’sir etishi o’simliklarning normal, jadal yoki sust rivojlanishiga olib keladi. SHunga ko’ra omillarning optimal, minimal va maksimal ko’rsatkichlari organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega.


Ekologik omillar
Ekologik omillar uch guruhga bo’linadi:
1. Abiotik, grekcha, a-inkor, bios – hayot demakdir (yoki jonsiz omil);

2. Biotik, grekcha bios – hayot (yoki jonsiz omil);

Antropogen yoki inson omili.
Abiotik omillar uch guruhga bo’linadi:
a) iqlim, yorug’lik, issiqlik, havo, namlik, havoning radioaktivligi, gravitatsiya, tuproq namligi va boshqalar;

b) edafik – tuproq, tuproqning fizik va kimyoviy tarkibi hamda xossalari;

v) topografik – relьef shart – sharoitlari.
Abiotik omillar asosan yerda o’sadigan o’simliklar uchun zarurdir. Masalan: yorug’lik tirik organizmlar uchun eng zaruriy ekologik omillardan biri bo’lib, hisoblanadi. Planetamizning turli mintaqalarida yorug’lik sharoiti juda xilma-xildir. Masalan: Yorug’lik bilan kuchli darajada ta’minlangan baland tog’, dasht, cho’lu – biyobonlardan tortib yorug’lik bilan juda kam ta’minlangan g’orlar va xavzalargacha mavjud. O’simliklar tarqalgan turli zonalarda yorug’lik intensivligi turlicha bo’lishidan tashqari, yorug’lik spektrining tarkibi, o’simliklarning yoritilish davomiyligi ham xar-xil bo’ladi. O’simliklar yorug’lik energiyasidan foydalanib noorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladi. Bu jarayonni fotosintez deyiladi. Fotosintez jarayonida o’simliklar yer sharida har yili 140 mlrd. t. organik modda hosil qiladi., 200 mlrd, t. karbonat angidrid yutib 145 mlrd. t. kislorod ajaratadi. Fotosintezni birinchi marta 1771 yild ingliz olimi D. Pristli kashf etgan.

Edafik yoki tuproq ekologik omili. Tuproq eng birinchi yerda yashaydigan barcha tirik jonivorlar uchun yashash muhiti, tayanchi bo’lib xizmat qiladi. Tuproq o’simliklarga ozuqa, suv, namlik va fotosintez mahsulotlarini yaratadi.

Biotik omillar deyilganda barcha tirik organizmlarning jarayonida bir-biriga ta’sir ko’rsatishi tushuniladi.

Biotik omillar quyidagi xollarda namoyon bo’ladi:

a) fitogen omillar – jomoadagi o’simliklarning bir-biriga ta’siri, simbioz, parazitizm xolatlari;

b) zoogen omillar – hayvonlarning oziqlanishi, payxon qilishi, yanchib tashlash, mexanik ta’siri, changlatish, meva va urug’larning tarqatilishi;

v) mikogen omillar – zamburug’lar olamining ta’siri;

g) mikrogen – mikroorganizmlarning ta’siri.


Biotik yoki biologik omillarning o’zaro ta’siri quyidagicha kechadi:
1. O’simliklarni o’simliklarga;

2. O’simliklarning hayvonlarga;

Hayvonlarning hayvonlarga;

4. Mikroorganizmlarning o’simliklar va hayvonlarga;

5. O’simlik hayvon va mikroorganizmlarning o’zaro munosabati.
Antropogen omillar deganda – inson xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan ta’sirini tushunamiz. Antropogen omillar hozirgi vaqtda tabiatdagi eng kuchli omillardan biri hisoblanadi. Insonning tabiatta ta’siri, ya’ni inson o’z faoliyati davomida atrof-muhitga ta’sir etadi, tabiatni o’zgartiradi.

Inson tirik organizmlarga to’g’ridan – to’g’ri ta’sir etib yoki yashash sharoitini o’zgartirib, tarqalishiga yoki qirilib yo’q bo’lib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Insonning tabiatga ko’rsatadigan ikki turdagi ta’sirini bir-biridan yaxshi ajratish lozim. Ularning biri tirik organizmlarga yoki ularning ayrim vakillariga ko’rsatadigan to’g’ridan – to’g’ri ta’siriga antropogen omillar deb qarash lozim. Antropogen omillarni o’z navbatidagi to’rt turga bo’lish mumkin:

1. Ozuqa va boshqa extiyojlarni qondirish uchun (baliqchilik, o’rmonlarni kesish, o’tlarni o’rish va x.) tirik organizmlardan foydalanish.

2. O’simliklarni ko’paytirish (madaniylashtirish) va hayvonlarni qo’lga o’rgatish.

Akklimatizatsiya va introduktsiya, ya’ni organizmlarning tabiiy areallaridan boshqa joylarga ko’chirib olib borish va moslashtirish.

4. Yangi madaniy o’simlik navlari va hayvon zotlarini yaratish.


Biz hozirgi vaqtda har tomondan keskin o’zgartirib yuborilgan sayyorada yashamoqdamiz, yildan yilga tabiiy holdagi landshaftlar va jamoalar egallagan maydonlar qisqarib kelmoqda va ularning o’rnini inson ta’siridagi landshaftlar va jamoalar egallamoqda.

Antropogen ta’sirni sanoat, qishloq sanoat xo’jaligi, transport kabi toifalarga bo’lish mumkin.



Sanoatning ta’siri. Keyingi yillar mobaynida O’zbekiston Respublikasida sanoat rivojlanishi oshdi. Ishlab chiqarish o’sgan sayin atmosfera zararli chiqindilar tashish ham ancha oshadi.

Transportning ta’siri. Eng yirik ifloslantiruvchi manba – bu avtomobil transportidir.

Avtomobillar sonining ortishi atmosferaning yerga yaqin qatlamlarida azot gazoari, qo’rg’oshin birikmalari, oltingugurt gazlari, uglerod gazlari va boshqa moddalar miqdorining oshishiga olib keladi.



Qishloq xo’jaligining ta’siri. Bu biogeotsenoz, ekotizimlarga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi ekologik omillar majmuidir. Inson tabiatni jadal o’zlashtirmoqda, ular tomonidan xo’jaliklarda foydalanilayotgan kimyoviy vositalar tirik organizmlarga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Noorganik o’g’itlar, zaharli ximikatlarning keng qo’llanilishi keyinchalik o’simliklar va hayvonlardan olinadigan mahsulotlarda qo’rg’oshin, simob, ftor, kaltsiylar miqdorini oshishiga olib kelmoqda (tuproqda ham).

Antropogen omillarning ta’sirini ikki turga bo’lish mumkin:

1. Mo’ljallangan;

2. Mo’ljallanmagan.
Mo’ljallangan antropogen omillar ta’siriga insoniyatning ehtiyojini qondirish uchun, qishloq xo’jalik ekinlariga intensiv ishlov berish natijasida tuproq unumdorligini pasayishi, yerni melioratsiyasi, shaharlar yirik sanoat korxonalarini qurish natijasida atrof muhitni ifloslanishi kiradi.

Mo’ljallanmagan antropogen omillar ta’sirida katta maydonlardagi yerlarning qashshoqqlanish, strukturasining buzilishi, ekotizimlarni dekloratsiyalanishi, katta qo’l va dengizni (masalan, Orol dengizi)ni qurishi, dunyo okeanlarini neft mahsulotlari bilan bulg’anishi va boshqalar.

Ayrim hollardagina tur yagona panmikatsiyalardan tashkil topgan bo’ladi. Ko’p hollarda esa u yuzlab, hatto minglab mahalliy panmikatsiyalarni o’z ichiga oladi. Panmikatsiyalardagi individlar bir-biridan yoshi, jinsi bilan odatda, o’zaro chatishadigan har xil avlodlarga, hayot bosqichining turli davrlariga, beqaror guruhchalarga (poda, to’da, oila va boshqalar) mansubligi bilan farq qiladi.

Populyatsiyalar lokal ma‘lum bir joyga xos, mahalliy ekologik va geografik qismlarga bo’linadi. Lokal populyatsiyalar deganda, biogeotsenozlarning iqlim, tuproq va boshqa sharoitlari bo’yicha alohida yashayotgan bir qancha turlari tushuniladi (biogeotsenoz atamasining mazmuni 6 qismda berilgan). Ekologik populyatsiya - biron bir biogeotsenozda yashaydigan oddiy populyatsiyalar majmuidan iborat bo’lib, qo’shni populyatsiyalardan salgina ajralganligi bilan ham farq qiladi. Shuning uchun ham ular faqat muvaqqat o’ziga xos morfologik alomatlari bilangina farq qiladi. Jo’g’rofiy populyatsiya - jo’g’rofiy sharoiti bir xil bo’lgan kattaroq hududda yashaydigan populyatsiya tushuniladi. Ana shu hudud doirasida organizmlar urchiydi, hayot hodisalarining yagona maromi va boshqa vazifalariga ko’ra xususiyatlari namoyon bo’ladi. Bunday xususiyatlar boshqa jo’g’rofik sharoitda yashaydigan qo’shni hududdagi populyatsiyadan farq qiladigan morfofiziologik tur (tip) hosil qiladi.

Populyatsiya chidamliligi, tug’ilishi, o’lishi, o’sishi, yoshiga qarab tuzilishi, fazoda taqsimlanishi va boshqa qator xossalari bilan tavsiflanadi. Populyatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri uning yoshiga qarab tuzilishi hisoblanib, o’z navbatida uning tug’ilish va o’lishiga bog’liqdir. Rivojlanadigan, tez o’sadigan populyatsiyalarning katta ulushini yosh tashqil etadi. Barqaror holatdagi populyatsiyalarda yoshiga qarab taqsimlanish nisbatan bir tekis (tug’ilishi va o’lishi ham taxminan teng). Populyatsiyalarda yosh, alohida yashaydigan organizmlar turining halok bo’lish ulushi kamayadi.

Populyatsiyalar ichida genetik ma‘lumotlar (panmiksiya) almashinishi u yoki bu darajada amalga oshiriladi.

Populyatsiya ta‘rifidan, shuningdek panmikatsiyaning mavjudligi uning ichida tirik organizmlar uzoq vaqt oralig’ida bir muncha yoki uzoq populyatsiya shaklida mavjud bo’lishi mumkin.

Populyatsiyaning barqaror holatga qaytish qobiliyati gomeostaz deb atalib, teskari aloqaning ijobiy va salbiy vositalari orqali boshqariladi. Demak, populyatsiya kibernetik tizim xossasiga – o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini tashkil etish va o’z-o’zidan ko’payishi qobiliyati ega bo’lishidir.

Gomeostaz – organizmning o’z ichki muhiti tarkibi va xossalarini doim bir me‘yorda, nisbiy dinamik turg’unlikda saqlay olish xususiyatidir. Gomeostaz asosida teskari aloqa printsipi yotadi.
Gomeostaz kontseptsiyasi F. Kliments tomonidan (1979) ishlab chiqilgan va keyinchalik u ekotizimda qo’llanilgan.

Hayvonlar populyatsiyasining gomeostaz mexanizmi 2 rasmda ko’rsatilgan.

Rasmdan ko’rinib turibdiki, ijobiy teskari aloqa tufayli alohida yashaydigan organizmlarning soni o’sadi. Keyinchalik esa oziqlanish resurslarining cheklanganligi va teskari, salbiy oqibatlar ta‘sirida bu o’sish to’xtaydi. Shundan so’ng, mayatnik teskari tomonga harakatlanadi. Demak, populyatsiya amaliy jihatdan statik muvozanatga erishmasdan dinamik muvozanat holatida bo’ladi. Tabiatda gomeostazni qo’llab-quvvatlash uchun tashqi aralashishlar (boshqarish) talab etilmaydi.

Gomeostatik mexanizm ma‘lum chegarada mavjud bo’ladi. Ularning chegaradan chiqib ketishi populyatsiyalar (ekosistemalar)ning halok bo’lishiga olib kelishi mumkin. Masalan, paxta hosildorligini quyidagicha izohlash mumkin: Markaziy Osiyo davlatlarining yuqori paxta hosildorligini ko’pincha g’o’zaga beriladigan ma‘danli o’g’itlarga bog’lashadi.



Agar unga beriladigan ma‘danli o’g’itlar va sug’orish me‘yoridan ortiqcha berilsa, ko’pgina paxta maydonlarining eroziyaga uchrashi, sho’rlanishi va foydalanish samaradorligi pasayishi mumkin. Biotizimning eng yuqori darajasi jamoa hisoblanadi.


2-rasm. Oziqlanish imkoniyatiga qarab tartibga solib turadigan hayvonlar populyatsiyasi gomeostazligi (I.I. Dedyu bo’yicha, 1990).

Jamoa – bir muhit va ob-havo sharoitiga ega bo’lgan maydonda hayot kechiruvchi organizmlar – o’simlik, hayvonot va mikroorganizmlar majmuidir.


Jamoa beo’lchov biotizim hisoblanadi. Demak, planetamizda joylashgan barcha organizmlar yig’indisi kichik guruhli organizmlar ham bo’lishi mumkin.

4 Biotsenoz. Jamoaga nisbatan biotsenoz biotizimda chegaralanmaganligi bilan farq qiladi. Boshqacha aytganda, biotsenoz-bu sodda (elementar) tabiiy turkumdir.

Biotsenozni turli ko’rinishdagi organizmlar (o’simlik, hayvonot, mikroorganizmlar) yig’indisining yashash sharoitlari ma‘lum darajada bir xil bo’lgan biotop sifatida aniqlash mumkin (yunoncha «bios»-hayot, «tsenoz» -jamoa, «tapos»-joy).
L.B.Ruxin (1962) bo’yicha «biotsenoz» - bu uzoq davr mobaynida oziqlanish, o’sish va ko’payish maqsadlarida birgalikda ma‘lum hududda (joyda) yashash uchun (biotip) tashkil topgan tizim. O’lik organizm qoldiqlaridan tashqil topgan «qabriston» (yunoncha «tanatos» - o’lik) tanatotsenoz deb ataladi.

«Biotsenoz» atamasini 1877 yil G.K.Mebius tomonidan ilmiy amaliyotga tadbiq etilib, uni hayotning ma‘lum bir maydonida organizmlar majmui sifatida qaraladi.

L.B.Ruxin biotsenozlarni jo’g’rofik tumanlarga, provintsiya, viloyat va mintaqalarga guruhlash mumkin deb hisoblaydi. Maydon bo’yicha biogeografik mintaqa eng yirik hisoblanib, ularning paydo bo’lishida iqlim hal qiluvchi ahamiyatga ega.

5 Ekologik tizim (ekotizim) ta‘rifi. Ekotizimlarning biotizimlardan farqini organizmlar va muhitning birgalikda yig’indisi holatida tasavvur qilish mumkin.

Ekologik tizim - bu birgalikda yashovchi har xil turdagi organizmlar va ular yashashining shart-sharoitlaridir, o’zlarini o’rab turgan tabiiy muhit bilan aloqada bo’ladilar.
Yuqorida qayd etilganidek, ekotizimning alohida yashovchi organizmlarini – muhitni «populyatsiya» - muhiti, «tur-muhit» kabi turlarini autekologiya, ekotizimning turini esa sinekologiya o’rganadi.

Ekotizim xuddi biotizim singari ierarxik, shaklda mavjuddir. Biroq ularning barchasi shartli, ya‘ni yonma-yon darajalar bilan funktsional o’zaro bog’langan. Shunday ekan, tabiatda genlar xo’jayradan tashqari ko’p xo’jayrali organizm tarkibidagi organlar, organdagi xo’jayralardan tashqari yashay olmaydi (moddalarning aylanish va energiyaning paydo bo’lishi bundan istisno). Shu sababli kishilik jamiyati jahon tabiati bilan uzviy bog’langan. Shunday qilib, bio- va ekotizim bir vaqtda ham diskretli, ham uzluksiz hisoblanadi.

Mualliflar ekotizimning muhim belgilaridan biri uning beo’lchovligi deb hisoblaydilar. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ekotizimga misol tariqasida (mikroblari bilan tomchi suv ham) suv tomchisini ko’l, o’tloq, cho’l, o’rmon, sabzavotlar juyaklari bilan, biofiltr, kosmik kema kabinasi va boshqalarni keltirish mumkin. Shunday ekotizimlar tabiiy va sun‘iy (inson tomonidan o’zgartirilgan) bo’lishi mumkin.

Ekotizimlarda ichki ham tashqi modda va energiya almashinuvi sodir bo’ladi. Ularga aniq oziq zanjiri hamda oziq (trofik) darajasi xosdir. Oziq zanjirining umumiy qonuniyatlar ozuqa sifatida, ikkinchisi uchinchisiga va b.q. xizmat qiladi.

Tashqi muhit ta‘sirida o’zgarish, ekotizim tomonidan javob ta‘sirini paydo qilib, bu o’zgarishlarni yoki yo’qotadi yoki ekotizimning o’zini qayta qurishga olib keladi.

Yuqorida qayd qilinganidek, ekotizimlar ierarxik shaklda tuzilgan. Biz ekotizimlarni tashqil etish darajasiga qarab uchta asosiy qismga bo’lamiz: biogeotsenotik, (biogeotsenoz), biom va biosfera tizimi.

6 Biogeotsenoz. Ekotizimga nisbatan biogeotsenoz o’lchamli tushunchaga ega, uning o’lchamligi organizmlarning muayyan majmuali va muhit sharoitlari bilan ta‘riflanadi. Ekotizim uchun keng doirada muayyan majmua tushunchasi mavjud emas.

Biogeotsenoz - modda va energiya almashinuvi jihatidan bir-biriga bog’liq bo’lgan jonli va jonsiz tabiat tarkibiy qismlari majmuidir.


Bu tabiatdagi eng murakkab tizimlardan biri hisoblanib, avtotrof, xemotrof va geterotrof organizmlarga bo’linadi. Biogeotsenozning tirik tarkibiy qismlariga, atmosferaning yerga yaqin qatlami, undagi gaz va issiqlik vositalari, quyosh quvvati, tuproq va uning suv mineral vositalari esa jonsiz tarkibiy qismlariga kiradi. Har bir biogeotsenozda yerning geologik tuzilishi, tuproq, iqlim sharoitlari, suv rejimi, o’sha joyda o’sib unadigan o’simlik hamda hayvonlar bir-biriga monand va o’zaro bog’langan bo’ladi. Biogeotsenoz tarkibiga odamdan boshqa barcha tirik mavjudotlar kiradi. Biogeotsenoz o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlar kishilar, muhit, hatto uzoq Koinotning ta‘siri ostida ham ro’y beradi.Biogeotsenozni o’rganish qishloq xo’jaligini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

Ushbu atama ekologiyaga 1940 yilda V.N. Sukachyov tomonidan kiritilgan. U biogeotsenozga quyidagicha ta‘rif bergan (biogeotsenologik tadqiqotlarning uslubi va dasturi, 1966 yil 14 betda shunday keltirilgan): «Biogeotsenoz - bu Yer yuzasining ma‘lum masofasidagi bir-biriga o’xshash tabiiy hodisalar (atmosfera, tog’ jinslari, o’simliklar, hayvonot olami va mikroorganizm hodisalari)» majmuidir. Bu majmua uni tashqil etuvchi tarkibiy qismlari o’zaro ta‘sirining o’ziga xos alohida xususiyatiga hamda tarkibiy qismlari o’rtasida va ichki dialektik birlikda, doimiy harakatda va rivojlanishda bo’lgan boshqa tabiat hodisalari bilan modda va energiya almashinuvining muayyan xiliga egadir.

Xulosa

Shuning uchun mualliflar «biogeotsenoz» va «ekotizim» tushunchasiga yana bir marta qaytishni lozim deb topishdi.



Bu tushunchalar bir-biriga yaqin. Biroq ular bir-biriga o’xshash so’zlargina emas. Ekotizim tushunchasi o’zining beo’lchovligi bilan biogeotsenozdan kengdir, ya‘ni istalgan biogeotsenoz ekologik tizimdir, har qanday biogeotsenoz ekotizim hisoblanib, tizimning «atomar» tuzuvchisi sifatida qatnashadi. Ekotizim biogeotsenozning bir qismi bo’lishi mumkin, lekin shunday ekotizimlar mavjudki, ular biogeotsenoz tarkibiga kirmaydi.

7 Biogeotsenozda o’zaro bog’liqlik xususiyatlari. Ekotop, biotsenoz va ularning komponentlari moddiy ham energiya jihatidan o’zaro bog’liqligi 3 rasmda ko’rsatilgan. Bu o’zaro bog’liqlik ba‘zi bir xossalar bilan tavsiflanib, ularni N.F.Reymers (1990) printsiplar deb atagan. U A.Tineman, G.Rants va Y.Illieslarning ilmiy ishlariga tayangan holda, ularni to’rt printsipga ajratadi. Birinchi printsip - xilma-xillik: biotop sharoitlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, shunchalik biotsenoz turlari ko’p bo’ladi. Birinchi printsipning paydo bo’lishiga yomg’irli tropik o’rmonlardagi katta turlarni o’z ichiga olgan biotsenozlar va muhit sharoitlarining g’oyatda xilma-xilligi kiradi.

Ikkinchi printsip - chetga chiqish sharoitlari: biotop me‘yoridan qanchalik chetga chiqsa, shuncha biotsenoz qashshoqlashib boradi, shunga qaramasdan ayrim turlarning alohida yashaydigan organizmlarning miqdori birinchi holatdagiga nisbatan ko’p bo’ladi. Bu birinchi navbatda ekstremal biotoplarga taalluqli, masalan, muhitning o’ta ifloslanishi bilan izohlanadi.

Uchinchi printsip - muhitning bir tekis o’zgarishi: muhit sharoitlari qanchalik bir tekis o’zgarsa va shuncha uzoq payt biotop o’zgarmay qolsa, biotsenoz tobora turlarga boy, vazmin va barqaror bo’ladi. Bu evolyutsion - dinamik printsip. Demak, biotopda qanchalik tez o’zgarish sodir bo’lsa, turlarning bu o’zgarishlarga moslashishi qiyin kechadi va turlar tarkiblarining qashshoqlashishiga olib keladi.


Adabiyotlar ro'yxati:





  1. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xafsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraaqqiyot kafolatlari. -T.: O'zbekiston,

  2. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. -T.: O'qituvchi, 1991.

  3. Novikov Yu.I. Oxrana okrujayuey sredi. –M.: Vishaya shkola, 19987.

  4. Egamberdiev R. Ekologiya. –T.: O'zbekiston, 1993.

  5. Tursunov X.T. Ekoloiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. –T.: Saodat RIA, 1997.

  6. Ergashev A., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. –T.: Yangi asr avlodi, 2005.

  7. To'xtaev A., Xamidov A. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. –T.: O'qituvchi, 1995.

  8. Otaboev Sh., Nabiev M. Inson va biosfera.-T.: O'qituvchi, 1995.

  9. Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. –Qarshi: Nasaf,

  10. To'xtaev A. Ekologiya.-T.: O'qituvchi, 1998.

  11. www.ziyonet.uz

Download 141,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish