2.2.Quddus Muhammadiyning ijodini o’rganish
Shoir ijodiga nazar tashlasak, mehnatga muhabbat mavzusi alohida oʻrin tutishini aytish mumkin. “Bobomning mehnati”, “GES qurilishi”, “Mirob”, “Bu binoni kim qurgan?”, “Etik”, “Madraim payvandchi”, “Mamajon shofyor” va boshqa shu kabi sheʼrlarda mehnat simfoniyasi jaranglab turadi. Bu yerda shuni ham taʼkidlab oʻtish zarurki, mehnat ahlini sevish, ularning bunyodkor faoliyatlarini qadrlash birinchi oʻrinda tasvirlanadi.
“Etik” sheʼrining qahramoni Solijon degan bola. U hali kichkintoy boʻlishiga qaramasdan mushohadasi oʻtkir, odobli. U “Oʻrdak burunli kavkazcha etigiga gard yuqtirmaydi”. Shunga koʻra uni olifta bola ekan, deb oʻylash ham mumkin.
Shoir Solijon bilan uning etigi orasidagi munozaraga diqqatni qaratadi. Etik oʻzining chiroyliligini koʻz-koʻz qilmoqchi boʻladi:Solijonning “oʻrdak burunli kavkazcha”, etigini “puf-puflab” kiyib yurishi uning tikilishiga sarf qilingan mehnatni yaxshi bilishidan, eʼzozlashidan. Bolalar tabiatan olam sirlarini bilishga astoydil qiziqadilar. Shoirning “Dunyoda eng kuchli nima?” sheʼri ana shu qiziqishning badiiy ifodasi sifatida eʼtiborga loyiq. Shoir filni “togʻni ortsang koʻtaradi”, sherni “filni ham tikka yeydigan”, suvni “daryo, soy, irmoqlari, buloqlari koʻp”, sovuqni “daryolarni tosh qotirgan”, issiqni “qish, sovuqni qochirgan”, togʻlarni “togʻ-u toshni qulatar”, quyoshni “qarimaydi, uchmaydi” deb har xil mavjudot va hodisalarga xos eʼtiborli xususiyatlarni gʻoyat jonli, qiziqarli ifodalab, ularni bolalarning suhbati orqali sheʼriy ravishda ifodalaydi. Buni oʻqigan bola hodisalarning maʼnosi nimadaligini, ularning hayotdagi oʻrnini tushunib oladi. Bu bolaning fikrini, qobiliyatini, ongini, dunyo haqidagi tushunchasini oshiradi. Ayniqsa, yosh kitobxon dunyoda kuch-qudrat, aql-zakovatda insonga teng keladigan hech narsa yoʻq ekanligini bilib oladi:
Tabiat goʻzalligiga boʻlgan buyuk muhabbat shoirga hamisha hamrohdir. Maktabda muallimlik qilib yurgan paytida barg mavzusini oʻtar ekan “Bargjon” sheʼrini yozadi. Shu tariqa uning “Momaqaymoq”, “Qoqi oʻt”, “Bogʻimizda bir nok bor”, “Tut”, “Tolim gullaydi-yu nega meva tugmaydi?”, “Tok daraxti bir xil-u uzumi nega har xil?”, “Shaftoli doktor”, “Asalari va Ahmadjon” kabi sheʼrlari paydo boʻldi.
Shu jihatdan shoirning Hamza nomidagi respublika davlat mukofotiga sazovor boʻlgan “Tabiat alifbosi” turkumiga kirgan beshta toʻplami eʼtiborlidir. Shoir bu toʻplamlarga kirgan sheʼrlarida tabiat hodisalari, narsa va buyumlar, koinot moʻjizalari haqida poyetik xulosalar chiqargan. Bu xulosalar gʻoyat bolalarbopdir. Chunonchi, zilzilani yerning gimnastika qilishi deb taʼriflasa, chuvalchangni “er traktori” deb ataydi, gilosning qizilligini kichkinaligidan uyalishidan degan xulosaga keladi. Xullas, tabiat mavzusidagi har bir sheʼrida shu tariqa bolalar xususiyati va tushunchasiga xos ibratli fikr ifoda etiladi.
Quddus Muhammadiy yosh kitobxonlar qalbida tabiat va inson kuychisi sifatida har doim eʼzozli boʻlib qoladi. Haqiqatan ham shoir she’rlarining mavzui bepayon Vatani, uning mehnatsevar xalqi, shirin “o`g’il-qizlari”dir, asarlarining ovozi ham, “parvozi” ham, “ilhomi”ning “oltin o`zagi”, she’rining “husn – bezagi” ham shulardir.
Shoir o`z asarlarida bolalarning yurak tuyg`ularini, orzu va intilishlarini, o`qishdagi yutuqlarini aks ettirish bilan birga, ulardagi kamchiliklarni qoralaydi, uni yo`qotish yo`llarini izlaydi, topadi, o`z o`quvchisiga talabchan o`rtoq, qattiq qo`l ustoz sifatida yo`l ko`rsatadi.
Shoirni bolalarning hamma tomoni qiziqtiradi. U bolalarga nima xunigu nima chiroylik, nima yaxshi-yu, nima yomon, juda go`zal nima-yu, juda qiziq nima ekanligi haqida yozadi. U o`z she’rlari bilan bolalarda estetik didni o`stirishga, go`zallik haqida tasavvur hosil qilishga harakat qiladi.
To`qson yillik umrini bolalarga she’r, qo`shiq, doston, doston – ertak yaratishga qaratgan Quddus Muhammadiy 1907-yilda Toshkent shahrida mehnatkash dehqon oilasida dunyoga keldi. Bo`lajak shoirning otasi Muhammad Alibek Abdurahmonbekov ancha savodli kishi edi. Shu sababli u dastlabki ma’lumotni otasidan oldi.
1925-yilda otasi vafot etgach, Quddus Muhammadiy avval amakisinikida, so`ngra esa maktab-internatda tarbiya oladi. Internatda Q.Muhammadiyning birinchi she’ri “Chuvalachi” maydonga keladi va bu erda chiqadigan «Quyosh» nomli devoriy gazetada bosilib chiqadi.
Shu ilk mashqlaridayoq bo`lajak shoirning nafosat olamini kuzatish va badiiy idrok etish talanti hamda umumlashtirish mahorati yaqqol ko`rinadi.
U yetti yillik maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, Toshkent qishloq xo`jalik texnikumiga o`qishga kiradi. Bu yerda bolalar uchun she’rlar yoza boshlaydi. Uning “Tong o`yini”, “Paranji”, “Ahmad va asalari”, “Selektsiya stantsiyasi” nomli she’rlari vaqtli matbuotda bosilib chiqadi.
1931-yildan Q.Muhammadiy maktabda botanika o`qituvchisi bo`lib ishlaydi, shu bilan birga O`rta Osiyo Davlat universitetining biologiya fakul’tetida o`qiy boshlaydi.
Bolalar uyi va universitetdagi hayot, mehribon murabbiy va muallimlarning g’amxo`rliklari Q.Muhammadiy qalbida bir umr o`chmas iz qoldiradi. Bu yerdagi o`zaro do`stlik bo`lajak shoir qalbini tog’dek ko`tarib yuboradi.
Quddus Muhammadiy Oybek, O`.Olimjon, G`.G`ulomlarni o`zi uchun ustoz deb bilgan, ulardan o`rgangan, ular bilan doimo ijodiy muloqotda bo`lgan. Ilk she’rlaridan biri “Tong o`yini” orqali ulkan adib Oybek bilan tanishadi. Oybek bu iste’dodli bolalar shoirini hamisha qo`llab-quvvatlab, ijodiga g’amxo`rlik qilib kelgan.
Bir kuni yozuvchilar uyushmasida mushoira bo`ladi. Mushoiraga raislik qilayotgan Hamid Olijon she’r o`qish navbatini Q.Muhammadiyga beradi. Q.Muhammadiy zavq bilan “Sa’va sayrarkan” she’rini o`qiydi. Q.Muhammadiyning ijodiy qobiliyatini payqagan H.Olimjon she’r tugashi bilan uni yoniga chaqirtiradi. Qachondan beri she’r yozishini, qaerda ishlashini surishtirib, she’r ma’qul tushganini aytadi. So`ng bolalar uchun she’rlarning kamligi haqida to`xtalib, mana shunday ajoyib she’rlarni ko`proq yozishni ta’kidlaydi.
xulosa
Quddus Muhammadiy ijodiga xos bo`lgan muhim xususiyatlardan biri hozirjavoblikdir. Shoir asarlarida ona – Vatanga muhabbat, a’lo o`qish, xulq-odobda boshqalarga namuna bo`lishga da’vat etish, fan va texnikani o`rganish muammolari asosiy mavzulardan hisoblanadi.
Ikkinchi jahon urushi davrida Quddus Muhammadiy Islom shoirga adabiy kotiblik qiladi. Bu yerda u xalq og’zaki ijodi namunalari bilan yaqindan tanishadi. Islom shoirdan ko`p narsalarni o`rganadi.
Shoirning birinchi she’rlar to`plami 1946-yilda “O`quvchiga esdalik” nomi bilan bosilib chiqadi. Shundan keyin uning 60 dan ziyodroq turli nom va tillardagi kitoblari bosilib chiqdi.
Quddus Muhammadiy doimo zarur mavzularda asarlar yaratib keldi. Har bir she’rni kundalik hayotdan olib yozdi. Yozganda ham qiziq yozdi, qizg’in yozdi, soz yozdi. Bolalarni o`qishga, hunar o`rganishga, odobli bo`lishga, mehnatga chaqirdi, qiziqtirdi, yordam berdi. Buni shoirnnig “O`quvchiga esdalik” she’rida ko`rish mumkin. Asarda maktab o`quvchisining ma’naviy qiyofasi va vazifalariga mufassal to`xtalib, o`qish, bilim o`rganish zarurligini ta’kidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |