3. Yangi mavzuni yoritish:
Parallelogrammning alomatlari
Avvalgi mavzuda ko'rib chiqqanimizdan malum bo'ldiki, parallelogrammning qarama-qarshi burchaklari va tomonlari teng. Shuningdek, parallelogramm trapetsiya xossalariga ega bo'lgani uchun uning ikki qo'shni burchagi yig'indisi 180° bo'ladi. Trapetsiyadan farqli, parallelogrammda ixtiyoriy ikki qo'shni burchak yig'indisi 180° bo'ladi.
Parallelogrammning diagonali uni ikkita teng uchburchakka ajratishini isbotladik. Bunda parallelogramm burchaklari yig'indisi uni tashkil qilgan uchburchaklar ichki burchaklari yig'indisiga teng bo'ladi. Demak, parallelogramm ichki burchaklari yig'indisi 360° ga teng ekan.
Parallelogrammning alomatlari bilan tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |