1. Dastlabki tushunchalar.
Y oyiq burchakdan farqli bo'lgan burchak te-kislikni ikki sohaga ajratadiki, bu sohalardan biri qavariq bo'lib, ikkinchisi qavariq bo'lmaydi.
Agar yoyiq bo'lmagan burchakning ixtiyoriy ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesmaning hamma nuqtasi shu burchakka tegishli bo'lsa, u qavariq burchak deyiladi. Odatda, bu qavariq burchakni burchakning ichki sohasi, ikkin-chisini esa tashqi soha deb ataladi
Burchakning ichki sohasiga tegishli nuq-talar ichki nuqtalar, tashqi sohaga qarashli nuqtalar tashqi nuqtalar deb ataladi. Agar burchakning ichki sohasi qavariq bo'lsa, u holda burchak yoyiq burchakdan kichik deyiladi.
Agar burchakning ichki sohasi qavariq bo'lmasa, u holda burchak yoyiq burchakdan katta deyiladi.
T a ' r i f . Ko'pburchakning berilgan uchidagi ichki burchagi deb uning shu uchida uchrashuvchi tomonlari hosil qilgan burchakka aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |