1-ta'rif. Tekislikning sodda yopiq siniq chiziq bilan uning ichki sohasining birlashmasi ko'pburchak deb ataladi.
Ko'pburchakning chegarasiga tegishli bo'lmagan nuqtalari shu ko'p-burchakning ichki nuqtalari, chegaraning nuqtalari — chegaraviy nuqtalar deyiladi. Siniq chiziqning uchlari ko'pburchakning uchlari, uning bo'g'inlari ko'pburchakning tomonlari deb ataladi.
Ko'pburchakning hamma tomonlari uzunliklarining yig'indisi ko'pburchakning perimetri deyiladi.
Ko'pburchaklar o'zining tomonlari (uchlari) soniga qarab, uchburchak, to'rtburchak, beshburchak va hokazolarga bo'linadi.
5- a rasmda ABCDE beshburchak tasvirlangan. 5-b rasmdagi tasvirlan-gan shakl esa ko'pburchak emas, chunki qo'shni bo'lmagan A1A5 va A2A3 (shuningdek, A3A4 va A1A5) tomonlari umumiy nuqtaga ega.
Ko'pburchakning bir tomoniga tegishli ikki uchi qo'shni uchlar deyiladi. Ko'pburchakning qo'shni bo'lmagan ixtiyoriy ikki uchini birlash-tiruvchi kesma uning diagonali deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |