TERMIZ SHAHAR 5-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABINING MATEMATIKA FANI O’QITUVCHISI
ISHQURBONOVA MUNAVVAR TO’RAYEVNANING
MATEMATIKA FANIDAN
9-”B”SINF UCHUN
“UCHBURCHAKLARNI YECHISH ”
MAVZUSIDA BIR SOATLIK OCHIQ DARS TAQDIMOTI
.
Meni top!
Mahkam 3 ta tomonim
3 ta yoqda posbon uchim
Ko’p ishga yetar kuchim
Ba’zan teng tomonliman
Ba’zida teng yonliman
Burchagim o’tmas o’tkir
Goh bittasi to’g’ridir
Erur nomim …………….
Uchburchak
Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta'limi tizimida bo'layotgan o'zgarishlar “Ta'lim to'g'risida"gi qonunda hamda „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ko'rsatib o'tilganidek, har bir boshlang'ich sinf o'qituvchisi oldiga muhim vazifalar qo'ymoqda.
Boshlang'ich sinf o'qituvchisining metodik-matematik tayyorgarligi deyilganda biz uni ilmiy dunyoqarash asosida matemalika o'qitish metodikasi bo'yicha umumiy psixologik-pedagogik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog'lanishda tayyorlanishini tushunamiz.
Metodik-matematik tayyorgarlik boshlang'ich sinflar o'qituvchisini tayyorlashning tarkibiy qismi bo'lib, unga ta'limiy- tarbiyaviy faoliyatdan ajralgan holda qarash mumkin emas. Ikkinchi tomondan, boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish birinchi bosqichdir, ya'ni bolalarni navbatdagi maktab matematika kursini o'zlashtirishga tayyorlash bosqichidir yoki matematikadan tayyorligidir. Matematikadan boshlang'ich ta'limning bu ikki jihati (boshlang'ich ta'limning tarkibiy qismi va matematik tayyorgarligl) o'qitish metodikasida o'zining munosib aksini topishi lozim.
Boshlang'ich matematika kursi, bir tomondan, bilimlarning boshqa sohalarida foydalaniladi va bolalarning rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan boshlang'ich bilimlar yagona majmuasini yaratadi, ikkinchi tomondan, zaruriy metodologik tasawurlami va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo'naltirilgan.
6—10 yoshli davr bolalarining fikrlash qobiliyatlari va tasavvurlari shakllanishida eng mas'ul va muhim davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan. Bolalikning mana shu davrida shakllantirilmagan bilimlar poydevorini keyinchalik to'ldirish juda qi- yin. Shu sababli, boshlang'ich ta'lim metodikasining, xususan, matematikadan boshlang'ich ta'lim metodikasining asosiy vazifalaridan biri — o'qitishning yetarlicha yuqori rivojiantiruvchi samaradorligini oshirishni la'minlash, bolalarning aqliy rivojlanishlariga ta'sirlarini jadallashtirishdan iborat.
Matematikadan boshlang'ich ta'lim-tarbiyaviy vazifalar nazariy bilimlar lizimi asosidagina hal etilishi mumkin. Bu bilimlar ilmiy dunyoqarash, psixologiya, didaktika, matematika va ularning xususiyatini o'z ichiga oluvchi metodologik o'qitish nazariyasini (matematika didaktikasi) o'z ichiga oladi. Biroq, birgina nazariy bilimiarning o'zi har qanday boshqa faoliyatga tayyorlaiiishdagi kabi yetarli emas. O'qitishning mazmuni va o'quvchilarning aqliy faoUyatini rivojlantirishga ta'sir etadigan u yoki bu o'quv varianti uchun eng samarali usullarini qo'llashni bilishi, darsga tayyorlanishda yoki darsning o'zida yuzaga keladigan aniq metodik vazi- falarni hal etishni bilishi zarurdir.
Ayni shu boshlang'ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli boshlang'ich sinflar o'qituvchisi uchun o'quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish ayniqsa muhimdir.
Hozirgi kunda o’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning
imkoniyatlari va talablarini inobatga olishi zarur. O’qituvchi tomonidan targ’ib
etilayotgan ta’lim va tarbiya tizimi shaxsga yo’naltirilgan xarakterda ega bo’lishi,
ya’ni shaxsning har xil xususiyatlari va sifatiga e’tibor qilgan holda
tabaqalashtirilgan bo’lishi kerak.
Har qanday ta’lim va tarbiya tizimi ma’lum bir ijtimoiy, ilmiy-texnik,
iqtisodiy, madaniy va nihoyat, siyosiy muhitda shakllanadi va rivojlanadi. Bu
muhitlarning eng ustuvori ijtimoiy-iqtisodiy omildir. Ilmiy-texnik taraqqiyot,
madaniy va siyosiy muhit ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni rivojlantirishi yoki
sekinlashtirishi mumkin. Ta’lim tizimi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
rivojlanishining asosiy vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi, chunki
umumta’lim maktablari, oliy ta’lim muassasalari insonni iqtisodiyot, madaniyat,
siyosiy hayotda qizg’in faoliyat ko’rsatish uchun tayyorlaydi. SHuning uchun ham
ta’lim muassasalari o’qituvchisi ta’lim-tarbiya jarayonining tayanch bo’g’ini
sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
SHu bilan bir qatorda umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalari
o’qituvchilari o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar va ilmiy-texnik taraqqiyot
o’zining ifodasini kechikib topmoqda. O’qituvchi va o’quvchilarning fikrlashi va
qabul qilish faoliyatida yangi g’oyalar, yangi zamonaviy axborot texnologiyalarini
o’zlashtirish ma’lum bir vaqtni talab etadi.
SHaxsga yo’naltirilgan o’qitish, birinchi navbatda, ta’limning paradigmasini
o’zgartiradi. Agar ta’lim tizimida o’qitish ustuvor sanalgan bo’lsa, hozir kunda
jamiyatning axborotlashuvi davrida ustuvorlik o’qishga o’rgatishga yo’naltirilgan.
SHu sababdan ta’limning o’qituvchi-darslik-o’quvchi paradigmasi o’quvchidarslik-o’qituvchi paradigmasi bilan o’rin almashmoqda. O’qituvchi endilikda
yangi statusga ega bo’ladi, endi uning vazifasi o’quvchilarni mustaqil bilim olish
faoliyatini tashkil etish, bilimlarni mustaqil egallash va ularni amaliyotda
qo’llashga o’rgatishdan iborat.
O’qituvchi bunday maqsadlarda o’qitishning
metodlari, texnologiyalarini shunday tanlashi kerakki, u o’quvchilarga nafaqat
tayyor bilimlarni o’zlashtirishlarida, balki bilimlarni turli manbalardan izlash,
mustaqil egallash, o’zlarida shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, uni asoslashi va
avvalgi egallangan bilimlardan yangilarini olishda foydalanish imkoniyatini
yaratish kerak. Bunday o’qitishni ―rivojlantiruvchi‖ ham deb atash mumkin.
Bilimlarni o’zlashtirish fikrlashni rivojlantiruvchi muhim omil hisoblansada,
bilimlarni har qanday o’zlashtirish yoki egallash o’quvchining fikrlashiga
rivojlantiruvchi ta’sir ko’rsatmaydi. Buning uchun bilimlarni faoliyat shakllarini
faollashtirish lozim. Egallangan bilimlarni oddiy qaytarish o’quvchi va
o’quvchilarning mustaqil fikrlashlarini rivojlantirishda yetarli bo’lmaydi. Faol
bilish, mustaqil fikrlash faoliyati juda zarurdir. Bilimlarni mustaqil egallash
faoliyati va olingan bilimlarni qo’llash jarayoni yangi bilimlar ni shakllanishiga,
o’quvchining samarali fikrlash manbaiga aylanadi
SHu sababdan mamlakatimizda va jahonning rivojlangan davlatlarida ta’lim
sohasini isloh qilish jarayonida pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi, zarur
axborotlarni mustaqil izlab topish, muammoni qo’ya bilish va uning yechimini hal
etish, olingan bilimlarni tanqidiy tahlil eta olish va bu bilimlarni yangi masalalarni
8
yechishda qo’llash uchun yo’naltirilgan. Endilikda shaxsga yo’naltirilgan
ta’limning zaruriyligi barchaga ayon bo’lmoqda.
SHaxsga yo’naltirilgan o’qitish – bu o’quvchining shaxsiy xususiyatlarini,
qobiliyati va imkoniyatlarini inobatga oluvchi, ilg’or pedagogik va axborot
texnologiyalaridan o’quvchi shaxsini rivojlantirishda samarali foydalanuvchi
o’qitishdir. SHunday qilib, shaxsga yo’naltirilgan o’qitishda o’qitishni
tabaqalashtirish va individuallashtirish asosiy tamoyil sifatida qaraladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari shakl va mazmunining rang-barangligi –
o’quvchining qiziqishi, imkoniyati va shaxsiy xususiyatidan kelib chiqib taklif
etilayotgan hollardan tanlash imkoniyatini beradi. Bunday imkoniyat ta’lim
tizimida ham o’z aksini topishi zarur. O’qituvchining har xil sathli o’qitishni
zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etishi bunday muammoning
yechimi bo’la oladi.
O’quv mashg’ulotlarining o’quvchilarni kundalik fanlar majmuasi va ular
bo’yicha berilgan topshiriqlar majmuasi bilan hisoblashishga to’g’ri keladigan
qilib tashkil etilishi ko’plab muammolarni keltirib chiqaradi. Bunday holda
o’quvchilar biron bir fanga o’zlarining diqqat e’tiborini to’liq qarata olmaydilar.
Bunday notugalliklarni bartaraf etishda, modulli o’qitish eng yaxshi yechim
hisoblanishi mumkin.
Zamonaviy jamiyatda ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik yo’nalishi –
bu insonning turli sohalarda maqsadli mustaqil faoliyat asosida intellektual va
axloqiy rivojlanishidir. Bunda 3 ta asosiy vazifaga e’tibor qaratiladi:
1. Ta’lim tizimini isloh etish.
2. Mustaqil faoliyat tamoyilini ta’lim va tarbiyaning asosiy tamoyili sifatida
e’tirof etish.
3. Ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish
Zamonaviy insonning o’qish jarayoni faqat bog’cha, maktab, litsey yoki
kollej, oliy ta’lim muassasalari bilan tugamaydi. Inson butun umri davomida ta’lim
olishi zarur, ya’ni ta’lim uzluksiz bo’lishi kerak. Demak, uzluksiz ta’lim – davr
9
talabidir. Bu muammo zamonaviy axborot texnologiyalariga bo’lgan ehtiyojni
yanada shakllantiradi. [41]
XXI asr axborotlashtirish asrida ta’lim sohasini axborotlashtirish, har bir
ta’lim muassasasidan:
- o’qitish va o’qish jarayonining;
- ta’lim muassasasi boshqarilishining;
- ta’lim muassasasi bo’linmalarining;
- ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi.
Hozirgi ta’lim muassasalarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish
imkoniyatining mavjudligini belgilash, ta’lim jarayonida bunday texnologiyalarni
qo’llashning eng muhim ko’rsatkichlaridan hisoblanadi. Bu sohada erishilayotgan
yutuqlarni hisobga olib, kompyuter texnologiyasini quyidagi jihatlarda ta’lim
muassasasi umumiy faoliyati jarayonlarida qo’llash samarali bo’lishini ta’kidlash
lozim:
- ta’lim muassasasi hujjatlarini kiritish va shakllantirish;
- dars jadvallarini tuzish;
- muassasa o’qituvchilari hamda o’quvchilar bo’yicha ma’lumotlar bankini
yaratish va undan foydalanish;
- o’qituvchilar faoliyatining monitoringini yaratish;
-o’quv muassasasi faoliyatini tezkor boshqarishni interfaol telekonferentsiya,
virtual maslahatlar, muhim axborotlarni o’qituvchilarning jamoaviy yoki
shaxsiy kompyuterlari displeyi ekraniga tashlash orqali tez tashkil etish;
-ta’limni boshqarish yoxud boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan elektron
pochta orqali bog’lanish sharoitini yaratish;
- boshqa o’quv muassasalari, jumladan chet el muassasalari bilan ijodiy
bog’lanishni tashkil etish;
- Internet tizimi yordamida axborot izlash va uni tanlash.
Ta’lim muassasasining o’quv faoliyatida esa:
- axborot va axborot texnologiyalarini majburiy o’rganishni tashkil etish;
- barcha fanlar bo’yicha o’rgatuvchi dasturlardan foydalanish;
10
- kompyuter testlari yordamida o’quvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilish;
- kutubxonalar kataloglaridan foydalanish va ommabop kutubxona-lardagi
kitoblarga Internet orqali buyurtma berish;
- o’qituvchilarning metodik ishlanmalari, ma’ruza matnlari va boshqa o’quv
qo’llanmalarini nashrga tayyorlash;
- Internet tizimidagi ma’lumotlardan foydalanib, o’quvchilar tomonidan
ma’ruzalar va referatlarni mustaqil tayyorlashga erishish;
- o’quv va badiiy adabiyotlarning elektron matnlaridan foydalanish;
- maxsus entsiklopedik lug’atlardan foydalanish imkoniyatini yaratish lozim.
Kompyuter texnologiyalaridan foydalanishda, o’qituvchi uning mazmuniga
ko’ra bir qancha vazifalarni bajarish mumkin. Faol foydalanish imkoniyatiga ega
kompyuter texnologiyalari quyidagi asosiy didaktik funktsiyalarni bajaradi:
- multimedia texnologiyasini qo’llash evaziga o’quvchilarda fanlarga
qiziqishni rivojlantiradi;
- bunda ta’limning interfaolligi tufayli o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini
faollashtiradi va o’quv materialini o’zlashtirilishining samaradorligi oshadi;
- real holatlarda, namoyish qilinishi qiyin yoxud murakkab bo’lgan
jarayonlarni modellashtirish va ko’rish imkoniyatini berishi bilan muhim
hisoblanadi;
- o’quv materiallarini o’zlashtirilishi faqat darajasiga ko’ragina emas, balki
o’quvchilar erishgan mantiq va qabul qilishlarining darajasiga ko’ra ham
samarali hisoblanadi;
- masofadan turib ta’lim olishni faqat sirtdan o’qiyotgan o’quvchilar yoxud
internet ta’lim uchungina emas, balki sababli dars qoldirgan o’quvchilar
uchun ham tashkil etish imkoniyatini beradi;
o’quvchilarga mustaqil izlanish yo’li bilan materiallarni izlash, topish
hamda muammoli masalalarga javob topish orqali ma’lum tadqiqot ishlarini
bajarish uchun imkoniyat yaratadi;
- o’quvchilarlarning yangi mavzuni o’zlashtirishi, misollar yechishi, insho,
bayon yozish ishlarida, o’quv materiallari bilan mustaqil tanishish, tanlash
11
va axborot hamda ma’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish
uchun sharoit yaratadi.
Ma’lumki ta’lim mazmunini takomillashtirishning bosh xususiyatlaridan biri
kompyuter bilan muloqot jarayonida uning doimiy murojaat qilinadigan «qo’llab quvvatlovchi axboroti»ni ko’paytirish, kompyuter axborot muhiti va hozirgi zamon
talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasining yaratilganli gi,
gipermatn va multimedia, o’qitishda immitatsiya, kommunikatsiya tizimlari qabul
qilingan.
Ma’lumotlar bazasi deganda, axborotni kompyuter texnikasi yordamida
kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilish tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |