19. Eramizning boshlarida kimlar Hind okeanini o‘zlashtirdilar?
A) arablar B) shumerliklar
C) finikiyaliklar D) rimliklar
20. Hind okeanini birinchi bo‘lib kim g‘arbdan sharq tomonga suzib o‘tgan?
A) Vasko da Gama B) A.Tasman
C) J.Kuk D) F.Magellan
21. Qaysi sayyoh Hind okeani chuqurligini aniqladi?
A) Vasko da Gama B) A.Tasman
C) J.Kuk D) F.Magellan
22. Hind okeanini muntazam o‘rganish qachondan boshlandi?
A) XIX asrning boshlaridan
B) XIX asr oxiridan
C) XX asrning boshlaridan
D) XX asrning o‘rtalaridan
23. Hind okeani tubida nechta tarmoqqa bo‘linib ketgan tog‘ tizmalari mavjud?
A) ikki B) uch
C) to‘rt D) besh
24. Hind okeanining qaysi qismida Markaziy botiq mavjud?
A) shimoliy B) sharqiy
C) markaziy D) janubiy
25. Markaziy va G‘arbiy Avstraliya botiqlarini bir-biridan qaysi suvosti tizmasi ajratib turadi?
A) G‘arbiy Hind B) Arabiston-Hindiston
C) Sharqiy Hind D) Avstraliya-Antarktida
Do'stlaringiz bilan baham: |