12. “Pampa” indeyeslar tilida qanday ma’noni anglatadi?
A) daraxtli yerlar B) daraxtsiz yerlar
C) daraxtli o‘rmon D) baland o‘tloqlar
13. Janubiy Amerikadagi dashtlarda sernam subtropik iqlim sharoitida qanday tuproq hosil bo‘lgan?
A) hosildor qizil ferralit tuproqlar
B) hosildor sariq ferralit tuproqlar
C) bo‘z tuproqlar
D) qora tuproqlar
14. Atakama cho‘lida yiliga qancha yog‘in yog‘adi?
A) 10 – 50 mm B) 25 – 100 mm
C) 50 – 150 mm D) 150 – 200 mm
15. Janubiy Amerikaning qaysi tabiat zonasida kam hosilli bo‘z tuproqlar keng tarqalgan bo‘lib, kemiruvchilar, nutriya, mayda zirhlilar kabi hayvonlar ko‘p uchraydi?
A) cho‘l B) chalacho‘l
C) dasht D) savanna
16. Janubiy Amerikada balandlik mintaqalarining ko‘p yoki kam bo‘lishi qanday sabablarga bog‘liq?
A) tog‘ tizmalariga tushayotgan yog‘in miqdori va ularning ekvatorga yaqin yoki uzoqda joylashganligiga
B) tog‘ tizmalarining o‘rni va ularning ekvatorga yaqin yoki uzoqda joylashganligiga
C) tog‘ tizmalarining balandligi va ularning okeanlarga yaqin yoki uzoqda joylashganligiga
D) tog‘ tizmalarining balandligi va ularning ekvatorga yaqin yoki uzoqda joylashganligiga
17. Subtropik mintaqaning And tog‘i etaklarida yuqoriga ko‘tarilgan sari chalacho‘llar qaysi mintaqa bilan almashinadi?
A) qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlar
B) baland tog‘ o‘rmonlari
C) tog‘ o‘rmonlari
D) bargini to‘kuvchi buk o‘rmonlari
18. Janubiy Amerikaning qaysi hududlarida yirtqich qushlardan kondorlar yashaydi?
A) And tog‘larining shimolidagi daryo vodiylarida
B) tog‘larning qiya yonbag‘irlarida
C) tog‘larning tik yonbag‘irlarida
D) materik sharqidagi Braziliya yassi tog‘ligida
19. Kauchukli daraxlar, palmalar, chirmoviqlar Janubiy Amerikaning qaysi balandlik mintaqasida o‘sadi?
A) nam ekvatorial o‘rmonlarda
B) baland tog‘ o‘rmonlarida
C) tog‘ o‘rmonlarida
D) baland tog‘ o‘tloqlarida
20. Moxli o‘simliklar, boshoqli o‘simliklar, murakkab gullilar Janubiy Amerikaning qaysi balandlik mintaqasida o‘sadi?
A) nam ekvatorial o‘rmonlarda
B) baland tog‘ o‘rmonlarida
C) tog‘ o‘rmonlarida
D) baland tog‘ o‘tloqlarida
21. Janubiy Amerikaning qaysi balandlik mintaqasida yog‘in miqdori 2000 – 3000 mm, harorat 15 – 20o C ga teng?
A) nam ekvatorial o‘rmonlarda
B) baland tog‘ o‘rmonlarida
C) tog‘ o‘rmonlarida
D) baland tog‘ o‘tloqlarida
22. Janubiy Amerikaning baland tog‘ o‘rmonlari balandlik mintaqasidagi o‘simliklar berilgan qatorni belgilang?
A) moxli o‘simliklar, boshoqli o‘simliklar, murakkab gullilar
B) kauchukli daraxlar, palmalar, chirmoviqlar
C) pastak va egri-bugri daraxtlar, butalar
D) xin daraxti, liana, daraxtsimon paporotnik, bambuk
Do'stlaringiz bilan baham: |