Topshiriq: “Navro`z” bilan bog`liq qadriyatlar haqida davra suhbati.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
27-mavzu: Amir Temur tuzuklarida ilm-fan, axloq odob haqida (9 aprel Amir Temur tavalludi munosabati bilan)
Kun shiori: “Har kimdan kengash oldim, har kimdan fikr o`rgandim: qaysi biri foydaliroq bo`lsa, uni ko`ngil xazinasida saqlab, ishlata bildim”
Amir Temur
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Amir Temur bobomizga bo`lgan hurmat va g`urur tuyg`ularini rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Men “Temur tuzuklari” ni har gal o`qir ekanman, xuddiki o`zimga qandaydir ruhiy kuch-quvvat topgandek bo`laman”
O`qituvchi
Shaxsan men “Temur tuzuklari” ni har gal o`qir ekanman, xuddiki o`zimga qandaydir ruhiy kuch-quvvat topgandek bo`laman. O`z ish faoliyatimda bu kitobga takror-takror murojaat qilib, undagi hech qachon eskirmaydigan, inson ma’naviyati uchun bugun ham oziq bo`ladigan hikmatli fikrlarning qanchalik hayotiy ekaniga ko`p bor ishonch hosil qilganman. Masalan, “Tajribamda ko`rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir”, degan so`zlar bugungi kunda ham ma’naviy jihatdan naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekani barchamizga ayon.
Amir Temur bobomizning bunday chuqur ma’noli hikmatlari xalqimizda qadimdan mavjud bo`lgan “Bilagi zo`r birni, bilimi zo`r mingni yiqar” degan maqolga g`oyat hamohang bo`lib, insonni doimo aql-idrok, adolat va yuksak ma’naviyat asosida yashashga da’vat etishi bilan e’tiborlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |