Dars turi: o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi;
Darsda foydalaniladigan metodlar: zamonaviy, interfaol.
Dars jihozlari: xushtak, bayroqcha, sekundomer, sport anjomlari.
Kompetensiya: Jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish kompetensiyasi.
№
|
Darsning borishi
|
Vaqt
|
Uslubiy ko‘rsatma
|
Tashkiliy qism
|
1
|
Tayyorlov qismi. O‘quvchilarni saflash, salomlashish, navbatchi o‘quvchi axborotini tinglash, davomatni aniqlash, darsda qatnasha olmaydigan (kasal) o‘quvchilarni aniqlash.
|
5 daqiqa
|
O‘quvchilarning sport kiyimiga e’tibor berish
|
2
|
Saf mashg‘ulotlari. Mashg‘ulotlarni turgan joyda bajarish, joyida tomonlarga burilish, yurish.
|
Gavdani tik tutishga e’tibor qaratish
|
3
|
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
|
Mashqlarni to‘g‘ri va mukam-mal bajarilishiga erishish
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
1
|
O‘tgan darsda sakrash haqida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish.
|
5 daqiqa
|
Nazariy bilimlarning to‘gri anglashi va mashq(lar)ni to‘liq va to‘g‘ri bajarishiga e’tibor berish
|
2
|
O‘tgan darsda sakrash haqida olingan amaliy bilimlarni mustahkamlovchi topshiriqlarni bajartirish.
|
Asosiy qism
|
1
|
Yangi mavzuni tushuntish. O‘quvchilarga yangi bir oyoqda sakrab harakat qilish mashqlari mavzusi yuzasidan nazariy va amaliy bilimlar berish.
Turgan joyda bir va ikki oyoqda sakrash
Bir yoki ikki oyoqda sakrayotganingizda oyoqlarni to‘g‘rilab, oyoq uchini cho‘zib, gavdani to‘g‘ri tuting. Qo‘llarni yuqoriga harakatlantirib depsinishni yengillashtiring. O‘rganish ketma-ketligi. 1. Buning uchun siz oyoqlarni chalishtirgan holda ikki oyoqda sakrang; xuddi shuning o‘zini oyoqlarni havoda almashtirib bajaring. 2. Bir oyoqni har xil holatlarda ushlang va bir oyoqda sakrang. 3. Qo‘llaringiz holatini o‘zgartirib, navbat bilan o‘ng va chap oyoqda sakrang. 4. Bir oyog‘ingizda turib, ikkinchisini oldinga uzatgan holda muvozanat saqlang. Muvozanat saqlash mashqlarini alohida o‘rganishda murakkab bo‘lmagan aralash mashqlarni bajaring. Buning uchun siz yurish, burilishlar, oyoq uchida turish, tizzalarda turish, qo‘l, oyoq harakatlari va boshqalardan foydalaning. Muvozanat saqlash mashqlarini amalda bajarish uchun siz qo‘lning dastlabki holatini, gavda, oyoqlarning harakatlarini o‘zgartirishingiz; qo‘shimcha buyum (to‘p, tayoqcha, arg‘amchi, halqa)lardan foydalanishingiz; harakat usullarini (tovonda, oyoq uchida, mayda va har xil qadamlar bilan) yurib bajarishingiz; qo‘shimcha topshiriqlardan (hatlash, to‘siq ostidan o‘tish, ilish) foydalanishingiz; tayanch joyining hajmini kichraytirib murakkablashtirishingiz mumkin.
|
20 daqiqa
|
O‘z-o‘zining xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |