Dars turi: o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi;
Darsda foydalaniladigan metodlar: zamonaviy, interfaol.
Dars jihozlari: xushtak, bayroqcha, sekundomer, sport anjomlari.
Kompetensiya: Jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish kompetensiyasi.
№
|
Darsning borishi
|
Vaqt
|
Uslubiy ko‘rsatma
|
Tashkiliy qism
|
1
|
Tayyorlov qismi. O‘quvchilarni saflash, salomlashish, navbatchi o‘quvchi axborotini tinglash, davomatni aniqlash, darsda qatnasha olmaydigan (kasal) o‘quvchilarni aniqlash.
|
5 daqiqa
|
O‘quvchilarning sport kiyimiga e’tibor berish
|
2
|
Saf mashg‘ulotlari. Mashg‘ulotlarni turgan joyda bajarish, joyida tomonlarga burilish, yurish.
|
Gavdani tik tutishga e’tibor qaratish
|
3
|
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
|
Mashqlarni to‘g‘ri va mukam-mal bajarilishiga erishish
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
1
|
O‘tgan darsda akrobatika haqida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish.
|
5 daqiqa
|
Nazariy bilimlarning to‘gri anglashi va mashq(lar)ni to‘liq va to‘g‘ri bajarishiga e’tibor berish
|
2
|
O‘tgan darsda akrobatika saqlash haqida olingan amaliy bilimlarni mustahkamlovchi topshiriqlarni bajartirish.
|
Asosiy qism
|
1
|
Yangi mavzuni tushuntish. O‘quvchilarga yangi akrobatika mavzusi yuzasidan nazariy va amaliy bilimlar berish.
Akrobatik mashqlarni o‘rganish g‘ujanak bo‘lishga tayyorlaydigan mashqlardan boshlanadi: 1. Gavdani oldinga, oyoqlar orasiga chuqur engashtirish. 2. Oyoqning butun kaftiga qo‘yib chuqur cho‘qqayib, boldirlarni ikkala qo‘l bilan
ushlash. 3. Chalqancha yotib, oyoqlarni ko‘krakka bukish. 4. Oyoqlarni uzatib o‘tirib, oldinga egilish. 5. Oyoqlarni to‘g‘ri uzatib o‘tirish va tizzalarni ko‘krakka ko‘tarish hamda gavdani oyoqlar tomon egish. 6. Shu mashqni tizzalarni ko‘tarmay, boldirlarni ikkala qo‘l bilan ushlagan holda bajarish.
Tayyorlov mashqlarini bajarganingizdan keyin g‘ujanak bo‘lib o‘tirishga o‘tasiz. G‘ujanak deb, bukilgan oyoqlarni qo‘llar bilan gavda oldida tutish paytidagi holatga aytiladi. Bunda qo‘l panjalari boldirlarni ushlaydi. O‘tirgan holatda g‘ujanak bo‘lish. Polda o‘tirib tizzalar bukiladi, tovonlar biroz kengroq qo‘yiladi, qo‘llar bilan tizzaning pastidan ushlanadi va oyoqlar ko‘krakka tortiladi, tizzalar keriladi, bosh tizzalar orasiga egiladi. Chalqancha yotgan hoIda g‘ujanak bo‘lish. Chalqancha yotgan holda oyoqlar ko‘krakka bukiladi, qo‘llar bilan boldirlar ushlanadi va tizzalar yelkalarga, yelkalar esa tizzalar tomon tortiladi, tizzalar keriladi, bosh tizzalar orasida egiladi.
|
20 daqiqa
|
O‘z-o‘zining xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |